Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
Download 269.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish
takomillashtrish yo'llari
Mikro moliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40-yillarida Germaniya qishloq xo‘jaligida yuz bergan tanglik holatidan (og‘ir iqlim sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo‘lmaganligi) boshlandi va o‘sha davrda Fridrix Rayfayzen tomonidan Veerbush shahrida Yevropada birinchi bor “Xlebniy soyuz” o‘zaro yordam kassasi tashkil etildi. XX asrning 50–70-yillarida ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi sust bo‘lgan mamlakatlarda davlat organlari va donor tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning mehnat unumdorligi va daromadlari darajasini oshirish umidida subsidiyalashtirilgan qishloq xo‘jalik kreditlari berishni boshlagan. 1970-yillardan so‘ng rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’min- langan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazildi. 4 Bizning fikrimizcha, M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar bo‘yicha amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo‘llanilishi o‘tish iqtiso- diyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi. Ularning daromad darajasi past bo‘lib, yuqori foiz stavkalaridagi mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag‘al qatlamlari va endi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes subyektlari yuqori likvidli garov obyektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Iqtisodchi olim D.Tajibayeva ilmiy ishida mikrokreditlash ama- liyotining qonunchilik asoslarini takomillashtirish, ularga davlat tomonidan moliyaviy imtiyozlar berish bo‘yicha qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 4 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori, 06.03.2019, №2693-5. 16 D.Tajibayevaning ilmiy izlanish- larida, aynan, mikrokredit tashkilotlarining mikrokreditlar berish amaliyotini takomillashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan. Iqtisodchi olim B.Mamatovning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini mikromoliyalash amaliyoti va uni takomillashtirish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda mikrokredit tashkilotlarining roli tadqiq qilingan va O‘zbekistonda mikrokredit tashkilotlari faoliyati taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xorijlik iqtisodchilardan D.Savinovaning fikricha, kichik tadbirkorlikni kreditlash bozorining har bir bosqichi uchun alohida kredit xizmati ko‘rsatish zarur. U mazkur bozorning uch bosqichi bo‘yicha uch xil kredit xizmatini taklif etadi, jumladan: – yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan kichik biznes subyektlariga minimal miqdorda mikrokreditlar berish; – kichik biznes subyektlariga kapital qurilish va asosiy vositalar sotib olish uchun limit asosida, bir marotabali kreditlash hamda kredit yo‘nalishini ochish yo‘li bilan kreditlash shaklida, cheklovlar limitlar belgilash orqali o‘rta va uzoq muddatli kreditlar berish; – kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga aylanma kapitalni to‘ldirish maqsadida overdraft shaklida yoki kredit yo‘nalishlari ochish orqali kreditlar berish 1 . Ayrim iqtisodchi-olimlar mikromoliyalashni kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, garov ta’minoti yetishmagan, an’anaviy bank xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati bo‘lmagan tadbirkorlarga, mijozlarning ma’lum guruhiga kichik hajmdagi kreditlar taqdim etish borasidagi faoliyat sifatida e’tirof etadilar, mikromoliyaviy munosabatlarning ijtimoiy roliga esa alohida e’tibor qaratiladi, shuningdek, mikromoliyalashni mikrokreditlash sifatida tushunib, uning yuqori miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanishini ta’kidlaydilar. Masalan, A.Tayev fikricha: “mikromoliyalash – bu ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga 17 yo‘naltirilgan, an’anaviy bank xizmatlariga imkoniyati yetmagan kichik tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga kichik hajmdagi, ya’ni 500-1000 AQSH dollari miqdorida beriladigan kreditlar tushunilib, uning asosiy xususiyati kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan mijozlarga xizmat ko‘rsatilishidir”. T.Minakova tadqiqotlarida “mikromoliyalash - mikrokreditlashni anglatib, kichik biznesni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun past foiz stavkalar asosida kichik hajmdagi kreditlarni garovsiz taqdim etishdir”, deb tariflangan 3 . Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo‘llaniladigan uslubiyotga ko‘ra (1- jadval) yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo‘llaniladigan usulning yangi ko‘rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi, mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o‘rganil- gandan so‘ng kredit beriladi. Mikrokredit tashkilotlari mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va o‘rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo‘lib kreditlash uslubiyotiga ko‘ra, bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning shakllanishi mikrokredit tashkiloti xodimining tashabbusiga ko‘ra yuz beradi. Guruh mijozlarni o‘zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o‘zi hal etadi. Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini baholashadi, kreditlash asta-sekin ko‘payuvchi, uncha katta bo‘lmagan miqdorda qarz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar bo‘ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to‘lanmasa, guruh to qarzini tamoman uzmagunicha navbatdagi kreditni olish imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda mikrokredit tashkilotlarida guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham qo‘llaniladi va guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o‘zi hal etadi. 18 O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklari bilan birga nobank kredit tashkilotlarini ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi davrlarda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006-yil 20-sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006-yil 7-oktyabrdagi №24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o‘sishiga xizmat qilmoqda. Download 269.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling