Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Download 269.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1507256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish

Banklarni litsenziyalash tartibi 
Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan: 
 
bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish
 
bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda litsenziya berishdan iborat. 
Muassislar o‘z oralaridan Markaziy bankda, uning hududiy Bosh 
boshqarmalarida va boshqa organlarda bankni tashkil etish yuzasidan ularning 
manfaatlarini ifoda etishga vakil qilingan shaxsni belgilaydilar. Uning vakolatlari 
ta’sis shartnomasi bilan tasdiqlanadi. 
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari bank muassislarini bank 
tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur qonun hujjatlari bilan ta’minlaydilar. 
1. 
Tayyorgarlik bosqichi. 
Bu davrda bank muassislari o‘rtasida bank tashkil etishga kelishiladi
tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush 
miqdori belgilab olinadi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning 
nomi aniqlanadi, ta’sischilar o‘rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida 
rasmiylashtiriladi, uning asosida ta’sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, 
O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi qonunning 
3-moddasi) aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga 
olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar 
bo‘ladilar. 
Muassislar tomonidan ta’sis shartnomasi imzolanganidan so‘ng bir oy 
mobaynida Markaziy bankka bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish 
to‘g‘risidagi arizani taqdim etadilar. 
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
1) 
muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan (agar 


23 
muassis yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bo‘lsa) tasdiqlangan ta’sis 
shartnomasi (uch nusxada, ularning bittasi asl nusxa). Jismoniy shaxslarning 
imzolari va ta’sis shartnomalarining nusxalari notarial idora tomonidan tasdiqlanadi 
(yagona muassislar bundan mustasno); 
2) 
muassislar tomonidan tasdiqlangan va bank kengashi raisi tomonidan 
imzolangan bank ustavi (uchta asl nusxada); 
3) 
ta’sis yig‘ilishining uch nusxada tayyorlangan bayonnomasi. Bu 
hujjatda bankni tashkil etish, ustav kapitali miqdori, bank ustavi va biznes-rejani 
tasdiqlash, bank kengashi, boshqaruvi va taftish komissiyasini saylash to‘g‘risidagi 
qarorlar bo‘lishi lozim. Bayonnoma nusxalari bank kengashi raisi tomonidan 
tasdiqlanadi; 
4) 
muassislar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar; 
5) 
tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan 
ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qo‘shimcha 
ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud yoki 
davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan barcha jazo choralari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Markaziy bank zarur hollarda mazkur kichik banda 
keltirilgan ma’lumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh 
foizidan kam bo‘lgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga 
haqli; 
Bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni berish 
Litsenziyalash departamenti bir oy muddat ichida muassislar taqdim etgan 
hujjatlar to‘plamini mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko‘rib 
chiqadi. 
Notarius tasdig‘idan o‘tkazilishi talab qilinmaydigan va hajmi bir varaqdan 
ko‘p bo‘lgan hujjatlar alohida yig‘majild shaklida tikilgan bo‘lishi lozim. 
Taqdim etilgan hujjatlar to‘plami to‘liq jamlansa va mazkur Nizom talablariga 
muvofiq 
kelsa, 
Litsenziyalash 
departamenti 
Markaziy bankning 
Kredit 
tashkilotlarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasiga bankni ochish uchun 


24 
dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi masalani kiritadi, aks holda hujjatlar to‘plami 
qaytarish sababi va qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish 
mumkinligi ko‘rsatilgan holda qaytariladi. 
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etish muddati o‘n besh ish 
kunidan oshmasligi lozim. Ushbu muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar 
yangidan taqdim etilgan hisoblanadi. Muassislar tomonidan takroran taqdim etilgan 
hujjatlarni qayta ishlash uchun ketgan vaqt hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun 
belgilangan muddatga kirmaydi. 
Dastlabki ruxsatni berish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar ilova 
qilingan ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch oydan kechikmagan muddatda 
qabul qilinadi. 
Markaziy bankning dastlabki ruxsati muassislar moliyaviy imkoniyatlari va 
obro‘si, biznes-reja, kapital tarkibi, moliya rejasi hamda tegishli bank binolari va 
jihozlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash asosida beriladi. 
Dastlabki ruxsat olinganidan keyin muassislar bankni ro‘yxatga olish va 
litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik va boshqa tadbirlarni amalga 
oshiradilar. Bank boshqaruvi raisi va bosh buxgalteri nomzodlarini tanlanib, 
Markaziy bankning roziligini olish 
uchun taqdim etiladi. Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya berilishini 
kafolatlamaydi. 
Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan kundan boshlab 
olti oydan oshmaydigan muddat davomida o‘z yuridik kuchini saqlab qoladi. 
Quyidagi hollarda dastlabki ruxsat amal qilish muddatidan oldin bekor 
qilinishi mumkin: 

muassislar yoki bankning rahbar xodimlari tarkibida Markaziy bank 
talablariga javob 
bermaydigan 
o‘zgarishlarning yuz berishi yoki yangi 
ishtirokchilar va bankning rahbar xodimlariga beriladigan rezyume, shaxsiy balans 
qaydnomasi, biznes- rejaning va yirik muassislar yoki rahbarlarga taalluqli bo‘lgan 
holatlarning o‘zgartiril- gan qismining taqdim etilmasligi; 


25 

bank mulkiy-huquqiy shaklining o‘zgarganligi, biznes-rejadagi va 
kapitaldagi muayyan tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi; 

muassislar yoki ular bilan bog‘liq shaxslar moliyaviy ahvolining 
yomonlashishi; bankni boshqarish xavfsiz va barqaror bo‘lmasligini ko‘rsatuvchi 
holatlarning ma’lum bo‘lishi; 

qonun 
hujjatlarini 
buzganligi 
uchun 
jinoiy 
javobgarlikka 
tortilganligining aniqlanishi.
6

Download 269.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling