Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Download 269.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1507256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish

Mikrokredit tashkilotlari yuridik shaxslar va aholiga quyidagi 
mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatadi: 

jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va moliyaviy iste’mol krediti; 

jismoniy shaxslarning solidar (umumiy javobgarlik) guruhi uchun 
mikroqarz; 

yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun mikrokredit. 
Mikrokredit tashkilotlarining mikromoliyaviy xizmatlaridan foydalanish 
uchun quyidagilar zarur bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini, tadbirkorlik 
faoliyatini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari mavjud bo‘lishi hamda olinadigan qarz 
summasining ta’minoti likvidlik darajasiga qarab, qarz miqdorining 80–120 foizini 
tashkil qilish kerak. Mikrokreditning ta’minot turi sifatida transport vositalari va 
zargarlik buyumlari, guruh a’zolari kafilligi hamda sug‘urta tashkilotlari va 
banklarning kafolati. 
Tadbirkorlik subyektlarni moliyalashtirishda mikrokredit tashkilot- larining 
eng muhim xususiyati guruh kafolati ostida kreditlashdir. Guruhiy kafolat ostida 
kreditlashningafzalligi kredit guruh a’zolarining javobgarligi asosida garovsiz 
taqdim etilishi va garov bo‘lib guruh kafolati xizmat qilishidir. Guruh tomonidan 
qilingan bosim kreditni o‘z vaqtida qaytarishga imkon beradi. Shuningdek, kreditni 


19 
qaytarish uchun guruh a’zolaridanmajburiy ajratmalar shakllantirilishi mumkin. 
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarning solidar guruhiga 
qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 

guruh a’zolarining soni 3 kishidan kam bo‘lmasligi; 

guruh a’zolari bir-birini kamida 1 yil mobaynida tanigan hamda 
mikroqarz yuzasidan kafillik berishga tayyor bo‘lishi; 

guruh a’zolarining o‘zaro qarindosh bo‘lmasligi; 

mikroqarzni o‘z 
vaqtida 
qaytarish 
imkoniyatining 
mavjud 
bo‘lishi. 
Lombard tashkilotlari ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi. Lombard 
tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish funksiyasi adliya organlariga yuklangan. 
Lombard tashkilotlari adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi 
uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining 4 
barobari miqdorida davlat boji undiriladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan 
litsenziyatalabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonun 
hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida yig‘im undiriladi. 
Lombard tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya 
berilganligi uchun to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish 
haqining besh barobari miqdorida davlat boji undiriladi. 
Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘jallangan ko‘char mol mulkni 
qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilishga ixtisoslashgan 
tashkilotlar-litsenziyasi bo‘lgan lombard tashkilotlari tomonidan tadbikorlik 
faoliyati sifatida amalga oshiri- lishi mumkin. Lombard tashkilotlarida ashyolarni 
garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tashkilotlari tomonidan garov pattasi 
berish yo‘li bilan rasmiylashtiradi. Garovga qo‘yilayotgan ashyolar lombard 
tashkilotlariga topshiriladi. Lombard tashkilotlari garovga qabul qilingan ashyolarni 
garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning 
narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi 
foydasiga sug‘urtalanishi shart. Lombard tashkilotlari garovga qo‘yilgan ashyodan 


20 
foydalanish va ularni tasavvur etish haqli emas. Lombard tashkilotlari ashyolarning 
yo‘qolishini yoki shikastlanishini yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini 
isbotlay 
olmasa, 
garovga 
qo‘yilgan ashyolarning yo‘qolganligi yoki 
shikastlanganligi uchun javobgar bo‘ladi.
5

Download 269.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling