Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
Tajriba dalasining agrokimyoviy ta’rifi
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simlik analizi.
Tajriba dalasining agrokimyoviy ta’rifi:
1. gumus miqdori – Tyurin usulida; 2. yalpi NPK – bitta namunada Malseva va Grisenko usulida; 3. N-NH 4 – FEK da Nessler reaktivi yordamida; 48 4. N-NO 3 FEK da Grandvald-Lyaju usulida; 5. harakatchan fosfor - FEK da Machigin usulida; 6. almashuvchan kaliy – alangali fotometrda Machigin – Protasov usulida; 7. muhit reaksiyasi (pH) – potensiometrik usulda; O‘simlik analizi. 1. yalpi NPK – bitta namunada Ginzburg, Sheglova, Vilfius usulida; 2. N-NO 3 miqdori – B.P. Pleshkov usulida. Dala va laboratoriya tajribalari Butunrossiya O‘simlikshunoslik ilmiy- tadqiqot instituti (VIR) uslubiy qo‘llanmasi (1985) asosida amalga oshirilgan. Fenologik kuzatuvlar va biometrik tahlillar esa Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubiy qo‘llanmasi (1989) bo‘yicha olib borilgan. O‘simlikning o‘sishi, rivojlanishini o‘rganish va soya navlari mahsuldorligini baholash bo‘yicha quyidagi tadqiqotlar o‘tkazilgan: -unib chiqishni hisobga olish (ekilgan urug‘likga nisbatan 75 % unib chiqish kuzatilgunga qadar delyankalardan 1 pogono metr maydondagi ko‘chatlar asosida bajarildi); -o‘simliklarda o‘sish va rivojlanish bosqichlarini to‘la belgilash (shonalash, gullash, gullash-mevalash, poyadagi birinchi dukkakni joylashish balandligi, pishish kabilarni hisobga olindi); -soyaning barg sathi maydoni N.I.Orlov usulida aniqlanadi; -o‘simliklarning hosil tarkibi strukturasini aniqlash uchun har bir delyankadan 25 tupdan o‘simlikni yulib olib ularni barcha biometrik ko‘rsatkichlari (poya balandligi, shox soni, dukkak soni, dukkakdagi o‘rtacha don soni, 1 tupdagi don vazni) aniqlandi; -hosilni o‘rib yig‘ishtirib olish va variantlar bo‘yicha hosildorlikni aloxida hisoblash; -hosildorlikni aniqligini variantlar va qaytariqlardan olingan ma’lumotlarni dispersion taxlil qilish orqali matematik hisoblandi (B.A.Dospexov bo‘yicha). -don tarkibidagi moy miqdori yog‘li urug‘lar moydorlikni aniqlash usuli GOST 30418 Masla rastitelnыe. Metod opredeleniya jirnokislotnogo sostava; 49 -don tarkibidagi oqsil miqdori Keyeldal uslubi bo‘yicha aniqlangan; -1000 dona don vazni GOST 10842-89 bo‘yicha Contador asbobida sanalgan donlarni tarozida o‘lchash orqali; Soya yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi qishloq xo‘jaligida ilmiy- tadqiqotlar natijalarini iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi bo‘yicha hisoblangan. Bir gektar soya yetishtirish uchun sarflanadigan xarajatlar respublikada qabul qilingan me’yoriy – hujjatlar, narxlar, xarid narxlari bo‘yicha aniqlangan. Tajribada mineral o‘g‘itlar sifatida 34,4% ta’sir etuvchi moddasiga ega bo‘lgan (NH 4 NO 3 ) ammiakli silitra, 18 % ta’sir etuvchi moddasiga ega bo‘lgan (Ca(H 2 PO 4 ) 2 H 2 O+2CaSO 4 oddiy superfosfat va 60% ta’sir etuvchi moddasiga ega bo‘lgan (KCl) kaliy xlorid o‘g‘itlaridan foydalanildi. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling