Innovatsiyalar vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish


-§. Tajribada o’rganilgan nav va qo’llanilgan bakterial preparat tavsifi


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/45
Sana10.10.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1696837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Yusupov A Dissertatsiya 08.10.2023

2.3-§. Tajribada o’rganilgan nav va qo’llanilgan bakterial preparat tavsifi 
Ushbu “Nafis” navi Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari 
R.Saitkanova, N.Sadikova, F.Ibragimov, M.Sattarov va I.Mirzaevalar tomonidan 
yaratilgan.
Botanik turi - Glycine hispida L. O‘suv davri 115- 120 kun. O‘simlik buyi 
145-150 sm. Pastki dukkak joylanishi 14-16 sm, shoxlar soni 2-4 ta, bir 
o‘simlikdagi dukkak soni – 120-130 ta, bir dukkakdagi don son 2-4 ta. 1000 dona 
urug‘ og‘irligi 165-175 g. Don tarkibida oqsil 40-41%, don tarkibida moy 25-27%. 
Yotib qolishga, to‘kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida 
yig‘ishtirib olishga mo‘ljallangan. 
Navdan qulay sharoitlarda 30-32 s/ga don hosil va 250-300 s/ga ko‘k massa 
hosildorligi olish mumkin. 
Rizovit-AKS (Qozog‘iston respublikasi) dukkakli ekin bo‘lgan soyaning 
hosildorligini oshirish uchun yuqori samarali biologik o‘g‘it, tuganak 
bakteriyalarning shtammlari asosida yaratilgan. Biologik o‘g‘it kukun va suyuq 
shaklda ishlab chiqarilgan.


50 
Harakat mexanizmi: azotni biriktiruvchi tuganak bakteriyalar atmosfera 
azotini o‘zlashtiradi, natijada tuproqni o‘simlik uchun zarur biologik azot bilan 
boyitadi. 
Afzalliklar: Rizovit-AKS yordamida hosildorlik o‘rtacha 5-7 s/ga oshadi. 
Ushbu biologik o‘g‘itni ishlatish natijasida ekilgan maydonlarning gektariga 
nisbatan tuproqda 250-300 kg biologik azot to‘planadi. 
2.4-§. Tajriba dalasida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar 
Tajriba 5 ta variantda, fosforli va kaliyli o’g’itlar fonida azotli o’g’it me’yori 
va biologic preparatni qo’llash usuli o’rganildi. 
Mineral o‘g‘itlardan fosforli o’g’itni 70% ni, kaliyli o’g’itni esa 50% ni 
kuzgi shudgorlash vaqtida qo’llanildi. Azotli o‘g‘itning belgilangan yillik 
me’yorini 30-35 foizini soyaning shonalash fazasida, qolgan 65-70 foizini to‘la 
gullash-dukkaklash fazalarida berilgan. Biologic preparatni (Rizovit-AKS) urug’ga 
ishlov berish orqali qo’llanildi 
O‘tkazilgan dala tajribasida soyani sug‘orish ishlari tuproq-iqlim 
sharoitlariga, tuproq namligiga va ekinning o‘sish va rivojlanish xolatiga qarab, 
soyaning shonalash bosqichida bir marta, gullash-dukkaklash bosqichida ikki 
marta, dukkaklardagi donning to‘lishish pishish bosqichida bir marta sug‘orish 
amalga oshirilgan. 
Tajriba jarayonida qo‘llanilgan agrotexnik omillar Don dukkakli ekinlar 
ilmiy tadqiqot instituti Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy tajriba 
stansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda yo‘riqnomalar asosida 
o‘tkazildi. O‘rganilayotgan u yoki bu agrotexnik tadbirni samaradorligi ko‘p 
jihatdan qo‘llanilayotgan umumiy agrotexnikani qay darajada olib borilishiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Shu bois, 2.5-jadvalda keltirilgan tajriba dalasida o‘tkazilgan agrotexnik 
tadbirlarga va ularni o‘tkazish jarayonlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Tajriba 
uchun tanlangan maydonni har xil o‘simlik va begona o‘t qoldiqlaridan tozalash 
o‘tkazildi. 


51 
Yerni xaydash Klass “Arion” traktori yordamida kuzda 30-35 sm 
chuqurlikda xaydaldi, fosforli o’g’itlarni 70% va kaliyli o‘g‘itlarlarni 50% ni kuzgi 
shudgor bilan qo’llanildi. Yerni ekishga tayyorlash ishlari yuqori unumli texnika 
bilan yer tekislagich, barona, mola kabi mexanizmlarda sifatli qilib tayyorlandi. 
Ekish MTZ-80 traktoriga agregatlangan SPCh-4 markali pnevmatik seyalka 
yordamida aprel oyida bajarilgan (2.5-jadval). 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling