Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Download 269.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1507256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish

Lombard tashkilotlari, garovxona-garovga qo‘yilgan muayyan buyumlar 
evaziga ma’lum muddatga pul (mablag‘) berib turadigan tashkilot. Buyumning 
qiymati tomonlarning kelishuviga ko‘ra baholanadi, garovga qo‘yilgan buyum 
egasiga nomi yozilgan lombard tashkilotlari tilxati beriladi. Olingan pul o‘z vaqtida 
qaytarilmasa, 
qo‘yilgan buyum lombard tashkilotlari mulkiga aylanadi va lombard 
tashkilotlari qo‘yilgan buyumlarni sotishga haqli. 
Shuningdek, lombard 
tashkilotlari qimmatbaho uy- ro‘zg‘or buyumlarini saqlab berish uchun ham qabul 
qiladi. Lombard tashkilotlariga buyumlar faqat mablag‘ olish uchun emas, ba’zan 
mazkur buyumning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun ham qo‘yiladi. 
Buyumlarni garovga qo‘yib kredit berish birinchi marta 15-asrda Italiyaning 
Lombardiya viloyatidan chiqqan sudxo‘rlar tomonidan joriy etilgan ("lombard" 
so‘zi ham shundan kelib chiqqan). Lombard tashkilotlarning mijozlari bular-asosiy 
kredit bozorlaridan mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan hamda kreditni 
qaytarish salohiyati past bo‘lgan mijozlar hisoblanishadi 
Mazkur nobank tashkilot ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy 
faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida qisqa muddatli kreditlar 
berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ul- lanadi. Lombard tashkilotlari 
ixtisoslashganlik darajasiga qarab qimmatbaho metallar, maishiy vositalar, zargarlik 
buyumlari, soatlar, antikvar buyumlar, avtotransportlar va h.k ni garov sifatida qabul 
qiladi. Buyumlarning bahosi ikki tomonning kelishuvi asosida belgilanadi. Banklar-
pulga muhtoj bo‘lganlarga mablag‘ (kredit) bermasligi tufayli, mijozlar Lombard 
tashkilotlariga murojaat qiladilar. Bunga sabab, banklar jismoniy shaxslarga kredit 
berishlaridan oldin mijozlarning kreditga layoqatlilik darajasi o‘rganiladi. Lombard 
tashkilotlarida esa mazkur kriteriya mavjudemas. 
Qarzdor o‘z buyumini qonunda yoki shartnomada belgilangan vaqt oralig‘ida 


12 
qaytarib olishi mumkin. Bunda olingan qarz summasiga Lombard tashkilotlari 
tomonidan belgilangan foiz stavkalarini qo‘shish asosida qaytarib sotib olish 
summasi belgilanadi. O‘z vaqtida qaytarib olinmagan buyumlar savdo va auksionda 
realizatsiyaga qo‘yiladi. 
Garov evaziga kredit berish birinchi marta Fransiyadan XV asrda olibsotarlar 
tomonidan ta’sis etilgan. Ular Lombardiya shahridan bo‘lganlar, shu orqali 
«lombard» so‘zi kelib chiqqan. Cherkovlar aholini past tabaqali qatlamini pul bilan 
ta’minlash maqsadida, garovga buyum qo‘yish g‘oyasini ilgari surgan. Aynan 
cherkovlar ssuda stavkasini 5% gacha kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Ilk lombard 
tashkilotlari uchun pul xayriya ishlari orqali to‘plangan. 

Download 269.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling