Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


-§. Soya yetishtirishda inokulyantlarni qo‘llash samaradorligi


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

1.2-§. Soya yetishtirishda inokulyantlarni qo‘llash samaradorligi 
Sug‘oriladigan yerlarda soyadan yuqori hosil yetishtirishda innovatsion 
texnologiyalarni mintaqa tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ishlab 
chiqish va joriy qilish dolzarb muammo hisoblanadi. Hozirda ishlab chiqarish 
talablariga 
javob 
beradigan 
soyaning 
tuganak 
bakteriya 
shtammlari 


23 
(Brashirizobium japonisum) respublikamizda yaratilmagan. Respublikamizda 
keyingi yillarda soyani katta maydonlarda ekishda qo‘llanilgan bir qator tuganak 
bakteriya shtammlari (Rizovit-AKS) preparatlari kutilgan natijalarni bermadi, 
natijada, soyadan aksariyat fermer xo‘jaliklarida kutilganidan kam hosil olishdi va 
tuproq unumdorligini tuganak bakteriyalar hisobidan oshirish hamda soyaning 
o‘tmishdoshlik samarasi deyarli sezilarli darajada bo‘lmadi. Shuning uchun 
Respublikamiz 
tuproqiqlim 
sharoiti, 
soyaning 
ekilayotgan 
navlarning 
xususiyatlarini inobatga olingan holda yaratilgan yangi zamonaviy tuganak 
bakteriya shtammlarini hamda turli tuproq-iqlim sharoitida samaradorligini 
aniqlash, ekologik sinovdan o‘tkazish, navlar kesimida o‘rganish innovatsion 
texnologiyani muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. 
Hozirda Respublikamizda soyaning ildizlarida simbioz holida yashaydigan 
tuganak bakteriyalar faolligini, samaradorligini o‘rganish orqali yuqori natija 
beradigan yangi xorijiy inokulyant shtammlarini aniqlash hamda ularni amaliyotda 
qo‘llash orqali soya yetishtirishda azotli o‘g‘itlardan mutloqo voz kechish yoki ular 
me’yorini keskin kamaytirish, tuproq unumdorligini oshirish va bu asosda 
resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish soya yetishtirishda zamonaviy 
texnologiyani negizida hisoblanadi. 
O‘simliklarda azotning biologik fiksatsiyasi (ABF) - bu ekologik jihatdan 
muhim jarayon va bu ikkita ekologik guruh prokariotlari tomonidan amalga 
oshiriladi: 1 - ko‘pincha o‘simliklar bilan yaqin aloqada erkin tirik hujayralar 
orqali; 2 - endosimbiotik aloqada bo‘lgan rizobial bakteriyalar orqali azotning gaz 
molekulasini ammoniy ionlariga ildiztuganak bakteriyalari tomonidan aylanishi 
(rhizobia) simbiotik azot fiksatsiyasi (SAF) deb nomlanadi va bu o‘simlikka azotni 
yetkazib berish jihatidan samarali jarayon hisoblanadi. 
Dukkakli-don ekinlari yetishtirishda agrotexnik tadbirlar ahamiyatini yanada 
aniqroq ifodalash uchun ildiz tizimida yashab havodagi erkin azotni o‘zlashtiruvchi 
tuganak bakteriyalar faoliyatini o‘rganish va tahlil etish alohida ahamiyat kasb 
etadi. 


24 
Soya ildizining xususiyati va ularda tuganak bakteriyalarining (Rhizobium 
Japonicum) mavjudligi ushbu o‘simlikni azot o‘zlashtiradigan o‘simliklar qatoriga 
kiritadi. Soya agrotexnik ahamiyatga ham egadir. Dukkakli ekin sifatida soya 
tuproqni azot bilan boyitadi, bir yilda 1 gektar maydonda o‘rtacha 70-100 kg azot 
to‘planadi. Soyadan so‘ng dala begona o‘tlardan tozalanadi, soya ko‘pgina ekinlar 
uchun juda yaxshi o‘tmishdosh bo‘la oladi. Bundan tashqari soya siderat ekin 
sifatida ham qo‘llaniladi. Shuningdek, mazkur yo‘l bilan hosil bo‘lgan biologik 
azot ekologik toza bo‘lib, u tuproqqa, sizot suvlariga, iste’molchilarga zaharli ta’sir 
ko‘rsatmaydi, u sun’iy azotli o‘g‘itlar singari mevalarda to‘planmaydi [31; 65-67-
b.]. 
D.N.Pryanishnikov [19; 5-100-b.] soya ildizlarida to‘planadigan biologik 
azotning hosil bo‘lishini birinchi bo‘lib o‘rgangan. Shuningdek, o‘z asarlarida soya 
donidan sun’iy sut tayyorlash uslubini birinchi bo‘lib yozib qoldirgan hamda soya 
donining oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega ekanligini o‘rganib chiqqan. 
Soya urug‘larini rizotorfin yoki nitragin bilan ishlash borasida G.T.Balakay 
[32; 32-b.], A.A.Osin, V.S.Osina [89; 36-39-b.] va boshqalar olib borgan 
kuzatishlarida o‘rganilgan barcha soya navlari nitragin va rizotorfinga nisbatan 
ta’sirchan ekanligini aniqlaganlar. Don-dukkakli ekinlar turida soya va lyupin 
havodan azotni eng ko‘p miqdorda o‘zlashtirgan. 
Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida nitragin shtammlarini 
o‘rgangan olimlar I.Isroilov [68; 19-b.], D.Yo.Yormatova [57; 7- b., 56; 7-b.], 
D.Yo.Yormatova, A.Ma’murov [61; 17-b.] va boshqalar urug‘lar nitragin 
shtammlari bilan ishlansa tuproqda tugunak bakteriyalar ta’sirida o‘simlik azot 
bilan yetarli darajada ta’minlanganligi va don hosili 7-12 sentnerga oshganligini 
qayd etgan. 
Ushbu fikrni D.Yo.Yormatova [9; 221-b.] olib borgan tadqiqotlarida ham 
tasdiqlab, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida olib borgan 
tajribalarda nitragin yoki rizotorfin qo‘llanilmasa, soya maydonlarida tuganaklar 
mutlaqo hosil bo‘lmaganini yozgan. 


25 
G.Tangirova, I.Sodiqovalar [98; 30-b.] tomonidan soyaning “Orzu” va 
“Izumrud” navlaridan yuqori don hosili olish uchun uning urug‘larni ekish oldidan 
azotni faol o‘zlashtiruvchi tugunak bakteriyalarning “Nitragin- 137” shtammi bilan 
ishlov berilib, 80 kg/ga me’yorda ekish tavsiya etilgan. 
M.Mannopova, B.Mirzaaxmedov [79; 17-b.] ta’kidlashlaricha, soya 
ildizlaridagi azot to‘plovchi tuganak bakteriyalarning faoliyati tufayli tuproq 
biologik azot bilan boyiydi (gektariga 68-135 kg), unumdorligi yaxshilanadi 
hamda g‘o‘za+kuzgi g‘alla+soya, ya’ni 2 yilda uch xil ekinni o‘z ichiga olgan, 
o‘ziga xos qisqa navbatli almashlab ekish tizimi shakllanadi. Natijada barcha 
ekinlar hosildorligi oshadi. 
Z.Islamova [67; 35-36-b.] ma’lumotlariga ko‘ra, nitraginning mineral 
o‘g‘itlar bilan birga qo‘llanilishi, ya’ni R90K60+nitragin va N30P90K60+nitragin 
variantlarida eng ko‘p miqdordagi tuganak bakteriyalarning hosil bo‘lishi va 
hosildorlikning 3,3-5,4 s/ga oshishini ta’minlagan. Azot miqdorining oshirib 
borilishi tuganak bakteriyalarning hosil bo‘lishini kamayishiga yoki umuman hosil 
bo‘lmasligiga sabab bo‘lgan Bunda hosildorlik faqat azot o‘g‘iti hisobiga 
oshganligi kuzatilgan. 
Soya ildizida tuganaklar hosil bo‘lishi va ularni azot to‘plashi ustida 
tadqiqotlar olib borgan olimlarning fikricha [12; 140-b., 54; 14-b.], tuproqda qulay 
sharoitda 15-17 yilgacha o‘z “xo‘jayini” ni kutib harakatda yashaydi. 
Bir qancha olimlar G.G.Balakay, V.N.Shedrin, S.A.Seleskiy [32; 32-b.], 
Yu.N.Bыkov, S.B.Kadыrov [46; 119-121-b.], T.P.Shmoylova va boshqalar [114; 
49-50-b.], A.N.Gribanov, V.Ya.Zaxarov [48; 114-115-b.] turli tuproq-iqlim 
sharoitida olib borgan kuzatishlarida ekish bilan 30 kg/ga azotli o‘g‘itlar va 
urug‘lar nitragin shtammi bilan ishlanib ekilganda o‘simlikning vegetativ organlari 
nazorat variantiga qaraganda bo‘yining balandligi 8-10 sm ga, barglar 3-4 donaga, 
dukkaklari soni 8-12 taga ko‘p bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. 
O.M.Shirinyan, N.F.Chayka [112; 192-204-b.], V.F.Baranov, O.M.Shirinyan 
[41; 168-182-b.], V.F.Baranov, A.G.Yefimov [38; 204-213-b.] ma’lumotiga ko‘ra, 
soya o‘simligini fosfor va kaliy mineral o‘g‘itlari bilan kam miqdorda (60 kg/ga; 


26 
45 kg/ga) oziqlantirilsa, simbioz aktivligi oshadi. Bu esa fosfor va kaliy mineral 
o‘g‘iti bilan o‘rtacha miqdorda (80 mg/kg -120 mg/kg tuproq) oziqlantirilsa ham 
hosildorlik sezilarli oshishidan dalolat beradi. Soya o‘simligi nitragin bilan ishlov 
berilganda va optimal namlik sharoitida tuproqda 30-55 kg/ga azot to‘playdi 
hamda donli va dukkakli bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi ekinlariga juda yaxshi 
o‘tmishdosh bo‘lib xizmat qiladi. Soya o‘simligi tuganak bakteriyalari yordamida 
azotga bo‘lgan talabining 40-70 % ini atmosferadagi erkin azotni to‘xtovsiz 
o‘zlashtirish hisobiga to‘ldirgan. 
Samarqand viloyatida soyaning Ukrainadan keltirilgan Medeya, Valyuta, 
Izumrud navlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestriga kiritilgan Orzu 
navlari o‘rganilgan. N.Xalilov, B.Umirzoqov [107; 19-20- b.] o‘z tadqiqotlarida 
urug‘lar Simferopol’ qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi institutidan keltirilgan 
soyaning M-8 shtammlari o‘stirilgan rizobofit preparati bilan 1 gektarga 
sarflanadigan uruqqa 200 gramm hisobida ishlov bergan. Bu o‘simliklarda bir 
gektar ekinzorda 238,1 biologik azot to‘planishi va uning 50 % ni o‘simlik 
tomonidan o‘zlashtirilishi aniqlandi. 
Qator izlanuvchilar, jumladan Ye.G.Yefimov, V.G.Kalyujnыy [63; 246- 
251-b.], S.I.Antonov, O.V.Korotkova, L.G.Strel’sova [30; 19-20-b.], P.V.Saxno 
[95; 398-402-b.], L.A.Smirnova [97; 69-73-b.] va boshqalar ta’kidlashicha, 
soyaning mahsuldorligini oshirishda mineral o‘g‘itlar ta’siri atmosferadagi 
biologik azotni o‘zlashtirish jarayoniga bog‘liqdir. Dukkakli ekinlar va tugunak 
bakteriyalar simbiozini faol o‘tishi uchun tuproq muhiti neytral (rN-6-7) bo‘lishi, 
tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig‘imining 70-80 foizidan kam 
bo‘lmasligi, fosfor va kaliy bilan yetarli darajada, harorat va havo me’yorida, bor, 
molibden bilan ta’minlangan bo‘lishi talab etilgan. Biologik azotfiksatsiya jadal 
amalga oshirilsa, azotli mineral o‘g‘itlarga talab kamayadi va azotli o‘g‘itlar ta’siri 
sustlashadi. Ekishdan oldin gektariga 60 kg azotli o‘g‘itlar ko‘llanilganda, 
azotfiksatsiyalovchi tugunak bakteriyalar faoliyatini sustlashtiradi, tayyor azotli 
o‘g‘itlardan foydalaniladi, shuning uchun soyaga azotli mineral o‘g‘itlarni qo‘llash 
maqsadga muvofiq emas. 


27 
O.Mirzaev, A.Tagaev [83; 32-33-b.] ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati 
tabiiy iqlim sharoitida kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarda soyaning 
ertapishar va o‘rtapishar navlarini ekib undan don hosili olish mumkinligini 
aniqlagan. Soya ekinidan yuqori hosil olish uchun barcha agrotexnologiya 
jarayonlarini eng maqbul muddatlarda yuqori sifatli bajarish talab etilishini 
ta’kidlab o‘tganlar. Shundagina tuproq unumdorligi saqlanib, keyingi ekinlar 
uchun qulay sharoit yaratilishini ko‘rsatilgan. 
Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar rivojlanishini cheklovchi asosiy omillardan 
biri bularning azotli birikmalar bilan yetarli darajada ta’minlab turilmasligidir. 
Bunday azot tanqisligi sharoitida o‘simliklar atmosfera havosining qariyb 80 % ini 
tashkil etadigan molekular azot qurshovida bo‘ladi. Dukkakli don o‘simliklari 
o‘zida azot to‘plovchi xususiyatga ega. Dukkakli don ekinlari yerda ko‘p miqdorda 
organik moddalarni to‘playdi, bu bilan dehqonchilikdagi azot balansini yaxshilab 
ularning ayrimlari, ya’ni qiyin eriydigan fosfatlarni o‘zlashtiradigan shaklga 
aylantiradi. Dukkakli o‘simliklar ildizlari tuganaklaridagi tuganak bakteriyalar 
yordamida atmosfera azotini biriktirib olib, azot bilan tuproqni boyitadi [22;12-b.]. 
Go‘ng 1 ga maydonga 30-40 t solinadi. Azotli o‘g‘itlar gektariga 30-50 kg. 
beriladi. Soyaga 90-100 kg/ga fosfor, 40-60 kg/ga kaliy solinadi. Ildizlarida 
tuganaklar hosil bo‘lmasa 2,0 t/ga hosil olish uchun 1 gektariga 180 kg/ga azot 
solish kerak. Bu miqdor 529 kg. ammiakli selitraga yoki 391 kg. karbamidga 
to‘g‘ri keladi. Agar qo‘llanilgan azotli o‘g‘itning o‘zlashtirilish koeffitsientini 50 
foiz deb olsak, 2,0 tonna don hosili olish uchun 2 barobar ko‘proq azotli o‘g‘itni 
(1058 kg. ammiakli selitraga yoki 782 kg. Karbamid) qo‘llashga to‘g‘ri kelgan. 
Shuning uchun soya yetishtirish texnologiyasida urug‘larni tuganak bakteriyalar 
bilan ishlash eng muhim texnologik jarayon hisoblanishini aytishgan [45; 20-21-
b.]. 
Y.B.Saimnazarov, I.Mirzaeva 
[90; 33-34-b.] 
yozishicha, 
dukkakli 
ekinlarning biologik xususiyatlaridan kelib chikib, soyaning ildizida tuganak 
bakteriyalarning atmosferada erkin azotni uzlashtirishi va o‘simlik o‘zini azot 
elementi bilan to‘liq ta’minlashi hosildorlikni 1,5- 3.0 s/ga oshishiga sharoit 


28 
yaratadi. Buning uchun urug‘larni ekishdan oldin nitragin yoki rizotorfin bilan 
ishlov berib ekish lozim. 
R.U.Saitkanova, N.I.Sodisova, F.Yu.Ibragimova, I.T.Mirzaeva [93; 86-87-
b.] ma’lumotlariga ko‘ra, soya o‘simligi o‘zi ko‘pgina o‘simliklar uchun 
o‘tmishdosh hisoblanadi. Bunga sabab barcha dukkaklilar oilasiga mansub 
o‘simliklar kabi u ham ildizlaridagi tuganak bakteriyalar orqali biologik azot 
to‘playdi. Adabiyotlardan ma’lum qilinishicha, soya gektariga 70-100 kg azot 
to‘plash xususiyatiga ega. 
N.S.Umarova [105; 54-b.] yozishicha, soya o‘simligi ildizida joylashgan 
tuganak bakteriyalar faoliyati hisobiga atmosferadagi erkin biologik azotni 
fiksatsiya qilib, dehqonchilikda ekologik toza azot elementi bilan boyitadi va 
tuproq unumdorligini oshiradi. 
R.Saitkanova [91; 18-b., 92; 55-b.] yozishicha, unib chiqish fazasidan 
boshlab, har kuni soya ildizda tuganaklar hosil bo‘lishi kuzatib boriladi. Buning 
uchun 5 ta o‘simlikni ildizi bilan kavlab olinadi. Birinchi tuganaklarning 
shakllanishi soya urug‘i to‘liq unib chiqqandan so‘ng o‘n kun o‘tgandan keyin 
hosil bo‘ladi. Eng ko‘p tuganaklar hosil bo‘lishi dukkaklarning to‘lishish fazasiga 
to‘g‘ri keladi. 
Bir necha yillar davomida xorijlik olimlar [129; 119-144-b., 124; 364-383-
b.] tomonidan simbiotik o‘zaro ta’sirning turli xil genetik, biokimyoviy va 
evolyusion jihatlari ko‘rib chiqilgan hamda simbioz jarayoni o‘simlik ildizlari va 
ildiz-proksimal qismida (tuproqda, rizosferada) erkin yashaydigan rizobial 
bakteriyalar o‘rtasida signallar almashinishidan so‘ng boshlanishi ko‘rsatilgan. 
Ildiz tuganak to‘qimasi rivojlanganda, rizobial bakteriyalar bu maxsus to‘qimaga 
hujayra tashqi infeksion bog‘liqlik (ip) orqali kiradi. Ichkarida o‘sib boradigan 
iplar tabaqalashtirilgan tuganak hujayralariga yetib borishi bilan, bakteriyalar 
o‘simlik kelib chiqqan membrana bilan o‘raladi va sitosolichiga olinadi, ular 
bakteroidlar deb nomlanadi. Keyin paydo bo‘lgan bakteroidlar katta morfologik va 
transkripsiya o‘zgarishlariga uchraydi va bu faol N2 fiksatsiyasiga olib keladi. 


29 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ABF har yili global qishloq xo‘jaligidagi tuproqdagi 
azotni miqdorini bir necha marta oshiradi va milliardlab AQSh dollarga teng azotli 
o‘g‘itlarni tejash imkonini beradi [121; 3254-3268-b.]. Rizobial bakteriyalar 
asosida yaratilgan inokulyantlar sanoat azotli mineral o‘g‘itlarga arzon alternativ 
bo‘lib, o‘simlik hosildorligini va tuproq unumdorligini oshirishi mumkin. 
Natijada, olinadigan daromad oshishi va jamiyat hayotiga, ayniqsa 
dunyoning eng qashshoq dehqonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aks 
etgan [128; 205-214-b.]. 
ABF shuningdek, azotli mineral o‘g‘itlarni qo‘llashni kamaytirish orqali 
atrof-muhitga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ushbu o‘g‘itlar atmosfera sathining 
ko‘tarilgan issiqxona gazlari azot oksidi [131; 261- 265-b.], zaharli nitrat bilan 
to‘ldirilgan suvga suv o‘tlari «gullashiga» olib kelishi aytib o‘tilgan [119; 1014-
1015-b., 137; 357-363-b.]. 
Mineral azot o‘g‘itlarni sanoat darajasida ishlab chiqarish qazib olinadigan 
yoqilg‘i manbalarning kamayishi insonning umumiy iste’mol qilishining 1-2 % ni 
tashkil qiladi [122; 636-639-b.]. Ushbu salbiy oqibatlarni oldini olish sababli 
qishloq xo‘jaligiga azot manbalari sifatida havodagi N2ni fiksatsiyalovchi 
bakteriyalar asosida yaratilgan biologik preparatlarni qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Azotni fiksatsiyalovchi rizobial bakterialar tuproq muhitida erkin holda va 
rizosferada yashaydigan holatda uchraydi. Ushbu ikki muhit shunday noyob ozuqa 
va stress sharoitlarini ta’minlaydiki [127; 117-152-b.], unda rizobial bakterialar 
nafaqat yashash, balki ushbu sharoitda effektiv boshqarishi lozim. Rizobial 
bakteriyalar barqaror populyatsiyani yaratish uchun mikrobial ham jamoaning 
boshqa a’zolariga qarshi raqobatlashishga to‘g‘ri keladi. Rizosferadan rizobial 
bakterialar mos dukkakli o‘simliklarga o‘tishi lozim, bunda simbiotik rivojlanish 
bosqichlari mavjud. Bunday sharoitlar ildizning gajaksimon sochsimon uchining 
cho‘ntagida kislotali va oksidlanish jarayonlar ketishini [126; 1009-1019- b.], 
o‘simlik hujayrasiga bakteriyalarni kirishi va u yerda differensiatsiyaga uchrashini 
o‘z ichiga oladi. 


30 
Respublikamiz aholisini o‘simlik mahsulotlariga, xususan, o‘simlik oqsiliga 
bo‘lgan talabini qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda soya 
o‘simligini yetishtirishni ahamiyati katta. 
Mamlakatimizda soya yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan Prezident 
qarorlari, farmonlari qabul qilingan. Jumladan: 2017 yilning 14 martida “2017-
2021 yillarda Respublikada soyani ekishni tashkil etish va soya donini 
yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi “Respublikada soya 
yetishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 
qabul qilindi. Respublikada soya 2017 yilda 12 ming gektarga, 2019 yilda 20 ming 
gektardan ortiq maydonga ekildi. Ammo fermer xo‘jaliklarida soyaning 
salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti, buning sabablaridan asosiysi soya nav 
agrotexnikasi yaratilmagan. Soya yetishtirishning asosiy texnologik unsurlari ekish 
sxemalari va me’yorlari hamda soya urug‘larini ekishdan oldin turli inokulyantlar 
bilan ishlash, tuproq-iqlim sharoiti, nav xususiyati inobatga olingan holda ilmiy 
asoslanmagan. 
Dunyo mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda ham soya ekinining turli 
navlarini maqbul ekish sxemasi, me’yorlari va turli yangi inokulyantlarni mintaqa 
tabiiy sharoiti, ekinning biologik xususiyatlariga mos holda aniqlash borasida bir 
qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan. 
Agrotsenozda o‘simliklarni zich joylashuvi soyaning o‘sishi va 
rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi, xususan gektarda tup sonining ko‘p 
bo‘lishi bir o‘simlikning mahsuldorligini kamayishiga, gektarda tup sonining kam 
bo‘lishi ham mavjud tuproq namligi, oziqa moddalardan foydalanish 
samaradorligini kamaytiradi. Alohida bir o‘simlikdan olingan hosil butun gektar 
hisobiga sarflangan umumiy xarajatni qoplay olmaydi. Shunga ko‘ra, ekiladigan 
navning ma’lum hududda biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ekish sxemasi va 
me’yorini to‘g‘ri belgilab olish hosildorlikni oshirishning mezoni hisoblanadi. 
N.S.Umarovaning [104; 17-18-b., 106; 31-32-b.] ToshDAU tajriba 
xo‘jaligida soyaning ekish muddatlari bo‘yicha olib borgan tajriba natijalari shuni 


31 
ko‘rsatdiki, yozgi muddatda ertapishar Orzu va o‘rtapishar O‘zbekiston-2 navlari 
kuzgacha to‘liq pishib yetilishi aniqlangan. Kechpishar O‘zbekiston-2 navi esa 
yozgi muddatda ekilganda pishib yetilmagan. Shu tajribada soyaning Orzu navidan 
20,8 s/ga, O‘zbekiston-2 navidan 22,2 s/ga don hosili olingan. 
M.Ye.Belыshkin, G.G.Gataulinlarning [44; 51-54-b.] tajribalari bo‘yicha 
ekishu suli va o‘simliklarning tup soni soyaning o‘rta tezpishar Kasatka navining 
Moskva viloyati sharoitida hosil elementlariga ta’siri o‘rganilgan. Ekish usuli va 
meterologiya sharoiti navning alohida rivojlanish davrlarini o‘tishiga ta’sir 
ko‘rsatgan. 
Soyani turli ekish me’yorida qator orasi 45 sm tup soni 250, 400, 550, 700, 
850 ming dona, oddiy qatorlab 15 sm. kenglikda, tup soni 400, 550, 700, 850, 1000 
dona unuvchan urug‘larni ekib, qator orasi 45 sm, tup soni 250 ming dona 
bo‘lganda unib chiqishi 86,4 % ni tashkil qilib, o‘simlik tup soni ortib borishi unib 
chiqish darajasini kamaytirganini ta’kidlab o‘tgan. Keng qatorlab ekilib, sug‘orish 
tartibi sug‘orishdan oldin tuproq namligi 75-75-80 % ChDNS ga nisbatan 
bo‘lganda o‘simlikning o‘sib-rivojlanishi va hosildorligi yuqori bo‘lganligi 
kuzatilgan [39; 433-b.,37; 35-40-b., 70; 17- 22-b, 98; 32-34-b., 109; 92-b.]. 
D.Yo.Yormatovaning [58; 21-b.] ta’kidlashicha, respublikamizning barcha 
xo‘jaliklarida qator oralarini 60-70 sm. kenglikda gektariga 80 kg urug‘ sarflash 
maqsadga muvofiq. Ertapishar navlarni ekish gektariga 90-100 kg, o‘rtapishar 
navlar o‘zidan yon shoxlar chiqarib, baland bo‘yli bo‘lganligi uchun gektariga 70-
80 kg urug‘ ekish lozim. 
V.D.Litvinov, A.A.Sevost’yanovlar [76; 125-127-b.] o‘z tadqiqotlarida 
Svetlaya, Mageva navlarini ekish me’yori 80 kg/ga bo‘lganda tup soni yaxshi 
saqlanib qolgani va o‘simlikning rivojlanish fazalari o‘z muddatlarida bo‘lganligi 
kuzatilgan. Ekish me’yori 90-100 kg/ga oshirilgan sari navlarning poyalari 
ingichkalashib, yotib qolishga moyil ekanligini tasdiqlangan. 
V.F.Baranov, A.V.Kochegura, S.V.Zelensovlar [33; 64-b.] o‘zlarining olib 
borgan ilmiy ishlarida nav, tup soni, nitragin shtammlari va soya hosildorligining 
bir-biriga bog‘liqligini ushbu omillar bir-biriga mos kelgandagina olinadigan don 


32 
va poya hosildorligi yuqori ko‘rsatkichlarga erishishini bildiradilar. Ertapishar 
navlarda hosildorlik 450-500 ming tup bo‘lganda yuqori bo‘lishini isbotlaganlar. 
Kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ekish uchun soyaning 
Do‘stlik, Orzu va Izumrud navlarini yetishtirish texnologiyalarini o‘rganib 
quyidagi xulosalarni qilganlar: soya navlarini 70 sm qator oralig‘ida ekish; ekish 
me’yori 80 kg/ga; ko‘chat qalinligi 380-400 ming tup; o‘simliklar oralig‘i 3-3,5 
sm. bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan. Soyani sug‘orish tartiblari ekish muddatlariga 
qarab belgilanishi kerak. Bunda soya 15 iyunda ekilganda 5 marta, 25 iyunda 
ekilganda 4 marta va 5 iyulda ekilganda esa 3 marta sug‘orish o‘tkazilgan, har 
galgi sug‘orish me’yori 800-900 m3/ga hisobida berilgan. Mineral o‘g‘itlar 
me’yori azot 160 kg/ga, fosfor 100 kg/ga berilishi tavsiya qilinib, shu tartibda 
yetishtirilgan soya navlaridan, 15 iyungacha ekilganda 28 s/ga, 5 iyulda ekilganda 
esa 22 s/ga don hosili olingan [53; 41-42-b., 60; 5-b., 25; 20-23-b., 24; 6-7-b., 23; 
86-87-b., 94; 21-b., 93; 86-87- b., 96; 10-21-b., 80; 18-20-b., 90; 33-34-b., 29; 22-
b.]. 
Soyaning “Do‘silik” navini hosildorligi o‘rganilganda 15 iyunda nitraginsiz 
ekilgan har gektar hosildorligi 1,56 tonna bo‘lsa, nitragin bilan ekilganda 2,21 
tonna yoki 6,5 sentnerga yuqori hosil olishni ta’minlagan [81; 20-b, 53; 41-42-b.]. 
Soya ekini navi va ekish me’yori, ya’ni ko‘chat qalinligi, shuningdek 
agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri qo‘llanishi don sifatiga hamda hosildorlikni tushib 
ketishiga asosiy sabab ekanligini ilmiy asoslab berilgan [42; 25-26-b.]. 
Soya keng qatorlab ekiladigan ekin. Yoppasiga ekilganda hosildorlik 
pasayadi. Qator oralari 50-102 sm. o‘zgarishi mumkin. O‘simliklarning tup 
qalinligi gektariga 300-400 ming bo‘lishi yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Soya 
60x15 sxemada ekilgandagi don hosildorligi qator orasi 45x15x6 ekilgandagiga 
nisbatan 4,0 s/ga ko‘p bo‘lganligini ta’kidlagan [108; 16-17-b.]. 
S.V.Kadыrov [72; 17-22-b.] Markaziy qora tuproqli hududning shimoliy 
qismida Belgorodskaya-143, Belor, Belgorodskaya-48 va Belgorodchanka 
navlarining ekish me’yori usullarini o‘rganish borasida ilmiy izlanishlar olib 
borganlar. Ekish usuli oddiy qatorlab 15 sm va keng qatorlab 45 sm., ekish me’yori 


33 
300, 400, 500, 600, 700, 800 va 900 ming tup soni misolida olingan bo‘lib, Belor 
navida o‘rtacha 3 yil davomida 1 m2 maydonda eng ko‘p barg soni 800-900 ming 
donagacha ekish me’yori oshirilganda o‘simlikda barg soni kamayib borgan. 
O‘simlik siyrak ekilganda bo‘yining balandligi past bo‘yli bo‘lib qolishi 
yuqoridagi tajribalarda aniqlangan. 
G.Shadieva, Yu.Saimnazarovlarning [111; 41-b.] ta’kidlashlaricha, soyaning 
ekish me’yori uning urug‘ining yirikligiga va navning tezpisharligiga qarab 
belgilanadi. Soyadan mo‘l va sifatli hosil olish ko‘p jihatdan urug‘ni o‘z vaqtida 
maqbul muddatlarda ekish va sifatli urug‘likdan foydalanishga bog‘liq. 
D.Yo.Yormatova [58; 21-b.] ma’lumotiga ko‘ra, Respublikamizning barcha 
navlarni ekish gektariga 90-100 kilogramm, ertapishar navlar baland bo‘yli va 
o‘zidan yon shoxlar chiqargani uchun gektariga 70-80 kilogramm unib chiqish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan urug‘ tashlanishi kerak. Do‘stlik navi rivojlanishida 
yuqoridagi ekish me’yori eng maqbul hisoblanadi. 
D.Yo.Yormatova [57; 7-b.] olgan ma’lumotlarga ko‘ra, Do‘stlik navi uchun 
eng maqbul ekish me’yori 70 kg/ga, O‘zbek-2 navi uchun maqbul ekish me’yori 
80 kg/ga, ekish me’yori bundan oshirilganda bir gektardan olinadigan ko‘k poya va 
quruq poya hosildorligi kamayib boradi. Do‘stlik navini 70 kg/ga ekilganda poyasi 
va donida ham oqsil miqdori yuqori bo‘ladi. Ekish me’yorini to‘g‘ri belgilash, 
kimyoviy tarkibining sifatli va hosildorlikning yuqori bo‘lish imkonini beradi. 
S.S.Barsukov [42; 25-26-b.], V.Domaxin [52; 18-20-b.] soyaning tup soni 
navning biologiyasiga va tashqi muhitga bog‘liq bo‘lib, shimoldan janubga 
o‘tganda bir xil navning tup soni va ekish me’yori kamayib boradi. 
S.S.Barsukovning 
[42; 
25-26-b.] 
ma’lumoti 
bo‘yicha 
Belarus 
Respublikasining sharqiy qismida podzol qumoq tuproqlar sharoitida soyaning 
ertapishar Snejok navi yaxshi natija bermoqda. Eng yuqori hosil gektarda 440 
ming tup o‘simlik bo‘lganida (bu gektarga 472 ming dona urug‘/ga ekilganda) 
erishilgan. Soyaning Snejok navini 54° shimoliy kenglikda yetishtirish mumkin. 


34 
X.A.Xamokov [108; 16-17-b.] ma’lumotlari bo‘yicha, soyaning Xodson 
navi ekilganda ekish me’yori 400 ming dona unuvchan urug‘ maqbul deb topilgan. 
Bu me’yordan tup soni 80-100 mingga oshirilganda yoki kamaytirilganda urug‘ 
hosili kamaygan. Eng maqbul ekish usuli-45 sm. 
D.R.Annamuratova [29; 22-b.] ta’kidlashicha, dala tajribalarida ikki 
me’yorda ko‘chat qalinligi gektariga 300 ming va 400 ming dona unuvchan urug‘ 
hisobida ekilgan. Soya navlarining urug‘ hosildorligi ko‘chat qalinligi ortishi bilan 
ko‘payadi. O‘zbek-2 navining urug‘ hosildorligi 2005 yilda 2,5 s/ga, 2006 yilda 
1,9 s/ga, 2007 yilda 1,7 s/ga ortgan. Genetik navida bu ko‘rsatkichlar tegishli 
ravishda 2,4 va 2,4 s/ga, Do‘stlik navida - 1,0; 0,8 va 1,6 s/ga, Do‘stlik navida - 
1,3; 1,0 va 1,6 s/ga, O‘zbek-6 navida-2,7; 1,8 va 2,2 s/ga ni tashkil qilgan. 
F.Baranov, Ugo Toro Korreya [40; 12-15-b.] fikri bo‘yicha Krasnodarsk 
mintaqasida kech va o‘rtapishar navlar uchun 350-450 ming/ga, ertapishar navlar 
uchun 400-500 ming dona o‘simlik gektarda bo‘lgani ma’qul. 
Uchikawa Osamu va boshqalar [135; 79-85-b.] ma’lumoti bo‘yicha maqbul 
tupson deb 350 ming o‘simlik/ga topilgan, qator orasi 40-50sm bo‘lgan. 
Shoxlanmaydigan navlar 500 ming tup o‘simlik/ga qilib ekilgan, qator orasi 30 sm 
gacha kamaytirilgan, bu hosilni 2-5 s/ga oshirgan. 
Ugo Toro Korrea [102; 246-251-b., 103; 32-34-b.] yozishiga ko‘ra, Butun 
Rossiya Moyli ekinlar ITI da yaratilgan yangi navlardan yuqori hosil olish uchun 
ekish meyori va tup soni, o‘simlikda boradigan morfofiziologik xususiyatlarni 
to‘liq shakllanishida ahamiyatga ega. Olim 200, 300, 400 ming tup ekish me’yorini 
3 xil nav miqyosida o‘rganib, har bir tup soni oziqaga alohida talabchan ekanligini 
qayd etgan. 
O.G.Davыdenko, 
D.V.Goloenko, 
V.Ye.Rozensveyg 
[51; 
74-78-b.] 
malumotlariga ko‘ra, tup sonining oshib borishi determinant navlarda 1m2 da 70 
tagacha o‘simlik bo‘lganda oshishi, tup soni 1m2 da 30-40 ta bo‘lgan Ros navi 
bo‘yining balandligi oshmaganligi 1m2 da tup soni 70 tagacha oshirilganda 
o‘simlik bo‘yi maksimal darajaga yetganligi kuzatilgan. Tup soni 80, 90, 100 


35 
tagacha oshirilishi o‘simlikning barg soni va bo‘yini oshirmadi, balki barg soni 2-4 
tagacha kamayganligi aniqlangan. 
V.F.Baranov [34; 39-43-b., 35; 171-b.. 36; 433-b.], A.A.Gusev [50; 133- 
135-b.] izlanishlari ko‘rsatdiki, indeterminant navlarda ekish me’yori 500 ming 
tupdan oshirish hosildorlikni kamayishiga olib keladi. Agrotsenozning zichligi 
faqat o‘simlikning bo‘yi o‘sishiga olib keladi, xolos. Ko‘k massa olish maqsadida 
tup sonini oshirish mumkin. Shuningdek, har bir nav biologik xususiyatiga qarab 
tup sonini oshirganda o‘zgarib boradi. Armavir-15 navi uchun 300 ming tup soni 
o‘sib rivojlanishi uchun qulay bo‘lsa, Duar navi uchun 500 ming tup ko‘chat soni 
maqbul hisoblanadi. 
M.Mannopova, B.Mirzaaxmedov [79; 17-b.] ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona 
vodiysi tuproq va iqlim sharoiti uchun soya o‘simligi noananaviy ekindir. Andijon 
qishloq xo‘jaligi instituti tajriba xo‘jaligida olib borilgan tadqiqotlarida sizot 
suvlari yuza joylashgan o‘tloqi tuproqlarda gumus miqdori 1,66-1,72 % bo‘lganda, 
umumiy azot, fosfor, kaliy miqdori tegishli ravishda (0,139, 0,038, 2,34 %) 
soyaning ertapishar Do‘stlik navi turli ko‘chat qalinligida o‘rganilib, 170-200 ming 
tup ko‘chat qalinligi ushbu tuproq sharoitida eng maqbul ekanligi aniqlangan. Yon 
shoxlar va barglar soni ko‘p bo‘lib, tup soni oshgan sari navlar ingichkalashib, 
barg soni va yon shoxlari kamaygan, ammo o‘simlikning bo‘yi baland bo‘lgan. 
S.B.Kadыrov [72; 17-22-b.], A.V.Kalmikov, B.M.Knyazov [73; 34-36-b.], 
D.Yo.Yormatova [59; 232-233-b.] va boshqalar ta’kidlashlaricha, tuproq-iqlim 
sharoitini hisobga olgan holda ekiladigan navlar va ularning ekish me’yori tanlab 
olinadi. Keyingi paytlarda soya ekilayotgan hududlarda tup sonini yoki ekish 
me’yori oshirilishi natijasida yuqori hosil olishga erishilmoqda. 1980-1990 yillarda 
ertapishar soya navlarida ekish me’yori 350-400 ming, ertapishar navlarda 300-350 
va kechpishar navlarda esa 250-300 ming tup bulishi maqbul hisoblangan. Keyingi 
paytlarda soyadan yuqori hosil olish uchun ekish me’yori 40-50 % gacha oshirildi 
va hosildorlik tup soni evaziga yoki 1 m2 dan qancha hosil olish mumkinligi bilan 
hisoblanmoqda. 


36 
Soya navlari tup sonining hosildorlikka ta’siri borasida respublikada 
soyashunos olimlardan D.Yo.Yormatova [58; 21-b.], X.N.Atabaeva, I.A.Isroilov, 
N.S.Umarova, I.Abitov [31; 65-67-b.] va boshqa bir qator olimlar izlanishlar olib 
borganlar. Ular o‘z kuzatishlarida tup sonini soya navlarining o‘sib rivojlanish 
davriga qarab belgilash kerak, degan xulosaga kelishgan. 
Y.B.Saimnazarov, I.T.Mirzaeva [90; 33-34-b.] yozishicha soyaning Parvoz 
va Nafis navlarining o‘sish dinamikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy kuzatuvlar 
natijasiga ko‘ra, 25 aprelda ekilgan Do‘stlik navining bo‘yi 102,0 sm., Parvoz navi 
108,0 sm., Nafis navi bo‘yi 112,0 sm., 5 mayda ekilgan soya navlari bo‘yicha esa 
nazorat Medeya navi bo‘yi 94,0 sm, Parvoz navi 98,0 sm, Nafis navi 102,0 sm, 15 
mayda ekilgan soya nazorat Medeya navining bo‘yi 56,0 sm., Parvoz 62,0 sm., 
Nafis navi 73,0 sm ni tashkil qilgan. 
A.A.Gusev [50; 133-135-b.], O.V.Volkov, A.A.Artem’ev [47; 136-138-b.] 
tadqiqotlarida, indeterminant navlarda ekish me’yorini 500 ming tupdan oshirish 
hosildorlikni kamayishiga olib kelishini ta’kidlab, ko‘chatlarning zichligi faqat 
o‘simlikning bo‘yi o‘sishiga sabab bo‘lishi hamda ko‘k massa olish maqsadida esa 
tup sonini oshirish mumkinligini keltirib o‘tgan. 
M.V.Miroshnichenko [84; 12-15-b.] tadqiqotlarida Fora, Vesta, Del’ta va 
Renta navlarini ekish me’yori 50 kg/ga, sug‘orish tartibi 75-75-85 % bo‘lganda 
o‘simlikda barg soni ko‘p, poyalari yo‘g‘on, barglari zich bo‘lganda urug‘larning 
pishishi kechikib ketishi, urug‘larning vazni nav xususiyatlariga to‘g‘ri kelmasligi 
kuzatilgan. Buning natijasida dukkaklar kech hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan dukkaklar 
o‘suv davrining oxirigacha pishmay yashil bo‘lib turgan. 
D.Yormatova [55; 63-b.], D.Yormatova, X.Xushvaqtova [62; 10-b.], 
soyaning urug‘larida 24-28 % moy saqlaydi, yer shari aholisining 53 foizi tez 
hazm bo‘luvchi soya moyini isti’mol qilishini ayib o‘tgan. Bu moy tarkibida inson 
organizmi uchun zararli moddalar mutlaqo yo‘qligi. Soyaning g‘alladan bo‘shagan 
maydonlarda takroriy ekin sifatida ekish mumkin. Sug‘oriladigan maydonlarda 70-
75 kunda pishib yetiladi, ildizida ko‘p miqdorda azot to‘plab qoldirishini 
takidlagan. Bundan tashqari takroriy ekilgan soyadan 2,0 – 2,5 tonnagacha don 


37 
hosili olish mumkinli va shu bilan birgalikda soya ekilgan maydonlarda tabbiy azot 
tuplanishi ivaziga tuproq unumdorligi oshishi aniqlangan. 
Rossiyaning Uzoq Sharq o‘lkasida soyaning namlikga bo‘lgan talabini 
o‘rganish bo‘yicha tajribalar olib borish davomida soya ekini o‘suv davrida 
tuproqdagi namlik darajasining yetishmasligi oqibatida 14 % dan 58 % gacha hosil 
kamayib ketishini va dukkaklarni shakllanish davrida esa namlikni yetishmasligi 
natijasida 87 % gacha hosil kamayishi aniqlangan [27; 227-232-b., 49; 201-203-b., 
96; 10-21-b.]. 
V.I.Zaveryuxin [64; 159-b.] soyaning gullash davrigacha tuproqning 70 sm 
qatlamidagi tuproq namligi ChNS ga nisbatan 70%, gullash davri davomida esa 80 
%, pishib yetilish davrida 70% bo‘lish kerakligini va shu tartibda sug‘orishlarda 
sug‘orish me’yori 400-600 m3/ga sug‘orish soni 6-8 marta bo‘lishini tavsiya 
qilgan. 
O.A.Belik [43; 26-b.] Volgagrad oblastida soyani tomchilatib sug‘orish 
uchun sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 80% bo‘lishi va 
mavsum davomida 23-29 marta o‘rtacha 140 m3/ga hisobiga sug‘orish shu tartibda 
sug‘orilganda soyadan 4 t/ga don hosil olinganligi keltirilgan. 
V.F.Baranov [36; 433-b.], S.V.Kadыrov [69; 47-51-b.], V.M.Lukomes 
[11;136-b.] kabi olimlar dehqonchilikda yetishtiriladigan o‘simliklarning o‘sishi va 
rivojlanishi, hosildorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri sug‘orish 
me’yorlari ekanligi, sug‘orish tartiblarining o‘zgarishi natijasida o‘simlik 
bo‘yining balandligi, barg soni, yon shoxlari va hosil elementlarining o‘zgarib 
borishini qayd etilgan. 
Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doy ang‘iziga takroriy 
ekin sifatida tuproq unumdorligini soya va boshqa dukakli don ekinlarini ekish 
oldidan azotni faol o‘zlashtiruvchi tugunak bakteriyalar bilan ishlov berilgan 
urug‘larni ekish, shu orqali dukakli don ekinlarini parvarishlashda qo‘llaniladigan 
ma’danli o‘g‘itlar me’yorlari sarfini 20-25% ga kamaytirish, tuproqda sof holda 
80-120 kg/ga miqdorida biologik azot yig‘ilishini ta’minlash, buning natijasida 
kelgusi yili yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarishlashda 


38 
qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar me’yorini ham 35-30 % ga kamaytirish mumkin 
[66; 2-3-b., 67; 35-36-b., 110; 24-b.]. 
I.Abitov [26; 17-b.] Toshknt viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida, 
takroriy ekin sifatida ekilgan soyaning tez pishar Orzu va Genetik-1 navlarini 
mineral oziqlanish tartiblarini o‘rganib, bu navlarni mavsum davomida azot 50 
kg/ga, fosfor 100 kg/ga va kaliy 150 kg/ga me’yorlarida o‘g‘itlash kerakligni 
aniqlagan. 
I.Anarbaev, M.Sattarov [28; 11-12-b.] ma’lumotlariga ko‘ra, soya o‘simligi 
uchun mineral o‘g‘itlarning eng maqbul me’yori N90P90 K100 kg/ga bo‘lib, 
fosfor va kaliyli o‘g‘itlarning 50 foizi shudgordan oldin, qolgan qismi azotli 
o‘g‘itlar bilan ekinni oziqlantirishda 2 marta beriladi. Birinchi oziqlantirish 
soyaning 2-3 chinbarg chiqargan davrida, ikkinchi oziqlantirish esa gullash 
davrining oxirida o‘tkaziladi. 
B.Mavlonov, A.Xamzaev, Z.Boboqulovlar [77; 36-b.] ma’lumotlariga ko‘ra, 
dukkakli-don ekinlari ildizlarida yashaydigan tuganak bakteriyalar atmosfera 
azotini o‘zlashtiradi va tuproqni azot bilan boyitadi. O‘zbekiston sharoitida mosh, 
soya va no‘xat o‘simliklari har gektar yerda 40 kg dan 120 kg gacha oson 
o‘zlashtiradigan azot to‘playdi. Dukkakli-don ekinlari tomonidan o‘zlashtirilgan 
azotning juda ko‘p qismi o‘simlikning o‘zida qoladi va hosil yig‘ishtirib 
olingandan so‘ng uning bir qismi ildiz va ang‘iz qoldiqlari orqali tuproqqa qaytadi. 
F.Namozov, B.Xalikov [86; 18-19-b.] ta’kidlashicha, o‘simliklarni tuproqda 
qoldiradigan ildiz va ang‘iz qoldiqlari ekiladigan ekin turiga bog‘liq bo‘lib, kuzgi 
bug‘doy va undan so‘ng takroriy ekin sifatida soya ekilganda o‘rtacha hisobda 
yiliga bir gektar maydonda 4,5-5 tonna tuproqda qoladi. 
M.Tojiev, K.Tojievlarning [100; 23-24-b.] yozishicha, kuzgi bug‘doydan 
so‘ng ekilgan takroriy va siderat ekinlar tuproqda ildiz, ang‘iz, barg poya hamda 
ko‘k massa qoldiqlari qoldirishi natijasida tuproqning tarkibidagi gumus va oziqa 
elementlari miqdori ko‘payadi. Bu esa o‘z navbatida tuproqning namligi va suv 
o‘tkazuvchanligini oshiradi. 


39 
M.Tojiev, K.M.Tojievlarning [101; 23-b.] tadqiqotlaridan olingan 
ma’lumotlarga ko‘ra, kuzgi bug‘doydan so‘ng ekiladigan takroriy ekinlar tuproqda 
ma’lum bir miqdorda ildiz va ang‘iz qoldiqlarini qoldirib, uning unumdorligini 
saqlaydi hamda agrofizikaviy, agrokimyoviy, meliorativ va ekologik holatlarini 
yaxshilaydi. 
Shuni ham aytish lozimki, rizobial hayot aylanishi izolyatsiya holatida 
bo‘lmaydi. Shuningdek, rizobiya va mezbon o‘simliklar o‘rtasidagi, rizobiya va 
raqobatdosh mikroblar o‘rtasidagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirni hisobga olish kerak [118; 
2207-b.]. Rizobiya - mezbonning o‘zaro aloqasi sheriklar o‘rtasida yuqori 
darajadagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi, bu signal almashish bo‘yicha bir nechta 
tadbirlarni, shuningdek, metabolik resurslarning ommaviy almashinuvini o‘z 
ichiga oladi [129; 119-144-b., 130; 252-263-b.]. Shunga qaramay, konsepsiya va 
qurollanish evolyusiyasi jihatlari ham aniqlanishi mumkin. Masalan, o‘simlik 
immuniteti infeksion jarayonda muhim rol o‘ynaydi, bu samarali simbiozni 
o‘rnatish uchun rizobiya tomonidan yengib o‘tilishi kerak [123; 186-194-b., 115; 
310-323- b.]. Bundan tashqari, o‘simlik ishlab chiqargan sistein bilan boyitilgan 
(NCR) peptidlar [136; 1122-1126-b.] va tegishli bakterial NCR peptidazalari [132; 
15244-15249-b.] ko‘plab dukkaklilarda kech bosqichli muloqatni ifodalaydi. Qaysi 
bakteroidlar simbiotik «qullikka» qarshi turish orqali o‘zlarining baquvvatligini 
mezbon o‘simlik hisobiga yaxshilaydilar [124; 364-383-b.]. Bir nechta rizobial 
shtammlar bitta o‘simlikda bir xil yoki turli xil tuganaklarda yashashi mumkinligi 
sababli [117; 835-b.] rizobiyada aldamchi hatti-harakatlar paydo bo‘lgan [134; 
1299- 1312-b.], lekin o‘simliklar sanksiyalar va sheriklarni kamsitish orqali 
aldashni cheklashlari kuzatilgan [120; 28683-b., 133; 185568-b., 138; 1419-b.]. 
Tuganak xosil bo‘lish samaradorligi va azot fiksatsiyasining aniqligi alohida 
fenotiplar bilan bog‘liqdir [116; 2249-b.]. Simbiozning barcha bosqichlarini, shu 
jumladan rizosferadagi raqobatbardoshlikni va simbiotik rivojlanishning har bir 
bosqichini tushungan xolda biopreparatlar yaratib va ularni potensialini inobatga 
olib, asoslangan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va 
amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniq. 


40 
Adabiyotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, respublikamizning turli tuproq-
iqlim sharoitlarida soya navlarining hosildorligiga urug‘larini ekish oldidan azotni 
faol o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalarni qo‘llash, mineral o‘g‘itlar bilan 
oziqlantirishning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot 
ishlari juda kam o‘tkazilgan va shu bilan birgalikda Surxondaryo viloyatining 
o’tloqilashib borayotgan taqirsimon tuproqlari sharoitida soya ekinini o’sishi, 
rivojlanishi, hosildorligi va hosilining sifat ko’rsatkichlariga azotli o‘g‘it me’yorini 
ta’siri to‘liq va batafsil o‘rganilmagan. Shuning uchun ushbu dissertatsiya mavzusi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda vazirlar mahkamasi farmon va 
qarorlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi, bular esa dissertatsiya mavzusini 
to‘g‘ri tanlanganligini hamda dolzarb masalaga qaratilganidan dalolat beradi. 


41 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling