Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlanishi


Download 57.14 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi57.14 Kb.
#1558896
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Demografik jarayon DEK64 Xudoyberdiyev Abror

1.2 Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlanishi
Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlanishi 19-asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʻatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar koʻchirilib, Mirzachoʻlga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uygʻurlar koʻchirilib keltirilib, respublika sharqidagi togʻ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past boʻlgan. Aholining koʻchib keluvchilar hisobiga oʻsishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli oʻlkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 1990-yillarda aholi 0,6 % ga koʻpaydi. 20-asrning 1-choragida ham aholi oʻsishida sezilarli oʻzgarish boʻlmadi. 1990-yillar davomida Oʻzbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining oʻsishi-yiliga 3 % ga teng boʻldi.
Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yoʻqotdi. Aholining umumiy soni 1995-yillarda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi.
Urushdan keyingi davrda aholi oʻsish surʻatlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha koʻpaydi. Bunda ham sof tabiiy koʻpayishdan koʻra chetdan koʻchirib keltiril gan aholining salmogʻi katta boʻldi. 20-asrning 1990-yillarida respublika aholisi tarkibida oʻzbeklarning soni muntazam ravishda yuqori surʻatlar bilan koʻpayib bordi. 1989-yilda oʻzbeklar salmogʻi respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan.
Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga oʻtishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning oʻzgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tugʻilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga koʻchib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʻatlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga koʻpaydi, oʻsish surʻati 1,8 %ni, oʻrtacha-yillik mutlaq koʻpayish soni 400 ming kishini tashkil qildi.
Aholining joylashishi va zichligi
O‘zbekiston aholisining munitsipalitet bo‘yicha zichligi, aholi hisob-kitoblariga ko‘ra 2022-yil Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan.
Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʻa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990-2022-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʻati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.
Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʻatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan boʻlib, asosiy qismi Toshkent sh.ga toʻgʻri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi soʻnggi-yillarda deyarli oʻsmadi, natijada uning Oʻzbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida oʻzgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga toʻgʻri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz oʻsish boʻldi.
1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʻati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.
Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy r-nlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past.
Oʻzbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Soʻnggi-yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining oʻsishi kuzatilmoqda.
Oʻzbekistonda aholi tabiiy koʻpayishiga oid mufassalroq maʼlumotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy koʻpayishi 1-navbatda tugʻilishga bogʻliq
Respublikada 19-asr oxiri 20-asr boshlarida tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan. 1865-1917-yillarda tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tugʻilganlar soni) 45 %ni tashkil etgan. Tugʻilish fiziologik imkoniyat darajasida boʻlgan, oilada farzandlar tugʻilishi cheklanmagan. Buning asosiy omillari oʻzbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, maʼlumotlilik darajasi ning pastligi, tugʻilishni qoʻllab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar taʼsirining nisbatan yuqoriligi, goʻdaklar oʻlimining koʻpligidir.
Oʻsha davrda aholi oʻrtasida oʻlim hollari ham yuqori boʻlgan. 1886-1990-yillarda Oʻzbekiston hududida 1000 ta aholiga nisbatan oʻrtacha 49,8 ta bola tugʻilgan boʻlsa, oʻlganlar soni (har 1000 kishi hisobiga) 44,8 ga teng edi. Demak, oʻsha davrda oʻzbek oilalarida tugʻilish yuqori boʻlishiga qaramay aholi oʻrtasida oʻlimning koʻpligi, oʻrtacha umr koʻrish davri juda qisqa boʻlgani (32 yosh) tufayli aholining tabiiy koʻpayishi sust kechgan. Boshqacha aytganda, yuqori tugʻilish yuqori tabiiy oʻsishni taʼminlay olmasdi, tugʻilishning „foydalilik“ darajasi past boʻlgan. Mazkur dalillar Oʻzbekiston aholisining tabiiy koʻpayishi 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Yevropa xalqlaridan 3,5 barobar kam boʻlganini koʻrsatadi. Natijada aholi sonining oʻsishi juda sekin kechgan. 1885-1997-yillarda Oʻzbekiston aholisi 3320 mingdan 4052 mingga yetdi yoki aholining soni har-yili oʻrtacha 0,6 % atrofida oʻsdi.
Bu koʻrsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2022-yillarda Oʻzbekiston aholisi-yiliga 1,9 % dan koʻpaydi.
1939—2004-yillar, yaʼni 65-yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta koʻpaygan boʻlsa, bu koʻrsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, koʻrilayotgan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining koʻpayish surʻati turlicha boʻlgan. Jumladan, 1939-1959-yillarda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga oʻsgan. 1959-1970-yillarda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga oʻsgan, oʻrtacha bir-yillik koʻpayish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu-yillar Oʻzbekiston oʻzining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori koʻrsatkichlariga erishgan.
Undan keyingi-yillarda aholi sonining oʻsishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq koʻpayish jarayoni saqlanib qolgan. Masalan, 1970-1979-yillarda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 1979-1989-yillar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga oʻsgan. Koʻrinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq boʻlgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi oʻtgan asrning 80-yillarining 2-yarmidan boshlangan, 1984-yilda shahar aholisining ulushi 42 %gacha koʻtarilgan va shundan soʻng u asta-sekin kamayib borgan.
Soʻnggi-yillarda respublika umumiy aholisi koʻpayish surʻatining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq oʻsish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining koʻpayish surʻati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2020-yillarda aholining oʻrtacha oʻsish surʻati 1,2 % ni tashkil etdi va oʻrtacha-yillik mutlaq sonining oʻsishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga koʻpaygan. Buning natijasida shahar aholisining salmogʻi 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi.
Tugʻilish va tabiiy koʻpayish koeffitsiyentlari boʻyicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tugʻilish darajasi (20-22 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (14-17 %) oʻrtacha boʻlgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tugʻilish (23-24 %) va tabiiy koʻpayish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori boʻlgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida oʻrtacha tugʻilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda.
Namangan viloyatida shahar aholisining tugʻilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tugʻilish darajasi past boʻlgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlari.
1991-yilda Oʻzbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar sodir boʻldi va bu oʻzgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻzbekiston da tugʻilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan oʻtish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005-yil har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh toʻgʻri kelgan boʻlsa, ajralish koʻrsatkichi 0,6 ga teng boʻldi. 1991-2004-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tugʻilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005-yilda aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004-yildagiga nisbatan 1,1 % ga koʻpaydi.
Oʻzbekistonda tugʻish yoshi koeffitsi yentlari ham qisqarmoqda. Tugʻilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga toʻgʻri keladi. Bu holat soʻnggi-yillarda yanada barqarorlashdi.
Respublikada 1980-1995-yillarda oʻlim koeffitsiyenti 7,5 promilledan 6,4 promillegacha qisqardi. Bu jarayon, asosan, goʻdaklar, bolalar va oʻrta yoshdagi kishilar oʻrtasida oʻlim darajasining kamayishi bilan bogʻliq. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sohalarining rivojlanishi 1-navbatda aholi oʻlimining keskin kamayishiga olib keldi. Agar 1990-yillarda Oʻzbekistonda har 1000 kishi hisobiga oʻlganlar soni 4034 kishini tashkil etgan boʻlsa, 1997-yildan keyin bu koʻrsatkich 56 barobarga kamaygan. Respublika shahar hududlari da aholi oʻlimi qishloq joylarga nisbatan yuqoridir. Bunga sabab ekologik vaziyatdagi oʻzgarishlar, shahar turmush tarzidir. Sanoat rivojlangan Toshkent sh.da aholi oʻlimi eng yuqori. Oʻlganlar soni 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 6,6 % ga yoki 8,6 ming kishiga oshdi. Goʻdaklar oʻlimi koeffitsiyenti esa 2004-yildagi 15,4 % dan 14,3 %ga kamaydi.


Download 57.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling