Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

XULOSALAR VA TAVSIYALAR 
1. Sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlarga mineral va organik o‘g‘itlarni 
qo‘llamasdan, muttasil g‘o‘za yetishtirib kelinsa tuproq unumdorligi yildan-yilga 
pasayib ketishiga olib keladi. Surxondaryo viloyatining o’tloqilashib borayotgan 
taqirsimon tuproqlarida mineral o‘g‘itlarni (P
90
K
60
) va (N
40
P
90
K
60
) fonlarida Rizovt 
preparatini 200 g/ga qo’llash tuproqning agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta’sir 
ko’rsatib tuproqdagi ammiy va nitratli azot miqdorini mavsum oxirida mos 
ravishda 25,4 - 33,6 va 38,7 - 39,6 mg/kg gacha, harakatchan fosfor va 
almashuvchan kaliy miqdorini esa 34,4 - 34,1 va 275 - 284 mg/kg gacha bo’lishini 
ta’minladi. 
2. Mineral o‘g‘itlarni (P
90
K
60
) va (N
40
P
90
K
60
) fonlarida Rizovt preparatini 
200 g/ga qo’llanilganda O’simlikning chin barg hosil bo’lish-gullash, Gullash-
dukkaklash va Dukkaklar hosil bo’lish-pishish fazalarida ildizidagi tuganaklarning 
hosil bo’lishi va ularning massasi mos ravishda 8,8; 74,6 va 209,0 hamda 10,0; 
78,2 va 220,9 donani, tuganaklarning massasi esa 0,07; 1.6 va 5,4 grammni hamda 
0,08; 1,8 va 6,9 grammni tashkil etib tuproqning azot rejimiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi. 
3. N40P90K60 kg/ga fonoda biologik preparatni qo’llash natijasida 
tuproqning agrokimyoviy xossalari yaxshilanib, uning unumdorligi, jumladan
harakatchan oziq moddalar miqdorining ortishi soyaning o‘sishi va rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘g‘itsiz-nazorat variantda asosiy poya balandligi butun 
o‘suv davri davomida dinamikada sekin o‘zgardi. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash 
natijasida tuproqda harakatchan oziq moddalarni ortishi soyaning o‘sishini 
kuchaytirdi. Bu ayniqsa, azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ldi. Soya asosiy 
poyasi balandligiga P90K60 kg/ga fon variantiga nisbatan N40P90K60 + 200 
gramm/ga biologik preparat qo’llanilgan variantda kuchli bo‘lganligi kuzatildi 
4. Tadqiqot natijalariga ko’ra, mineral o’g’itlar va Rizovit pereparati soya 
o’simligining barglar soniga ijobiy ta’sir etar ekan. Soya o’simligida yuqori 
miqdordagi barglar soniga gektariga azotli o’g’itlar 40 kg, fosforli o’g’itlar 60 kg, 


78 
kaliyli o’g’itlar 90 kilogram hamda Rizovit pereparati 200 gr qo’llanilganda 
erishildi. 
5. Bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni Rizovit biologik preparati qo‘llangan 
variantda o’g’it qo’llanilmagan nazorat va mineral o’g’itlarni o’zi aohida 
qo’llanilgan variantga nisbatan sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi kuzatildi. Soya 
hosilining eng muhum strukturaviy ko’rsatkichlaridan biri bu 1000 dona don 
massasi hisoblanib, qo’llanilgan mineral o’g’itlar va biologik preparat ta’siridagi 
eng yuqori ko’rsatkich 3 va 4 variantlarda yaqqol namoyon bo’ldi. 
6. Mineral o’g’itlarni biologik preparat bilan birgalikda qo’llash soya 
hosildorligini oshirishga xizmat qildi. Mineral o‘g‘itlar fonida Rizovit preparati 
qo‘llanilganda soya hosildorligini ortishi nafaqat tuproqdagi harakatchan oziq 
moddalar miqdorini ortishi bilan, balki ularning o‘simliklar tomonidan 
o‘zlashtirilishi oshganligi hamda o‘simlikning o‘sish sharoitlari yaxshilanishi bilan 
ham bog‘liq bo‘ldi va mineral o’gitlarni o’zi alohida qo’llanilgan variantga 
nisbatan 3,1 va 4,8 s/ga qo’shimcha hosil olishni ta’minladi. 
7. Mineral o’g’itlar fonida qo’llanilgan Rizovit preparati donning sifat 
ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir qilib P90K60 va N40P90K60 kg/ga variantlarida 
biologic preparatni 200 gramm/ga me’yorida qo’llanilganda don tarkibidagi oqsil 
va yog’ miqdorini mos ravishda 35,7-36,4 va 23,8-24,6% bo’lishini taminladi. 
8. O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlarda soya yetishtirishda 
mineral o’g’itlar va Rizovit preparatining iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi 
ma’lum bo’ldi va eng yuqori rentabellik mineral o’g’itlarni P90K60 va 
N40P90K60 kg/ga fonlarida Rizovit preparatini 200 g/ga qo’llanilgan variantlarda 
erishilib mos ravishda 59,8 va 64,4% bo’lishini ta’minladi. 
9. O’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida tuproq 
unumdorligini oshirish hamda soyadan yuqori va sifatli don hosili yetishtirish 
uchun mineral o’g’itlarni N40P90K60 kg/ga me’yorida Rizovit preparatini 200 
g/ga me’yorini urug’ga ishlov berish orqali qo’llash tavsiya etiladi 


79 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling