Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
3.1 - jadval
Azotli o’g’it me’yori va biologik preparatni tuproqdagi ammoniy shaklidagi azot (N-NH 4 ) miqdoriga ta’siri № Mineral o’g’itlarning yillik me’yori, kg/ga Biologik preparat, Rizovit, gramm/ga Fazalar bo’yicha (N-NH 4 ) miqdorining o’zgarishi 15.05 15.06 15.07 15.08 N P K 0 -30 30 -50 0 -30 30 -50 0 -30 30 -50 0 -30 30 -50 2022 yil 1 13,1 11,5 14,7 11,3 13,8 10,8 10,7 9,7 2 90 60 14,8 12,9 24,8 19,4 21,0 15,1 18,9 12,3 3 40 90 60 21,1 19,4 30,7 22,9 33,7 24,0 22,0 15,1 4 90 60 200 21,6 20,9 33,6 26,4 28,5 20,7 25,4 18,7 5 40 90 60 200 22,5 21,7 34,5 26,9 35,9 26,4 33,6 22,3 2023 yil 1 15,6 13,4 16,6 14,3 15,8 13,0 12,9 12,4 2 90 60 17,6 15,1 28,0 24,5 25,1 15,3 20,1 13,8 3 40 90 60 25,1 22,6 34,6 29,0 38,6 28,8 26,8 20,4 4 90 60 200 25,6 24,4 37,9 33,4 35,7 30,7 28,0 22,8 5 40 90 60 200 26,7 25,3 38,9 34,0 41,1 31,6 35,2 23,6 Soyani oziqlanishida nitrat shaklidagi azot miqdori ham muhim ahamiyatga ega. Chunki soya o‘simligi azotni tuproqdan nitrat shaklida juda yaxshi 55 o‘zlashtiradi. Shuning uchun, tuproqda nitrat shaklidagi azotning ko‘p miqdorda bo‘lishi tuproq azot rejimi va o‘simliklarni azotli oziqlanishini yuqori darajada yaxshilaydi. Odatda nitratlar miqdori tuproqda ammoniy miqdoridan sezilarli darajada ko‘p bo‘ladi. Bu esa tuproqda ammonifikasiyaga nisbatan nitrifikasiya jarayoni kuchli borishini va bu holat tuproq evolyusiyasida yuzaga kelganligini bildiradi. Chunki ammoniy miqdorini tuproqda ortiqcha miqdorda bo‘lishi tuproq organizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Faqat tuproqda namlik yuqori bo‘lgan sharoitda teskari jarayon kuzatilishi mumkin. O‘g‘itlar qo‘llanilmagan nazorat variantida tuproqda nitirat shaklidagi azot miqdori (N-NO 3 ) juda past darajada bo‘lib, mavsumiy o‘zgarishga ega bo‘ldi. Natijada erta bahor va yoz oylarida (15.05; 15.06) tuproqda nitrifikasiya jarayoni hisobiga tabiiy holda hosil bo‘ladigan nitrat miqdori yuqori bo‘lib, keyinchalik o‘simlik o‘suv davri boshlanishi bilan nitrat shaklidagi azot miqdori kamaya boshladi va gullash hamda dukkaklash davriga kelib minimum darajaga tushib qoldi. Bu holat soyani ushbu davrlarda nitratlarni maksimal o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, barcha variantlarda, o‘tkazilgan agotexnik tadbirlardan qat’iy nazar tuproqdagi nitratli azot miqdori bahordan yoz oylarigacha ko‘tarilib, mavsum oxirida yana kamayishi kuzatildi, bu holat tuproq haroratini o‘zgarishiga hamda o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ldi. Qolaversa, mineral o‘g‘itlar hamda biologic preparat ta’sirida soyaning ildizida azot to’plovchi tuganaklar sonining ko’p bo’lishi hamda qo‘llanilgan azotli o‘g‘itlar hisobiga tuproqdagi nitratlarni butun o‘suv davrida mavsum boshidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ortishi aniqlandi. Bu esa, soyaning oziqlanishi, o‘sishi, rivojlanishi va hosil to‘plashiga ijobiy ta’sir qildi. P 175 K 125 –fon variantida tuproqdagi nitratli azot miqdori soyaning o‘suv davri davomida (2022 – 2023 y.y) mos ravishda kamayib borishi kuzatildi. P 175 K 125 –fonida 200 gramm/ga preparat qo’llanilgan variantda tuproqdagi nitrat miqdori 15 may sanasida mos ravishda 24,8 va 28,8 mg/kg ni tashkil etib P 175 K 125 –kg/ga qo’llanilgan variantga nisbata 8,8 va 10,3 mg/kg ga yuqoriligi ma’lum bo’ldi. Bu albatta qo’llanilgan biologik preparatning samarali ta’siri hisobiga yuzaga keldi. Ushbu ko’rsatkichlarning 56 optimal ta’siri mineral o’g’itlarni to’liq me’yorida Rizovit preparatining 200 gramm/ga me’yorida qo’llanilgan variantda yaqqol namoyon bo’ldi. Demak, soya parvarishida fosforli va kaliyli o‘g‘itlar fonida azotli o’g’itlarni 40 kg/ga meyorida qo’llab, Rizovit preparatini 200 gramm/ga me’yorida qo‘llash tuproqning agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tuproq tarkibidagi nitratli azot miqdorini oshirishga xizmat qiladi (3.2-jadval). Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling