76
Nisbatan yuqori rentabellik darajasi P90K60 kg/ga
fonida Rizovit
preparatini 200 g/ga gektariga qo’llanilgan variantda kuzatilib 59,8% rentabellikka
erishildi. Ushbu variantda 22649000 so’m/ga yalpi daromad
olinib qilingan jami
14176832 som/ga xarajat hisobiga 8472168 so’m/gas of foyda olindi.
Barcha variantlar bo’yicha eng yuqori rentabellikka darajasi mineral o’g’itlar
fonida 200 g/ga Rizovit preparati qo’llanilganda erishildi.
Unga ko’ra jami 14508032 so’m/ga qilingan xarajat evaziga 23856000
so’m/ga yalpi daromadga erishilib, sof foyda qiymati 9347968 so’m/ga ni tashkil
etdi va rentabellik darajasi 64,4% ni tashkil etdi.
Bundan xulosa qilish mumkinki Mineral o’g’itlarning to’liq (N40P90K60)
fonida biologik preparatni 200 g/ga me’yorida urug’ga
ishlov berib ekish yuqori
hosil olishni ta’minlaydi va undan ko’zda tutulgan yuqori samaradorlikka erishish
imkonini beradi.