61
3.4-§. Tuganaklarning massasi
Rizovit – AKS azot to’plovchi bakteriyalar faoliyati
natijasida bir tup
o‘simlikda hosil bo‘lgan tuganaklar soni o‘simlikning rivojlanish davri bo‘yicha
oshib borishi kuzatildi. Nazorat hamda inokulyant qo’llanilmagan P90K60-fon va
N40P90K60 kg/ga variantlarida ham paykalchalaridagi soya o‘simligi
ildizida
tuganaklar hosil bo‘lmaganligi qayd etildi.
Chin barglarning hosil bo‘lishi, rivojlanish davrida o‘rganilgan
variantlar
o‘rtasida bir tup o‘simlikdagi tuganaklarining massasi bo‘yicha o‘rganilgan
variantlar kesimida
sezilarli farqlar kuzatilmadi,
sababi bu davrda tuganaklar
massasi juda kichik edi. O’rganilgan Nafis navida mineral o’g’itlar
fonida
inokulyantning 200 gramm/ga me’yorida ishlov berib,mineral o’g’itlarni quyidagi
P90K60 me’yori bilan birgalikda 200 gramm/ga rizovit qo’llanilgan variantda bir
tup o‘simlikdagi tuganaklar massasi (2022-2023 y.y) mos ravishda chin barg hosil
bo’lish – gullash fazasida 0,07 va 0,09 g, gullash – dukkak hosil bo’lish
fazasida
1,6 va 1,8 g hamda Dukkak hosil bo’lish pishish fazasida 5,4 va 6,1
g ni tashkil
etdi (3.6 - jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: