Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Download 269.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana16.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1507256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalarini takomillashtrish

takomillashtrish yo'llari 
 
Mikro moliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40-yillarida 
Germaniya qishloq xo‘jaligida yuz bergan tanglik holatidan 
(og‘ir iqlim 
sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo‘lmaganligi) boshlandi va o‘sha davrda 
Fridrix Rayfayzen tomonidan Veerbush shahrida Yevropada birinchi bor “Xlebniy 
soyuz” o‘zaro yordam kassasi tashkil etildi. XX asrning 50–70-yillarida ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi sust bo‘lgan mamlakatlarda davlat organlari va donor 
tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning mehnat unumdorligi 
va daromadlari darajasini oshirish umidida subsidiyalashtirilgan qishloq xo‘jalik 
kreditlari berishni boshlagan. 1970-yillardan so‘ng rivojlanayotgan mamlakatlarda 
kam ta’min- langan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa 
maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazildi.
4
Bizning fikrimizcha, M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar bo‘yicha 
amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo‘llanilishi o‘tish iqtiso- diyoti mamlakatlarida 
ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Buning 
sababi shundaki, birinchidan, mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan 
qatlamlari oladi. Ularning daromad darajasi past bo‘lib, yuqori foiz stavkalaridagi 
mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati 
cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag‘al qatlamlari va endi tadbirkorlik 
faoliyatini boshlagan kichik biznes subyektlari yuqori likvidli garov obyektlariga 
ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to‘sqinlik 
qiladi. 
Iqtisodchi olim D.Tajibayeva ilmiy ishida mikrokreditlash ama- liyotining 
qonunchilik asoslarini takomillashtirish, ularga davlat tomonidan moliyaviy 
imtiyozlar berish bo‘yicha qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
4
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar 
to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori, 06.03.2019, №2693-5. 


16 
D.Tajibayevaning ilmiy izlanish- larida, aynan, mikrokredit tashkilotlarining 
mikrokreditlar berish amaliyotini takomillashtirish masalalariga asosiy e’tibor 
qaratilgan. 
Iqtisodchi olim B.Mamatovning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini mikromoliyalash amaliyoti va uni takomillashtirish» mavzusidagi 
nomzodlik dissertatsiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 
moliyalashtirishda mikrokredit tashkilotlarining roli tadqiq qilingan va 
O‘zbekistonda mikrokredit tashkilotlari faoliyati taraqqiyotini ta’minlashga 
qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Xorijlik iqtisodchilardan D.Savinovaning fikricha, kichik tadbirkorlikni 
kreditlash bozorining har bir bosqichi uchun alohida kredit xizmati ko‘rsatish zarur. 
U mazkur bozorning uch bosqichi bo‘yicha uch xil kredit xizmatini taklif etadi, 
jumladan: 
– 
yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan 
kichik biznes subyektlariga minimal miqdorda mikrokreditlar berish; 
– 
kichik biznes subyektlariga kapital qurilish va asosiy vositalar sotib 
olish uchun limit asosida, bir marotabali kreditlash hamda kredit yo‘nalishini ochish 
yo‘li bilan kreditlash shaklida, cheklovlar limitlar belgilash orqali o‘rta va uzoq 
muddatli kreditlar berish; 
– 
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga aylanma kapitalni to‘ldirish 
maqsadida overdraft shaklida yoki kredit yo‘nalishlari ochish orqali kreditlar berish
1

Ayrim iqtisodchi-olimlar mikromoliyalashni kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, 
garov ta’minoti yetishmagan, an’anaviy 
bank xizmatlaridan foydalanishga 
imkoniyati bo‘lmagan tadbirkorlarga, mijozlarning ma’lum guruhiga kichik 
hajmdagi kreditlar taqdim etish borasidagi faoliyat sifatida e’tirof etadilar
mikromoliyaviy munosabatlarning ijtimoiy roliga esa alohida e’tibor qaratiladi, 
shuningdek, mikromoliyalashni mikrokreditlash sifatida tushunib, uning 
yuqori miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanishini ta’kidlaydilar. Masalan, 
A.Tayev fikricha: “mikromoliyalash – bu ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga 


17 
yo‘naltirilgan, an’anaviy bank xizmatlariga imkoniyati yetmagan kichik tadbirkorlik 
subyektlari va jismoniy shaxslarga kichik hajmdagi, ya’ni 500-1000 AQSH dollari 
miqdorida beriladigan kreditlar tushunilib, uning asosiy xususiyati kredit tarixi 
mavjud bo‘lmagan, garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan mijozlarga xizmat 
ko‘rsatilishidir”. 
T.Minakova tadqiqotlarida “mikromoliyalash - mikrokreditlashni anglatib, 
kichik biznesni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun past foiz 
stavkalar asosida kichik hajmdagi kreditlarni garovsiz taqdim etishdir”, deb 
tariflangan
3

Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo‘llaniladigan uslubiyotga ko‘ra (1-
jadval) yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari tomonidan qo‘llaniladigan 
usulning yangi ko‘rinishidir. Bu jarayonda olinadigan qarzlar mol-mulk bilan 
kafolatlanadi, mijozlarning kredit tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, 
qarz berishda ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o‘rganil- 
gandan so‘ng kredit beriladi. Mikrokredit tashkilotlari mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur uslubiyotning odatdagi 
kreditlashdan farqi unda maslahat berish va o‘rgatish kabi vositalarning 
mavjudligidir. Guruh bo‘lib kreditlash uslubiyotiga ko‘ra, bank xodimlari 
tomonidan bajariladigan vazifalar kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning 
shakllanishi mikrokredit tashkiloti xodimining tashabbusiga ko‘ra yuz beradi. Guruh 
mijozlarni o‘zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o‘zi hal etadi. 
Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish imkoniyatlarini 
baholashadi, kreditlash asta-sekin ko‘payuvchi, uncha katta bo‘lmagan miqdorda 
qarz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, guruh a’zolarining har biri olingan qarzni 
qaytarish yuzasidan javobgar bo‘ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki 
to‘lanmasa, guruh to qarzini tamoman uzmagunicha navbatdagi kreditni olish 
imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda mikrokredit tashkilotlarida guruhlarga 
qarzning hamma qismini berish usuli ham qo‘llaniladi va guruh qarzni a’zolariga 
qay tartibda berishni o‘zi hal etadi. 


18 
O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda 
tijorat banklari bilan birga nobank kredit tashkilotlarini ham o‘rni va ahamiyati oshib 
bormoqda. Bu borada so‘nggi davrlarda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentyabrdagi 
50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006-yil 20-sentyabrdagi 53-sonli 
“Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga asoslangan holda 
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006-yil 7-oktyabrdagi 
№24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi 
to‘g‘risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy 
mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o‘sishiga xizmat qilmoqda. 

Download 269.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling