Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning
Download 432.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Q.x.iqt 7-mavzu Maruza matni
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning
turlari va aniqlanish tartibi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat ko‘rsatkichlari bilan birgalikda o‘rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko‘rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi xo‘jalik uchun necha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko‘riladigan zararlar aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar uchun juda muhimdir. Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning mutlaq darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi. Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi: YM X T = ; Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi; X – qilingan xarajatlarning summasi; YM – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori. Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi: - reja tannarxi; - ishlab chiqarish tannarxi; - to‘liq tannarxi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga taqsimlash orqali aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlarning yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. To‘liq tannarx tijorat tannarxi deb ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning reja tannarxi ham aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi tomonidan yil boshida tuziladigan “Biznes reja”da aks ettiriladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad –ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan me’yorlar asosida reja tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat qilib borishdir. Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida amalga oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan me’yorlardan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini yaratib beradi. Qishloq xo‘jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida asosiy va turli xildagi qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda paxta xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g‘o‘zapoya qo‘shimcha mahsulot sanaladi. G‘alla yetishtirishda don asosiy, somoni (poyasi) qo‘shimcha mahsulotdir. Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikda sut asosiy, buzoq va go‘sht qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Lekin tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlashda xarajatlar asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida koeffitsiyentlar orqali taqsimlanadi. Masalan, donchilikda qo‘shimcha mahsulot hisoblangan somon belgilangan koeffitsiyentlar yordamida asosiy mahsulotga aylantiriladi. Ularni asosiy mahsulotlarning miqdoriga qo‘shib, yalpi don mahsulotining shartli miqdori aniqlanadi. Jami shartli mahsulot tarkibidagi asosiy hamda qo‘shimcha mahsulotlarning salmoqlari aniqlanadi. Shundan so‘ng jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlab olingan salmoqqa mutanosib ravishda asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarga taqsimlanadi. Asosiy mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlab, asosiy mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlash orqali esa qo‘shimcha mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda olinadigan qo‘shimcha mahsulotlarni shartli asosiy mahsulotga aylantirish koeffitsiyentlari 7.1-jadvalda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling