Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish
Download 2.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- BORILGAN TADQIQOTLAR YUZASIDAN ILMIY MANBALAR SHARH (Adabiyotlar tahlili) 1.1-§. Mineral o’g’itlarni soya ekinining rivojlanishi, hosildorligi va don sifat
15 I – BOB. MINERAL O’G’ITLAR HAMDA INOKULYANTLARNI SOYA O’SIMLIGINI O’SISHI, RIVOJLANISHI, HOSILDORLIGI VA HOSILINING SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI BO’YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR YUZASIDAN ILMIY MANBALAR SHARH (Adabiyotlar tahlili) 1.1-§. Mineral o’g’itlarni soya ekinining rivojlanishi, hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganilgan holati D.Yormatova, G.Tangirovalarni ma’lumotida dunyo bo‘yicha 70 mln gektardan ziyod maydonda soya yetishtiriladi. Undan 400 ga yaqin turli xil mahsulot olinadi. Atmosferadagi erkin azotni biologik azotga aylantirib tuproq ekologiyasini yaxshilaydi. Tajribamizda urug‘lari nitragin bilan ishlangan Izumrud navining hosildorligi 70 kg ekilganda 19,9 s/ga, 80 kg ekilganda 22,3 s/ga, 90 kg ekilganda 18,6 s/ga bo‘ldi. Nitraginsiz variantlarda hosildorlik mutanosib ravishda 0,8 s/ga, 1,0 s/ga, 2,7 s/ga kam bo‘lishi qayd etilgan. Eng yuqori don hosili nazorat Do‘stlik navidan olindi. Bu nav urug‘lari nitraginsiz ekilganda ham boshqa navlarga qaraganda yuqori hosil bergan [31; B. 20.]. V.S.Niklyaevni so‘zlarida soya ekini azot to‘plash xususiyati evaziga bahorgi va kuzgi donli ekinlar, makkajo‘xori va boshqa ekinlarga yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi [14; S. 356-359.]. G.Tangirovani olib borilgan tadqiqotlarida ekish me’yori 70 kg/ga, nitraginsiz variantda o‘rtapishar soya navi donning tarkibida oqsil miqdori 38,2% , moy miqdori 22,3% ni tashkil yetib, andoza Do‘stlik naviga yaqin (tegishlicha 39,4%; 22,4%) bo‘lgan natija kuzatilgan [62; B. 36.]. A.Qoraxonova, D.Yormatova, A.Tokibaevlarni ta’kidlashicha “Selekta- 201” – ertapishar nav, Krasnodar o‘lkasida rayonlashtirilgan, Manjuriya tur xillaridan kelib chiqqan. Urug‘i tarkibida 39-41% oqsil va 21-23% moy saqlaydi. Pishib yetilishi uchun 2410-22000 harorat talab qiladi [37; B. 12- 13.]. I.I.Abitov takidlashicha azot norma me’yorlarining soyani Nafis navining hosildorligi va don sifatiga ta’sirini o‘rganish maqsadida 2013- 2014 yillarda olib 16 borilgan izlanishlar natijalariga ko‘ra azot me’yorlarining soya hosildorligiga ta’siri aniqlangan [19; S. 53.]. M.Nazarov, A.Roziqov, Z.To‘raeva, F.To‘raevalar ma’lumotida azotli o‘g‘it miqdori ortgan sari, 1000 dona vazni sezilarli darajada oshib borishi aniqlangan [47; B. 31.]. D.Abdukarimov, N.Halilov, B.Kuldashovlar, ma’lumotida asosiy ekin sifatida ekilganda, sizot suvlar chuqurligi, tuproq mexanik tarkibi inobatga olinib, 4-6 marta, Sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilan kultivatsiya qilish tavsiya etilgan [17; B. 35.]. X.Atabaeva, M.Sattarov, ta’kidlashcha soya o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar azot 50, fosfor 100 va kaliy 70 kg qo‘llanilganda nazoratga nisbatan qo‘shimcha 6,2 s/ga don hosilini olish mumkin, o‘tloqi-botqoq tuproqlarda mineral o‘g‘itlarga 1,2 kg/ga oltingugurt qo‘shib qo‘llanilganda nazoratga nisbatan qo‘shimcha 11,2-18,4 s/ga hosil yetishtirishni ta’minlangan [23; B. 36.]. N.Umarova, R.Saitkanova, X.Idirsov., ma’lumotlarida bir gektarda barg yuzasi nazorat variantida 22,0 ming m 2 /ga to‘g‘ri keldi. Mineral o‘g‘itlar evaziga 6,0 ming m 2 /ga oshdi. Mineral o‘g‘itlarga oltingugurt qo‘shib oziqlantirilganda, barg yuzasi 10,6 ming m 2 /ga oshganligi kuzatildi [128; B. 40.]. Soya o‘simligi yetishtirilganda mineral o‘g‘itlar N 50 P 100 K 70 me’yorda qo‘llanilganda, soyaning fotosintetik faoliyati faollashadi, soya agrotexnologiyasida mineral o‘g‘it bilan birga mikroelementlarni ham qo‘llab barg orqali oziqlantirganda, soya o‘simliginig don hosili 6,2-14,2 s/ga oshishi ta’minlangan [66; B. 40.]. A.Iminov D.Xoldarovalarni ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy takroriy ekin soya:g‘o‘za tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan soya ekini urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilb ekilishi natijasida soyani parvarishlashda qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari sarfini 20-25% ga 17 kamaytirishga hizmat qilib, nitragin qo‘lanilmagan variantlarga nisbatan 0,7-4,2 s/ga qo‘shimcha don hosili olishni ta’minlaydi [35; B. 53-54.]. R.Siddiqov. A.Mo‘minov, U.Ergashev, ma’lumotlariga ko‘ra, soya navlariga ma’dan o‘g‘itlar me’yori gektariga sof holdagi fosfor 90 kg/, kaliy 60 kg fonida “To‘maris Man-60” naviga 120 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 35,8 s/ga, “Oijamol” naviga 120 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 28,7 s/ga, “Selekta-201” naviga 90 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 21,6 s/ga “Amigo” naviga 90 kg/ga azotli o‘g‘it berganda 18,4 s/ga don hosil olinishini iqtisodiy jihatdan eng samarali deb hisoblash mumkin [59; B. 38-39.]. B.X.Quldoshov, N.Xalilov, A.X.Hamzaevlarni ta’kidlashcha soya o‘simligi ildiz tizimida Nitroforte –J, Nitroforte-P qo‘llanilgan variantlarda bitta o‘simlikdagi tuganaklar soni muvofiq holda 102 va 87 dona, tuganak bakteriyalar mavjud tuproq bilan soya urug‘lari ishlangan o‘simlik ildizida 43 dona tuganak hosil bo‘lishi Nafis navi bo‘yicha aniqlangan [92; B. 63-64.]. O.Mahmudovning fikricha, almashlab ekishning qisqa rotatsiyali g‘o‘zabug‘doy (1:1), g‘o‘za-soya (1:2) va uzoq muddatli bug‘doy-beda-g‘o‘za (1:2:3:1:2) tizimlari tuproq haydalma qatlamidagi chirindi, umumiy azot va kaliy miqdorining ko‘payishini ta’minlaydi [98; B. 308-310.]. N.Nuriddinov, F.Shamsiddinovlar tomonidan soyani tuproq unumdorligiga ta’siri o‘rganilib, qo‘yidagi xulosaga kelindi. Soyadan keyin tuproqda gumus va oziq moddalar miqdori sezilarli darajada oshishi. aniqlangan [106; B. 176-178.]. A.Panjiev, ma’lumotlarida soya navlaridan O‘zbek-6, Valyuta navlarini keng qatorlab (60 sm) gektariga navlarga mos ravishda 70, 60 kg urug‘ sarflab 5-6 sm chuqurlikka ekib, mavsumda soya nihollari 140 kg azot, 90 kg fosfor, 45 kg kaliy bilan oziqlantirilgan [108; B. 224-226.]. N.Nuriddinov, F.Shamsiddinovlar tomonidan olingan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, soya ekini don dukkakli ekinlar guruhiga mansub bo‘lib, qimmatbaho ekin hisoblanadi. Soya o‘zidan keyin 1 ga maydonda 2,5-3,0 tonna ang‘iz va ildiz qoldiqlarini qoldiradi va bu bilan 1 ga maydonga 40-60 kg azot, 18- 20 kg fosfor, 70-90 kg kaliyni qaytarilishini ta’minlaydi [105; B. 175-176.]. 18 A.A.Iminov ma’lumotlariga qaraganda, makkajo‘xoridan o‘rtacha 32,8- 34,5 s/ga, soyadan 21,8-22,3 s/ga miqdorida don, aralash siderat ekinlardan esa 318,0 s/ga miqdorida ko‘k massa hosili olingan [89; B. 350.]. B.Xoliqov, Ya.Bo‘riev, T.Bo‘rievlarning aytishicha soya o‘simligi ang‘izida parvarishlangan kuzgi bug‘doy ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan. Ko‘chat soni gektariga 3213 ming, mahsuldor poyalar soni 5172 tupni tashkil qilib, bo‘yi 98,0 sm/ga yetgan. Hosildorlik tajriba variantida 65,0 s/ga dan 72,2 s/ga gachani tashkil etib, o‘rtacha 70,4 s/ga don hosil olingan [137; B. 37-39.]. A.Panjiev, J.Allayarov, F.Jabborovlarning tajriba natijalariga qaraganda, soyani o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga sug‘orish me’yorining ham ta’siri katta. Sug‘orish ma’lum bir me’yorgacha oshib borganda (2000-3000 m3 /ga) o‘simlikning bo‘yi yon shoxlar soni va ming dona urug‘ning og‘irligi qisman ortib borgan [109; B. 93-94.]. N.S.Umarava, D.Mamatalievlar dala tajribalari olib borib, quyidagicha xulosalarga kelganlar: -Soyaning Orzu navida ekish me’yorlari oshgan sari (300- 400-500 ming tup/ga) poya balandligi tegishlicha yuqori (63- 67-71 sm) bo‘lishi kuzatilgan [126; B. 182-184.]. B.M.Xoliqov, Ya.Bo‘riev, F.Namozov, A.Iminovlarning ma’lumotlari soya havo azotini yaxshi o‘zlashtirganligi sababli uning o‘suv davrida 100-120 kg azot, 60-90 kg atorofida ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. O‘zbekistoning sug‘oriladigan yerlarida, jumladan Qashqadaryo viloyatida ham soya parvarishlab undan 30-35 s don, 250-300 s ko‘k massa olish mumkinligi asoslangan [71; B. 16.]. X.N.Atabaeva, F.Achilovlarni ma’lumotida o‘simlikdagi organik moddalar barg faoliyati va ildiz orqali yetqazib beriladigan mineral moddalar evaziga hosil bo‘ladi. [81; B. 373-376.]. N.S.Umarov, Sh.U.Usmonovalar ta’kidlashicha amal davrining boshlanishida stimulyatorlar tuganak rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmagan. Nazorat variantida tuganaklar soni ko‘p bo‘lgan. Gullash davriga kelib tuganaklar soni stimulyatorlar qo‘llanilgan barcha variantlarda ancha oshgan. Ayniqsa 19 radimax va gummat stimulyatorlari qo‘llanilganda ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan anqlangan [127; B. 380-382.]. A.Iminov, F.Namozovlarni ta’kidlashicha Respublikamizda soyani asosiy ekin sifatida janubiy hududlarda 25.03 – 05.04 muddatlarda, markaziy hududlarda 01 – 15.04 muddatlarda, markaziy hududlarda esa 15 – 25.04 muddatlarda ekiladi [34; B. 29-30.]. D.S.Asilova, Z.Sh.Asqarova, D.S.Xalikovalar ma’lumotida xulosa qilib shuni ta’kidlaganki olimlar singari mineral o‘g‘it normalari ham oqsil miqdorini ortishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘g‘it normalari yuqori bo‘lgan N60P120, K90, N60, P120,K120 bo‘lgan 4 va 5 variantlarda O‘zbek-6 navida oqsil miqdori yuqori (33,5 – 36,2 %) ni, O‘zbek-2 navida (33,2 – 36,0) ni tashkil etgan [77; B. 23-24.]. X.N.Atabaevaning ma’lumotlarida Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan soya ekiniga 120 kg/ga azot, 90 kg/ga fosfor va 60 kg/ga hisobida mineral o‘g‘it berilib, parvarish qilinganda har gektar maydondan 125 s/ga silos, soya ekini makkajo‘xori bilan aralash holda ekilganda soyadan 85,5 s/ga, makkajo‘xoridan 451,6 s/ga, jami 537,1 s/ga silos massasi olinganligi aniqlangan [80; B. 43.]. D.Yormatovaning ta’kidlashicha soya ekini bahorda ekilganda, o‘suv davri 70-200 kun bo‘lib, 1700-32000S issiqlik talab qilishini va mavsum davomida ekin bilan birga 30-50 kg, azot ( 20-30 kg/ga ekishdan oldin, 10-15 kg/ga ekish bilan birga) azot, 100 kg/ga fosfor va 50 kg/ga kaliy o‘g‘itlar berishni tavsiya qilgan. Shuningdek, soya ekini mavsum davomida tuproqda 70-100 kg/ga gacha azot to‘plashini va boshqa ekinlar uchun yer quvvatini qayta tiklashini ta’kidlab, shu tufayli bu ekinni “Tuproq oltini” deyish mumkin deb ko‘rsatgan [30; B. 199-203.]. U.Norkulov, O.Sottorovlarni olib borilgan tajriba natijalariga asoslanib xulosa qilinganki, takroriy ekin sifatida ekilgan soya ekinini mavsum davomida sug‘orishlardan oldin tuproq namligi tuproqning chegaraviy nam sug‘imiga nisbatan 70-80-60% bo‘lganda 5 marta sug‘orish va har galgi sug‘orish me’ѐrlari 500-600 m3/ga bo‘lishligi 20,2 s/ga donn hosili olishni ta’minlagan [104; B. 187.]. 20 X.Allanov, O.Sottorovlarning ta’kidlashicha bahorda tuproq harorati 12- 140S bo‘lganda ѐki makkajo‘xori bilan bir muddatda, ѐki aprel oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligida ekish maqsadga muvofiq.Urug‘lar tuproqning tarkibiga qarab 4-7 sm chuqurlikka tashlanadi [76; B. 175-176.]. G.Sh.Raimbaeva, M.N.Urmanovalarni ta’kidlashicha tuproqqa organik, mineral va mikroo‘g‘itlar sepilganda tuproqdagi biologik va biokimyoviy jarayonlar tezlashib, organik moddalar ko‘proq to‘planadi. Natijada tuproqning unumdorligi, ekinlarning o‘sishi, hosili va hosilning sifati oshadi [111; B. 67-69.]. Z.T.Umarova, Sh.T.Turdalievalarni ma’lumotida soyani hech qanday mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmasdan parvarish qilinganda, uning ildizi tarkibidagi azot miqdori 0,88 %, poya qismida 0,51 %, bargi qismida 1,98 %, dukkagida 1,02 %, doni tarkibida esa 3,55 % ni tashkil etgan [125; B. 58-59.]. A.A.Mo‘minov, U.A.Ergashev, X.O‘rinboev, B.X.Norbutaevalarning ta’kidlashicha, soyani asosiy ekin sifatida ekib o‘stirilganda qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar me’yori gektariga sof holda fosfor 90 kg, kaliy 60 kg fonida To‘maris MAN-60, Oyjamol, Selekta-201 navlariga azotli o‘g‘itning yillik me’yori 120 kg/ga, Amigo naviga esa 150 kg/ga miqdorida berilganda eng samarali bo‘lib, soya navlaridan mo‘l hosil olinishini ta’minlar ekan [100; B. 56-60.]. M.A.To‘xtamishev, A.S Shamsievlarni ma’lumotlarida Nafis va Orzu soya navlari ekilgan variantlarda eng yuqori hosil sug‘orish oldidan tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 75-75-65 foiz tartibida soya egatlariga plѐnka to‘shab sug‘orilgan variantlardan hosildorlik 33,6- 31,1 s/ga ni tashkil qildi [123; B. 395-396.]. F.Teshaev, I.Abitovlarni, tadqiqot natijalarida. Toshkent viloyatining PSUEAITI Oqqovoq tajriba ho‘jaligida takroriy ekin sifatida ekilayotgan soyani “Orzu” navida dukkaklar 50-60% pishganda UzDEF 0,4l/ga defoliatsiya evaziga amal davri 89 kunni tashkil qilinganligi ko‘zatildi [120; B. 283-385.]. N.G‘.Yodgorov., Q.H.To‘raqulovlarni o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2-muddat (05-iyul)da takroriy soya ekilgan variantlarda hosildorlik gektariga 15,8-22,1 sentner oralig‘ida bo‘lib, qayd qilingan eng yuqori hosildorlik 21 (22,1 s/ga) ko‘chat qalinligi gektariga (300 ming.dona/ga) tup bo‘lgan variantda kuzatilgan [84; B. 270-272.]. J.U.Hamdamov, M.Mannopovalarning ma’lumotlarida birinchi marta soya ekilayotgan maydonlarga azot to‘plovchi Rizobium japonicum tuganak bakteriyalarni o‘zida saqlovchi tuproqlarning 0-15 sm qatlamlardan 15 kg tuproq va tarkibida fosfor parchalovchi FOSSTIM3 bakterial o‘g‘it bilan birga qo‘llanilgan variantdagi soya o‘simliklarining ildizlarida azot to‘plovchi bakteriyalarning yuqishi va shakllanishi boshqa variantlarga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi bo‘lganligi aniqlangan [134; B. 273-276.]. B.X.Norbutaeva, A.Mo‘minovlarni so‘zlariga ko‘ra tajribalarda sinalgan beshta soya navi ichida Oyjamol navi N150P90K60 variantida quyidagi ko‘rsatkichlar bilan qolgan navlardan ustunlik qildi: o‘simlikning bo‘yi 111,2 sm; bir tup o‘simlikdagi dukkaklar soni 77,8 dona; bitta dukkakdagi don soni 2,6 ta; 1000 ta don vazni 161 gr; hosildorlik 31,4 s/ga bo‘lgani aniqlangan [103; B. 270- 272.]. T.A.Raximov, R.I.Siddiqovlarning ma’lumotlarida O‘zbekistondagi Koreya Respublikasining “KORIA” markazi va Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida soyaning mahalliy va xorijiy 10 ta navlarini institutning markaziy tajriba uchastkasi tuproq iqlim sharoitida maqbul ekish muddatlarini o‘rganish maqsadida dala tajribalari o‘tkazilgan [112; B. 265-267.]. I.Abitov, F.Teshaevlarning ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, coyaning Orzu navida nazorat (mikroelementsiz) variantda hosildorlik 20,7 s/ga tashkil qilgan. Mikroelementlar me’yorlari ko‘llanilgan variantlarda hosildorligi 23,3 – 26,6 s/ga atrofida bo‘lgan. Coyani shoxlash va gullash fazasida borni 0,4 kg/ga va ruxni 0,7 kg/ga bargdan oziqlantirish evaziga amal davri 91 kunni tashkil qilinganligi kuzatilgan [75; B. 93-97.]. N.Xalilov, A.Hamzaev, B.Quldashovlarning ma’lumotlarida soyaning O‘zbekiston Respublikasida eng keng tarqalgan Nafis va Selekta-302 navlarini sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarida qator oralari 60; 90 va qo‘shqatorlab 90x20-1 sm ekilganda ekish me’yorlarini gektariga 450 mingdan 650 ming 22 donagacha oshib borishi bilan o‘simlik bo‘yining oshib borishi, 1 dona o‘simlikdagi dukkaklar, donlar sonining hamda vaznining kamayishi aniqlangan [69; B. 30-32.]. H.Otaboeva ma’lumotlariga ko‘ra, yer haydashdan oldin chirindisi kam tuproqlarda 10-15 t. Maxaliy o‘g‘it (Gung), 100 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti solinadi, ekishdan oldin – 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NPK va o‘suv davrida 1-2 marta oziqlantiriladi, bunda 30-50 kg fosforli o‘g‘it solinadi. Nitragin ishlanmasa gektariga 100-150 kg azot solinadi [54; B. 139.]. D.S.Asilova, Z.Sh.Asqarova, D.S.Xalikovalarni ma’lumotlariga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, barcha omillar singari mineral o‘g‘it normalari ham oqsil miqdorini ortishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. O‘g‘it normalari yuqori bo‘lgan N60 R120 K90, N60 R120 K120 bo‘lgan 4 va 5 variantlarda O‘zbek-6 navida oqsil miqdori (33,5-36,2 %) ni, O‘zbek-2 navida (33,2-36,0 %) ni tashkil etgan [78; B. 24-25.]. S.A.Nurbaev, K.M.Mo‘minovlarni ma’lumotlarida Samarqand viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlaridan (“O‘zbekskaya-2”, “O‘zbekskaya-6”, “Nafis”, “Orzu”) yuqori (31,6; 32,5; 32,2; 31,8 s/ga) va sifatli don hosili yetishtirishda uchastkaning tuprog‘i yuvilmagan qismida ekishni 80 kg/ga urug‘ va o‘g‘itlarni N90P63K45 kg/ga me’yorlarida, tuprog‘i yuvilgan maydonlarda 90 kg/ga urug‘ va N120P84K60 kg/ga va dalaning oqova to‘plangan qismida 70 kg/ga urug‘ va N60P42K30 kg/ga me’ѐrlarida resurstejamkor agrotexnologiyalar asosida tabaqalashtirib qo‘llash, tuproqlarni yuvilishdan saqlab, unumdorligini oshirib, ekologik toza mahsulot yetishtirishni ta’minlashi aniqlandi [51; B. 187-189.]. Download 2.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling