Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
-rasm. Tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar
Download 269.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklari qimmatli
- Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini
2-rasm. Tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha operatsiyalari 3 XVI asrda ilk bor munitsipial lombard tashkilotlari paydo bo‘ldi (Nyurnbergda). Ularning ham asosiy funksiyalaridan biri aholini past tabaqali qatlamini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashdan iborat bo‘lgan. Tilla taqinchoq bezaklari uchun berilgan pullar aholini o‘sha vaqtda ochlikdan, ochlik tufayli yuzaga keladigan o‘g‘irlik va qonun buzarliklardan saqlab turgan. O‘sha vaqtlarda xususiy 3 https://www.uzse.uz - “Toshkent” Respublika fond birjasi rasmiy sayti ma’lumotlari. Veksellarni hisoblash va Qarz majburiyatlari Mijoz manfaatiga Transfer vakillik Qimmatli qog‘ozlar bilan Tijorat banklari qimmatli Qimmatli qog‘ozlar bilan Garov operatsiyalari Konsalting operatsiyalari Depozitar operatsiyalar Hisob kitob operatsiyalari Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar O‘z aksiyalarini chiqarish 13 lombard tashkilotlari o‘zining egasiga juda katta mablag‘ keltirgan, chunki hali lombard tashkilotlari faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinmagan. Buning natijasida bu sohada o‘zboshimchalik hukm surgan. Lombard tashkilotlari egalari shunchalik ko‘p pul mablag‘iga ega bo‘lganidan, yuqori tabaqali shaxslar ham lombard tashkilotlari xizmatidan foydalanishgan. Hattoki, davlat boshliqlari harbiy faoliyatni amalga oshirish uchun lombard tashkilotlaridan qarz olgan. Ayniqsa, bunda taniqli Prussiya podshosi Fridrix mashhur bo‘lgan. Shuningdek, Xristofor Kolumb ekspeditsiyasini amalga oshirish uchun Ispaniya qirolichasi o‘z tojini lombard tashkilotlariga qo‘ygan. Sekin-asta lombard tashkilotlari universal bo‘lib bordi. O‘rta Osiyoda 1913-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida birinchi Lombard tashkilotlari ochilgan.Garov predmeti jihatidan lombard tashkilotlari quyidagilarga bo‘linadi: 1) Zargarlik buyumlari Lombardi – Garov sifatida turli xildagi zargarlik buyumlari, ya’ni qimmatbaho metallar, zeb-ziynatlar, qimatbaho toshlar, tilla idishlar va antikvar buyumlar qabul qilinadi. Ularning bahosi lombard ekspertlari tomonidan o‘rnatiladi. Aholiga qimmatbaho metal va toshlar evaziga yoki ularni saqlab bergani uchun qisqa muddatli qarz beradi; 2) Avtolombard – oxirgi yillarda eng mashhur Lombard tashkilot- lari turlaridan hisoblanadi. Garov sifatida avtomobildan foydalaniladi. Uning xususiyati shundan iboratki, qarz oluvchi avtomobilining 90% miqdordagi summasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning asosiy shartlaridan biri avtomobil qarz oluvchining shaxsiy mulki bo‘lishi kerak. Lombard tashkilotlariga qo‘yish huquqini beruvchi shaxsdan ishonchnoma taqdim qilishi shart. Aholiga avtomobil evaziga qisqa muddatli qarz beradi; 3) Maishiy vositalar lombardi – garovga olinayotgan texnika sozlangan bo‘lishi yoki qayta ta’mirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, u yetarli darajada qimmatbaho va ayni vaqtda judayam katta hajmga ega bo‘lmasligi lozim. Lombard tashkilotlari hududida saqlash imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. 14 1) Universal lombard tashkilotlar – qonunchilik asosida turli xildagi buyumlarni qabul qiladi. Aholiga qonunchilik asosida qisqa muddatli qarz beradi; 2) Ixtisoslashgan lombard tashkilotlari – Bunda aynan bir turdagi tovarlarni qabul qilishni afzal bilishadi Masalan , faqat tilla va zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar yoki antikvar buyumlar. Aholiga qonunchilik asosida aynan bir turdagi tovarlar evaziga qisqa muddatli qarz beradi; Faoliyati litsenziyalanganligi jihatidan: 1) Litsenziyalangan lombard tashkilotlari. 2) Litsenziyalanmagan lombard tashkilotlari. Qimmatbaho toshlar va metallar bilan bog‘liq lombard tashkilotlari uchun litsenziya muhim hisoblanadi. Ma’lumki, mikrokredit tashkilotlari, eng avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi, jumladan, ma’lum shartlarda mikrokredit va mikroqarz beruvchi tashkilotlar hisoblanadi. Mikromoliyalash va mikromoliyaviy xizmatlar bozorining rivojlanish evolyusiyasi o‘tgan XX asrning o‘rtalarida aholining kam daromadli qatlamlariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi dastlabki sa’y-harakatlar ushbu xizmatlardan foydalanishning pirovard maqsadlari bilan bog‘langan. Xususan, XX asrning 50–70-yillarida davlat idoralari va donor tashkilotlar mayda va kam ta’minlangan fermerlarning ish unumini hamda daromadlilik darajasini oshirish umidida ularga subsidiyalangan qishloq xo‘jalik kreditlarini berib kelganlar. 1980–1990-yillarda mikrokreditlar asosan aktivlarga ega bo‘lish va ularni jamg‘arish, oilalarning daromadini va turmush darajasini oshi- rish uchun kam ta’minlangan tadbirkorlarga qarz berishdan iborat edi. Mikrokredit oluvchilarning aksariyat qismi esa, ayollardan iborat bo‘lib, ular uchun mikrokreditlash ayniqsa samarali vositaga aylangan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikromo- liyaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari iqtisodiy adabiyotda chuqur tadqiq qilingan. 15 2. Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini Download 269.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling