Tuproqqa Asosiy Ishlov Berish Texnologiyasi Va Mashinalari


Download 314.77 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi314.77 Kb.
#1506047
Bog'liq
Документ (2) (6) (2)


Tuproqqa Asosiy Ishlov Berish Texnologiyasi Va Mashinalari
Qishloq xo‘jaligida fermerlik harakatining rivoj topishi, yer resurslaridan samarali foydalanish agrotexnik jarayonlarni bajarishda bo‘layotgan sarf-xarajatlarni kamayishini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarining takomillashib borishi ham texnologik jarayonlarga bir qator yangiliklarni kiritishni taqozo etmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid chiqarilgan mamlakat Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini [1,2,3] hayotga tatbiq etilishi natijasida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga e’tibor yanada kuchaydi va mahsulot yetishtirish obyektlarining zamonaviy mashina va mexanizmlar bilan qurollanishi yana bir bosqichga ko‘tarildi. Albatta, agrar sohada energetik imkoniyatlarning kengayishi, modernizatsiyalanishi, yetishtirilayotgan mahsulotlarning turi va
hajmini ko‘paytirishga, pirovardida, xalq farovonligini yanada oshirishga zamin yaratadi. Aynan shunday murakkab masalalarni eng qulay va energiya tejamkor texnika va texnologiyalardan foydalanib amalga oshirish mutaxassisdan chuqur nazariy bilim va malakaviy ko‘nikmalarni talab etadi. [4]
Tuproqqa asosiy ishlov berishda osma-to‘ntarma (Yeropal 5 3+1, Yeropal 5 4+1, N100, Lemken Vari Opal 120-4, Lemken
Opal, Vari-Diamant 95N 100, PNO-4-45) (1- rasm), [5] umumiy ishlarga mo‘ljallangan (LD-100, O‘P-4/5-40, PLN-4-35,
PLN-5-35), (2-rasm) va ikki yarusli (PYa-3-35, M R-2/3-45, PNYa-4+1-45, PD -4-45) pluglari ishlatiladi.




1-rasm

2-rasm

Ma’lumki, ekinlardan yuqori hosil olinishini ta’minlovchi tuproqning tarkibi quyidagicha, ya’ni 25% havo, 25% suv va 50% tuproq zarrachalaridan iborat bo‘lishi zarur. Ushbu talabni amalga oshirish avvalo yerga asosiy ishlov berish orqali erishiladi. [6] Tuproqqa asosiy ishlov berishdan maqsad — u ning zichligini kamaytirish, unga suvni singib ketishini yaxshilash, o‘simlik ildizi rivojlanadigan qatlamda ko‘plab suv to‘planishi va namlikni uzoq muddat saqlanishini ta’minlash hamda ildiz tizimini kuchli rivojlanishi uchun sharoit yaratish, mineral va mahalliy o‘g‘itlarni tuproqqa aralashtirish, bundan tashqari, begona o‘t qoldiqlari va zararkunandalarni yo‘qotishdan iborat. [7] Yer haydash tuproqqa ishlov berishning asosoy usuli bo‘lib, bunda tuproq qatlami ag‘darib va ag‘darmasdan haydaladi. Mamlakatimizda tuproqqa asosiy ishlov berishning ag‘darib ishlash usuli keng tarqalgan bo‘lib, bu tadbir asosan kuzgi shudgor ko‘rinishida chim qirqarli va ikki yarusli pluglar bilan 35-40 sm chuqurlikda amalga oshiriladi.



Shamol va suv eroziyasiga uchraydigan maydonlarda tuproqni ag‘darmasdan shudgorlash usuli qo‘llaniladi. Bunda

Ag‘dargichi bo‘lmagan maxsus pluglar va yassi chuqur yumshatgichlardan foydalaniladi. [8]

Bu agrotexnik tadbir kulrang tuproqning namligi 16—18% atrofida bo’lganda bajarilishi kerak, bunda tuproq yaxshi

Uvalanadi, mashinaning ishchi qismlariga yopishmaydi va uning kesishga qarshiligi eng kam bo‘ladi. [9] Natijada, yoqilg‘i

Va materiallar sarfi kamayib, agregatning ish unumi ortadi. Agar tuproq nami yetarli bo‘lmasa, albatta dalaga suv berish va

Tuproq yetilgandan so‘ng unda ishlov o‘tkazish kerak.

Yer haydash ishlariga qo‘yiladigan agrotexnik talablar:




  • haydov chuqurligining belgilanganidan chetlanishi, sm ±2;

  • o‘simlik qoldiqlarining ko‘milish chuqurligi, sm:

  • ikki yarusli pluglar uchun 20 sm;

  • umum iy ishlar pluglari uchun 10 sm;

  • shudgorda o‘lchami 50mm dan kichik bo‘lgan kesakzor miqdori, %, kamida 75;

  • shudgor yuzasidagi uvatlarning o ‘rtacha balandligi, sm, ko‘pi bilan 5.

Hozirgi paytda yerlarni ikki yarusli shudgorlash texnologiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda tuproqning ustki 10—15 sm ozuqa moddalarga boy qatlami nam yaxshi saqlanadigan sharoitli pastki qismiga ko‘chadi, shunda o‘simliklar ozuqa moddalardan yanada to‘liqroq foydalanadi. [10] Qalinligi 15—30 sm li pastki ozuqa moddalari kamroq bo'lgan tuproq qatlami dala betiga to‘liq chiqariladi. Natijada chuqur ko‘milgan begona o‘tlarni ko'karib chiqishi 40—60 kunga kechikadi. Bu usulda shudgorlash ikki yarusli PYa-3-35, PD-3-35 PNYa4+1-45, PDO-4-45 rusumli 3—4 korpusli pluglar yordamida amalga oshiriladi. [11] Ushbu pluglar ishlaganda yuqorigi korpus) yuqori qatlamni kesib, to‘ntarib, oldinda borayotgan pastki korpus hosil qilgan egat tubiga tashlaydi. Pastki korpus ham o‘z navbatida tuproqning ostki qatlamini qirqadi, aylantirib yuqori ko‘taradi va egat tubida yotgan qatlamning ustiga tashlaydi. Natijada tuproq qatlamlarining o‘rni o‘zaro almashinadi, begona o‘tlar urug‘i va o‘simlik qoldiqlari tuproqqa chuqur ko‘miladi. Ayniqsa, kuchli sho‘rlangan maydonlar ikki yarusli pluglar bilan haydalganda yer yuzasiga chiqib qolgan sho‘r qatlam tuproqning ostki qatlamiga tushganligi uchun bunday maydonlarda sho‘r yuvishdagi suv sarfi 25-30% kamayishi aniqlangan. Shu bilan birga bu usulda ishlov berilganda begona o‘tlarning yana o‘sib chiqishi 2—2,5 barobar kamayadi, paxta hosili gektariga 2,5—3,3 sentnerga oshadi.

Boronalar tuproqqa yuza ishlov beradigan qurollardir. Ular tuproqning yuqori qatlamini yumshatish, dala yuzasini tekislash, qatqaloqni parchalash, kesaklarni maydalash, begona o‘tlarni yo‘qotish, urug‘ va o‘g‘itlarni qo‘mish uchun ishlatiladi. Boronalar ishchi organlarining konstruksiyasiga ko‘ra tishli va diskli bo‘ladi. Agregatlash usuliga qarab tirkama va osma boronalarga ajratiladi. Tishli boronalarning tasniflanishi va ularning konstruksiyasi elementlari tishli boronalar eng oddiy qurollar hisoblanadi. Bunday boronalarning ishchi organi tish ko‘rinishida bo‘lib, ikki yoqli pona kabi ishlaydi: oldingi qirrasi bilan tuproqni yoradi (kesadi), yonbosh qirralari bilan esa uning zarralarini ikki tomonga suradi, ezadi va aralashtiradi va katta kesaklarni parchalaydi. Tishlar konstruksiyasiga ko‘ra to‘g‘ri, panjali va prujinasimon egilgan ustunli bo‘ladi. Kvadrat kesimli tishning uchi qiya kesilgan. Tishli boronalar bilan tuproqqa 3…10 sm chuqurlikka ishlov beriladi.


Tishli boronalarni tasniflanishi rasmga keltirilgan.
Tishli boronalar vazifasiga ko‘ra dala va o‘tzorlarga mo‘ljallangan boronalarga ajratiladi. Dalabop boronalar ishchi organlarining ramaga berkitish usuliga qarab qo‘zg‘almas (bikr) tishli, sharnirli va prujinasimon tishli boronalarga ajratiladi (1-Rasm). Qo‘zg‘almas tishli boronalar bitta tishiga to‘g‘ri keladigan og‘irligiga qarab engil (bitta tishiga 5…10 N og‘irlik), o‘rtacha (bitta tishiga 10…20 N) va og‘ir (bitta tishiga 20…30 N og‘irlik) boronalarga bo‘linadi. Qo‘zg‘almas tishli boronalarda ko‘ndalang kesimli kvadrat, doira, romb, uchburchak va ellips shaklida bo‘lgan tishlar qo‘llaniladi (1-rasm). Kvadrat kesimli tishlarning o‘tkirlik burchagi 2γ=900. Uchburchak kesimli tishlarda 2γ<600; romb kesimli tishlarda o‘tmas burchagi oldinga qaratilganda 2γ=1200.
Panjasimon boronalarda yoysimon uchli maxsus tishlar qo‘llaniladi.
SHleyfli boronalar qattiq tishli boronalar va sudratmalarning (volokushka) ayrim xususiyatlarini o‘ziga birlashtirgan. Ular yog‘ochdan yoki metalldan tasaladi. SHarnirli boronalarga ko‘ndalang bruslari, tutib turuvchi tishlari qo‘zg‘aluvchan va har bir zvenosi sharnirli bog‘langan ikkita seksiyadan iborat tishli boronalar kiradi. Ularning ishchi organlari har xil shakldagi tishlar bo‘lib, bunda ikkita tishga yuklama 9,8…15,7 N ni tashkil qiladi.
To‘rsimon boronalar universal, engillashtirilgan va maxsus otqashlagichlarga bo‘linadi.
Universal to‘rsimon borona tishlarining uzunligi kamayib boradigan uchta ketma-ket bog‘langan zvenolardan iborat: birinchi zvenoda uchi o‘tkirlangan uzun dumaloq tishlar, ikkinchisida – pichoqsimon uchli dumaloq tishlar va uchinchisida– o‘tmas uchli dumaloq tishlar bo‘lib, har bir zvenodagi bitta tishga yuklama mos holda 0,85; 4,9 va 3,43 N ni tashkil qiladi engillashtirilgan to‘rsimon boronalar universal to‘rsimon boronalarning modifikatsiyasi hisoblanadi va ular ancha engil sharoitlarda ishlash uchun mo‘ljallangan. Maxsus to‘rsimon boronalar – otqashlagichlar oldingi ikki boronalardan ishchi organlarining shakli bilan farq qiladilar: boronaning kengligi va uzunligi bo‘yicha har ikkinchi tish dumaloq va uni uchi “o‘rdak panjasi” shaklida qilingan. Prujinali boronalar prujinasimon po‘latdan yasalgan uzun egilgan tishlarga ega. Ular og‘ir va engil boronalarga ajratiladi. Og‘ir boronalar uchun har bir tishga bosim (yuklama) 6,85…18,6 N ni tashkil qiladi, engil boronalarda ularning tishiga yuklama siquvchi prujinalar bilan ta’minlanadi. Prujinasimon tishlar kesaklarni yaxshi parchalaydi, shuning uchun ularni toshli va chimli tuproqlarda hamda ildizpoyali begona o‘tlar bilan ifloslangan erlarda qo‘llaydilar. Prujinasimon tishlarni kuchli tebranishi tufayli bunday tishlar bilan jihozlangan boronalarga kam darajada begona o‘tlar tiqiladi. Ish paytida tuproqni o‘ta maydalanishi prujinasimon tishlarni kamchiligiga kiradi. O‘tzorbop boronalar tishli boronalarning bir turi hisoblanadi. Ularning ayrim zvenolari sharnirli qilinadi. Bu esa ularni o‘tzor yuzasining notekisliklariga yaxshi moslashuvini ta’minlaydi. O‘tzorbop boronalarining ishchi organlari bir yoki ikki uchi o‘tkirlangan pichoqsimon tishlar bo‘lib, har bir tishga yuklama 8,8…13,7 N ni tashkil qiladi.
Qo‘zg‘almas tishli boronalar (engil, o‘rta, og‘ir) ko‘pincha plug yoki kulьtivator bilan ishlov berilgandan keyin tuproqning yuqori qatlamlarini yumshatish, ekishdan oldin dala yuzasini tekislash, kesaklar va qatqaloqni parchalash, sochib ekilgan urug‘lar va o‘g‘itlarni ko‘mish, begona o‘tlarni yo‘qotish, beda ekilgan erlarda va o‘tzorlarda o‘g‘itlarni qo‘mish uchun qo‘llaniladi.
SHleyfli boronalar erta bahorda yumshatilgan shudgor yuzasini tekislash va tuproqda namlikni saqlash uchun qo‘llaniladi. Ayniksa, ularni sabzavot ekinlari va tavlagi ekishga tuproqni tayyorlash uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. To‘rsimon boronalar tuproq yuza qatlamini yumshatish bilan bir vaqtda begona o‘tlarni yo‘qotish, qatqaloqni parchalash, donli va chopiq qilinadigan ekinlarning jo‘yaklarini tekislash uchun mœljalangan. Maxsus to‘rsimon boronalar- qashlagichlar qandli lavlagining ekinlarini siyraklashtirish uchun qo‘llaniladi. To‘rsimon boronalar relьefga yaxshi moslashadi va tuproq yuzasiga tekis ishlov beradi. Og‘ir prujinasimon boronalar og‘ir va toshli tuproqlarda qo‘llaniladi. Œtoq qiladigan engil prujinasimon boronalar tuproqning yuqori qatlamini yumshatish va chopiq qilinadigan ekinlarda yosh begona o‘tlarni yo‘qotish uchun qo‘llaniladi.

Ularni quruq iqlim sharoitlarida qo‘llash ancha maqsadga muvofiqdir.

O‘tzorlarni parvarish qilish uchun o‘tzor boronalari qo‘llaniladi.

YUqorida keltirilgan boronalarning ishchi organlari - tishlari ilgarilanma

harakat qiladi. Ishchi organlari uzatma orqali faol aylanadigan (tebranma borona)

va tuproq bilan tishlashish kuchi ta’sirida aylanadigan rotatsion boronalar ham

qo‘llaniladi.

Xorijiy firmalar faol ta’sirli boronalarni keng qo‘llaydi: rotorli (tishlarni

qo‘shimcha aylanma harakati bilan) va tishli seksiyalarning ko‘ndalang tebranma

harakati traktor QOVdan olinadi.

Rotatsion boronalar (motigalar) ekinzordagi qatqaloqni parchalash, angizni

boronalash va ekinzorlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Bu boronalar va

motigalarning ishchi organlari o‘qlarda erkin o‘rnatilgan ninali disklardir (69-

rasm).


Diametri 350 mm bo‘lgan disklar egilgan tishlar bilan jihozlangan.

Qatqaloqlar yumshatilganda disklar «ensasi» bilan ishlaydi, ular ko‘karib chiqqan

ekinlar siyraklashtirilganda «tumshugi» bilan teskari tomonga aylanadi.

Tishli boronalarga quyidagi asosiy agrotexnik talablar qo‘yiladi: boronalar

tuproqni 4...6 sm chuqurlikdan mayda donador qilib yumshatishi kerak. Bunda

yumshatilgan qatlamdagi 25 mm dan mayda fraksiyalarning miqdori 80% dan kam

bo‘lmasligi, yumshatilgan qatlamni tubi esa tekis bo‘lishi kerak. Ishlov tubining

urkachlarini balandligi 1 sm dan oshmasligi kerak. Bir yillik begona o‘tlar

o‘ldirilishi kerak.

A
– kvadrat kesimli tish; B – doira kesimli tish; V – oval kesimli tish; G –


Panjasimon tish; D – to‘rsimon boronaning tishlari; E – o‘tloq boronaning pichoqsimon tishlari; J –prujinasimon boronaning tishlari; a – BZTS-1,0; b –to‘rsimon BSO-4; v – shleyf borona SHB-2,5; g – motiganing ninasimon diski; 1 va 2 – rama plankalari; 3 – tish; 4 – tirkama qurilma; 5 – osmaning brusi; 6 – ustun; 7 –barmoq; 8 va 13 – zanjirlar; 9 – tayanch; 10 – tortqi; 11 – ramka; 12 – to‘rsimon polotno; 14 – shleyf; 15 – elka; 16 – vaga; 17 – pichoq; 18 – taroqlar.
Download 314.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling