Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari


Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tashkil etiishi


Download 1.19 Mb.
bet57/74
Sana25.10.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1721034
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bog'liq
INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tashkil etiishi


Oxirgi 20 yilda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsion sohaning, ya’ni ilm fan, yangi texnologiyalar, ilmtalab
tarmoqlarning rivojlanish va o’sish darajasi barqaror iqtisodiy o’sishning asosini ta’minlaydi. Ilmiy – texnik taraqqiyot ishlab chiqarishning hajmi va tuzulmasini almashtiradi, jahon iqtisodiyotining holatiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatyapti. 1990– yy.ilmiy – texnik o‘zgarishlarning o’sish sur’atlari, ilmtalab ishlab chiqarish va xizmatlarning jadal rivojlanishi sanoat rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishni tezlashishiga yangi turtki berdi. Jahon xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni muhim iqtisodiy resurs sifatida qo’llash asosida o’sishning yangi paradigmasi shakllanadi. Bu milliy innovatsiya tizimi (MIT) konsepsiyasini ishlab chiqqishni belgilab berdi, u innovatsion jarayonning alohida tarkibiy qismlarini ishlash jarayoni institutsional omillarning ma’lum to’plami orqali ta’minlanadigan murakkab tizimning o‘zaro bog‘langan halqasi sifatida ko’rib chiqadi.
Milliy innovatsion tizim o‘zida innovatsion jarayonlarni ta’minlaydigan va qattiq milliy negizga, an’anaga, siyosiy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy, tashkiliy va ijtimoiy tusdagi majmuaviy institutlarni namoyon etadi. Innnovatsion tizim ushbu mamlakatgan maqbul bo‘lgan ko‘pgina omillar ta’sirida shakllanadi, jumladan uning hajmlari, ta’biiy va mehnat resurslarining mavjudligi, davlat institutlarining tarixiy rivojlanish xususiyatlari va tadbirkorlik faoliyatning shakli inobatga olinadi. Ushbu omillar innovatsion faollik evolyutsiyasi yo‘nalishlari va tezligining uzoq muddatli determinanti hisoblanadi. Bundan tashqari, xar bir MIT institutsional o‘zaro aloqalarning etarli darajadagi barqarorligini talab etadigan ma’lum tuzulma va qaysidir darajadagi tartibligi bilan ifodalanadi (bunda har bir mamlakatda institutsional tarkibiy qismlarning milliy qiyofasi paydo bo‘ladi). Milliy innovatsion tizimlarning modullari yaratilgan bo‘lib, uning doirasida ularning milliy o‘ziga xosligi shakllanadi. MITning bunday xususiyatlariga kam yoki ko‘p qismda innovatsion vazifalarni bajarishda davlatning va shaxsiy sektorning, yirik va kichik biznesning nisbiy ahamiyati, fundamental va amaliy izlanishlar va ishlab chiqishlarning o‘zaro
munosabati, innovatsion faoliyatning rivojlanish dinamikasi va tarmoqli tuzulmasining o’rni kiradi.
Milliy ilmiy tizimlar va ularning o‘ziga xosligining turli tumanligiga qaramasdan asosiy sanoat rivojlangan mamlakatlar uchun innovatsiyalarini boshqarishda qator tendensiyalar kuzatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

    • Innovatsion soxada davlatning nazorat vazifalarini kuchayishi;

    • Innovatsion ishlab chiqishlarning maqsadli yo‘nalishlarining kuchayishi. Hozirgi vaqtda davlatning biotexnologiya, elektronika va telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish kabi vazifalarni bajarishda innovatsiyalarni keng qullashdagi harakatlari yaqqon namoyon bo‘layapti;

    • Yirik milliy, tarmoqlararo va global ilmiy–texnik dasturlarni qo’llash;

    • Rivojlangan innovatsiyalarning uzoq muddatli dasturlanishiga asta sekin o’tish. Ko’p tashkilotlar uzoqmuddatli istiqbolga (10 va undan ziyod yilga) mo‘ljallangan innovatsion ishlab chiqarilgan dasturlarga ega bo‘lishni xohlashadi. Bu davlat ilmiy–texnik dasturlari uchun ham xosdir;

    • Ko’pgina rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda ilmiy izlanishlarning xorij moliyalashtirishning o’sib borayotgan ulushida, hamda qulay sharoitli investitsion iqlimli hududlarda innovatsion tashkilotlarni (bo‘linmalarni) yaratishda namoyon bo‘ladigan innovatsion sohaning globallashuvi. Tadqiqotiy tarmoqlar asosida globao innovatsion sohaning shakllanishi izlanishlarning nafaqat mazmuni va nufuzini, balki korporatsiyaning tabiatini o‘zgartiradi, boshqarishning uslubi va usullarini yangilaydi, yangi korporativ madaniyatning asosini yaratadi.

Eng yangi tendensiya innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda davlatning to’g‘ridan to’g‘ri ishtirokining kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, umumiy tendansiyalarga ilm fanning, texnika va ishlab chiqarishning turli sohalarining o’sishi va gorizontal aloqalar tizimining rivojlanishini kiritish
mumkin. “Tarmoq – tarmoq”, “tashkilot – tashkilot” va b. kabi gorizontal aloqalar texnologiyalarni tarmoqlararo yetqazishni ta’minlaydi. AQSH va boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, gorizontal aloqalarni, ya’ni tashkilotlar tizimini (maslahat firmalari, innovatsiyani singdirish bo‘yicha maxsus tashkilotlar, iste’molchilarga xizmat kursatish) kengaytirish doirasida ilm fan va ishlab chiqarish o’rtasida “uchinchi halqani” yaratish tarmoqlararo ilmiy–texnik almashinishni ahamiyatli darajada yengillashtirdi va innovatsiyalarni samarali singdirishga asos soldi.
Ushbu tendensiyalar sanoat rivojlangan mamlakatlarda milliy va global ilmiy–texnik, innovatsion strategiyalarning uyg‘unlashganidan dalolat beradi. Garchi globalizatsiya innovatsion faoliyatning ahamiyatli qismini ushbu mamlakatlardan tashqariga chiqarsada, uning asoslari milliy bo‘lib qolaveradi. Asosiy sabab yangiliklar jarayoni har bir davlatning sharoitiga, ilmiy hamjamiyat va iste’molchilar bilan vujudga kelgan munosabatlar, moliyaviy imkoniyatlar va kadrlar imkoniyatlariga bog‘liqligidan iborat. Bularning hammasi sanoat rivojlangan davlatlarning har birida innovatsion jarayonlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitli iqlimni yaratishga yo‘naltirilgan davlat innovatsion siyosatini ishlab chiqish va amal qildirishga olib keladi.
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirish innovatsion faoliyatni boshqarishning maqbul shakli va usullarini qo’llashni talab etadi. Zamonaviy sharoitlarda turli darajalarda innovatsion boshqarishning ko’pgina shakllari mavjud (korporatsiya bo‘linmalaridan tortib davlatgacha). Har qanday siyosat singari innovatsion siyosat ham turli mamlakatlarda turlicha, garchi bir maqsadga, ya’ni innovatsion faollikning tezlanishi va ilmiy texnik imkoniyatlarning rivojlanishiga bo‘y sinishsada. Innovatsion faollikni tezlashtirish maqsadida davlatning o‘zaro ta’sirining turli usullarini qo’llanilib, ular bevosita va bilvositaga bo‘linishi mumkin. Ularning o‘zaro munosabati mamlakatdagi iqtisodiy
vaziyatlar va shu sababdan qabul qilingan davlat tartibi konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Innovatsion jarayonning davlat tartibining bevosita usullari ikki shaklda amalga oshiriladi: ma’muriy–idoraviy va dasturiy– maqsadli. ma’muriy–idoraviy shakli tug‘ri dotatsiya moliyalashtirish ko’rinishida namoyon bo‘lib, u innovatsiyalarga bevosita yordam kursatish maqsadida qabul qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni davlat tartiblashtirishning dasturiy–maqsadli shakli oxirgisini yangiliklarni, qo’llab quvvatlash davlat maqsadli dasturini amalga oshirish orqali shartnomali moliyalashtirishni, shu jumladan kichik ilmtalab firmalarni, talab etadi. AQSHda dasturiy–maqsadli yondashuv hozirgi vaqtda davlat ilmiy–texnik siyosatini o’tkazishning muhim shakli va davlat moliyalashtirishning, eng avvalo xarbiy–kosik Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini, asosiy usuli sifatida qo’llaniladi. Davlatni innovatsion biznesga ta’sirining bevosita choralari tizimida asosiy o’rinni Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari soxasida sanoat uyushmalar kooperatsiyalarini va sanoatlashgan universitetlar kooperatsiyalarini kuchaytiradigan tadbirlar egallaydi.
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda davlat ta’sirining bilvosita usullariga soliq qonunchiligining liberallashishi, xususan soliq chegirmalarining qo’llanilishi kiradi. Sanoat rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda innovatsion faoliyatni kuchaytiradigan soliq chegirmalarning quyidagi turlari qo’llaniladi:

    • Innovatsion xarajatlarning o’sishiga soliqlarni kamaytirish;

    • Innovatsion loyixalarni amalga oshirishda olingan foydaga bir necha yil mobaynida “soliq ta’tillari”;

    • Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari buyurtmasi va birgaligida bajarilganlikka yo‘naltirilgan foydaga soliq miqdorining kamayishi;

    • Intelektual shaxsiylik tarkibiga kiruvchi patentlar, litsenziyalar, nou–xau va boshqa nomoddiy aktivlarni qo’llash natijasida olingan foydaga chegirmali soliq to’lovi;

  • Ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalariga beriladigan uskunalar va jixozlarning qiymat summasiga soliq tulovinig kamayishi;

  • Tadqiqodiy va investitsion soliq kreditlarini taqdim etish, ya’ni innovatsion maqsadlarda qilingan xarajatlar qismi foydasidan soliq to’lovini olib tashlash;

  • Innovatsiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning xayriya fondiga kirimlar foydasining soliq to’lovidan ushlab qolish.

Innovatsion siyosat soxasida ta’sirlarning bilvosita usullariga qonunchilik dalolatnomalari ham kiradi. Ular turli xildir va innovatsion siyosatga ta’sirning ko’p sohalariga tegishli. Masalan, AQSHda 200 yilga yaqin amal qilib kelayotgan patent huquqi ixtirochilarni ularning ixtirolariga, ya’ni intellektual mulkiga huquqini belgilab beradi, bu esa muallifni innovatsion qarorlariga monopoliyasini talab etadi. Ushbu vaziyat ixtirochiga, yer egasi kabi, “innovatsion renta”, ya’ni uning ixtirosidan foydalanganlik uchun haq olishga imkon beradi. Bunday vaziyat oxir oqibatda mamlakatda ilmiy–innovatsion ishlarning faolligiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Innovatsion faoliyat imkoniyatlarining shakli va usullari xilma xil bo‘lsada davlat organlari tomonlaridan barcha sanoat rivojlangan mamlakatlarda innovatsion siyosatni davlat nazoratining o‘ziga xos tarkibiy qismi sifatida ko’rsatishga imkon beradigan qandaydir umumiylik mavjud. Masalan, davlat iqtisodiy siyosatning barcha yo‘nalishlari bilan innovatsion siyosat bo‘yicha kelishuvlik mavjud; bu tanlangan iqtisodiy kursga mos keladigan davlat ta’sirining yagona iqtisodiy uskunasini qo’llashda namoyon bo‘ladi.
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda innovatsion mexanizm bo‘yicha boshqaruv va tashkiliy jihatlar muhim o’rinni egallaydi. Ularning ko’plarida ko’p pog‘onali boshqaruv amalga oshiriladi va innovatsion munosabatlarning turli xil tashkiliy shakllari qo’llaniladi.
AQSHda innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimi uch bosqichdan iborat: yuqori davlat, o’rta davlat yoki idoraviy (sektorli) va past davlat yoki institutsional. Yuqori davlat bosqichida:

    • Fan va texnika rivojlanish strategiyasi belgilanadi;

    • Innovatsion ustuvorlikning tanlovi va shakllanishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi;

    • Innovatsion ishlanmalar dasturlarining bajarilishi bo‘yicha moliyalashtirish va nazorat amalga oshiriladi;

    • Innovatsion jarayonlarni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik choralari ko’riladi;

    • Idoralar o‘rtasidagi majburiyatlar taqsimlanada. Yuqori davlat bosqichi AQSH Kongressi va prezidenti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular davlat ilmiy–texnik siyosatining umumiy strategik yo‘nalishlarini belgilashadi va muhokama qilishadi, uning maqsadlarini shakllantiradi, milliy ustunlikni o’rnatishadi va tasdiqlashadi. Ushbu ustuvorliklar doirasida davlat idoralari tadqiqotlarining aniq yo‘nalishlarini, laboratoriyalar qatorida ularning ijrochilarini, bo’ysunuvchi idoralar, universitetlar yoki xususiy firma laboratoriyalarini tanlashda keng erkinlikka ega bo‘lishadi.

O‘rta davlat yoki idoraviy bosqichda tadqiqot tarmoqlari va turlari bo‘yicha innovatsion jarayonlarning qo’llanmalari, uzoq muddatli innovatsion dasturlarning shakllanishi, tanlov asosida ijrochilar tanlovi, hukumat nomidan shartnomalar tuzulishi, bajarilishning tezkor nazorati va ichki idoraviy kooperatsiyalar amalga oshiriladi. AQSHda innovatsion faoliyatni davlat nazoratining organlari bu bosqichda mudofaa, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jalik vazirligi, hamda Milliy kosmik agentligi (NASA), atrof muhitni muxofaza qilish bo‘yicha Agentliklar, fundamental tadqiqotlarni nazorat qiladigan Milliy ilmiy fond (MIF) hisoblanadi. Milliy ilmiy fond o‘zining nufuziga muvofiq davlatning ilmiy nufuzini o’sishida asos qo’shishga va fundamental izlanishlarni olib borishda usullarni takomillashtirishga chaqirilgan asosiy federal idora sifatida
chiqadi. MIF uchun qolgan vazirlik va idoralardan farqli ravishda asosiy vazifasi fundamental ilm fanni rivojlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, MIF ilmiy tadqiqot sohasini asosan fundamental izlanishlarni kuchaytirish, hamda ilmiy izlanishlarning yirik amaliy dasturlari va kadrlarni tayyorlash dasturlarini moliyalashtirish orqali nazorat qiladi.
Pastki davlat yoki institutsional bosqichda bevosita davlat yoki umumiylashtirilgan (xususiy–davlat) laboratoriyalarida ilmiy izlanishlar olib boriladi va dasturlarning joriy, tezkor bajarilishi amalga oshiriladi.
Davlat laboratoriyalari maxsus idoralar tomonidan moliyalashtiriladi va asosan ushbu idoralarga ishlashadi. Ta’kidlash joyizki, moliyalashtirishning barcha idoralar uchun yagona bo‘lgan tartibi mavjud emas; davlat boshqaruvining hech bir mavjud organi o’rta bosqichda bir va umrbotlikka o’rnatilgan vakolat va vazifalariga ega emas.
Davlat buyurtmalarini bajaradigan tashkilotlar orasida asosiy o’rinni aralash federal moliyalashtiriladigan ilmiy markazlar (laboratoriyalar) va innovazion ishlanmalar egallashadi. Ular davlat byudjet rusurslaridan foydalanishadi, biroq universitetlar (22 foiz) va xususiy uyushmalar (8 foiz) tomonidan boshqariladi. Asosiy ilmiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi: universitet va kollejlar, davlat ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, buyurtma bo‘yicha ishlaydigan xususiy ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, sanoat laboratoriyalari (ilmiy tadqiqot institutlari), daromadsiz uyushmalar, ilmiy ishlab chiqarish majmualari (vaqtinchalik), asosan yangi innovatsion loyixalarni birgalikda amalga oshirish uchun tadqiqot konsorsiumlari.
Buyuk Britaniyada innovatsion faoliyatning boshqarilish tuzulmasi va tashkiliy shakli AQSHda faoliyat ko’rsatayotganiga deyarli o’xshash. Bunda farq faqat tashkiliy shaklning tuzulmasi va ba’zi ularning vazifalarida. Innovatsion jarayonlarni boshqarishning tashkiliy tuzulmasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: universitet va politexnika institutlari, davlat ITI va laboratoriyalar (tarmoqli), tadqiqot uyushmalari, buyurtma
bo‘yicha ishlaydigan ilmiy tadqiqot institutlari, uyushma va firmalar ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalari. Agar AQSH uchun yirik innovatsion loyixalarni xususiy tashkilotlarning umumiy kuchlari bilan bajarishda daromadsiz uyushmalar va tadqiqot konsorsiumlari xos bo‘lsa, Buyuk Britaniyada esa tarmoqlar va mahsulot turlari bo‘yicha tadqiqotlik uyushmalari rivojlangan, masalan kulolchilik bo‘yicha Britaniya tadqiqotlik uyushmasi va ixtirolarni (yangiliklarni) samarali qo’llaydigan va alohida innovatsion loyihalarni bajaradigan yakka ixtirochilarga yordam ko’rsatadigan tadqiqotlarni rivojlantirishning Milliy korporatsiyasi.
Yaponiyada ilmiy – texnik siyosatini davlat boshqaruvining tashkiliy tuzulmasiga quyidagi vazirlik va idoralar kiradi: tashqi savdo va sanoat Vazirligi, fan va texnika Boshqarmasi, milliy mudofaa Boshqarmasi, ta’lim Vazirligi, moliya Vazirligi, fan ishlari bo‘yicha Kengash.
Tashqi savdo va sanoat Vazirligi (TSSV) Yaponiyada ilmiy – texnika siyosatini ishlab chiqish va milliy innovatsion tizimni boshqarishda asosiy o’inni egallaydi. Uning asosiy vazifasi davlat ilmiy muassasalari va xususiy sanoat firmalari o’rtasida ilmiy tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, hamda yapon sanoatini rivojlantirishda bo’lajakdagi yana ham istiqbol yo‘nalishlarni belgilash hisoblanadi. U ko’pgina bo‘linmalarga ega. Ushbu organlar ishlarida tadqiqot institutlarining taniqli olimlari, sanoat tashkilotlari va iste’mol uyushmalarining vakillari ishtirok etishadi. Ushbu vazirlikning boshqa vazifalariga quyidagilar kiradi: sanoat innovatsiyalariga ularning boshlang‘ich rivojlanish bosqichida moliyaviy ko’mak berish; fan va texnika bo‘yicha yangi ixtirolar va mahalliy universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlari tadqiqotlarining natijalari haqida sanoat sektorlariga axborotlarni yig‘ish, o’rganib chiqish va yetkazish.
Innovatsiyalarning aniq yo‘nalishlarining bajarilishini fan va texnika Boshqarmasi nazorat qiladi. TSSV qaramog‘ida litsenziyalarni eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi sanoat texnologiyalar uyushmasi mavjud. Davlat innovatsion siyosati
Yaponiyani letsenziyalarni import qilishdan eksport qilishga aylantirishga yo‘naltirilgan.
Usul va choralarning majmuaviy tahlili, xamda innovatsiyalarning tashkiliy va boshqaruv jihatlari shuni ko’rsatdiki, AQSH innovatsion mexanizmni tashkil etuvchi majmuaviy tarkibiy qismlardagi qator boshqa mamlakatlarda davlat darajasida asosiy e’tibor uchta tarkibiy qismga qaratiladi – boshqaruvga, moliyalashtirish usullariga va innovatsion qonunchilikka, tashkiliy tarkibiy qism esa ikkinchi darajali sifatida ko’riladi. Vazirliklar (idoralar) darajasida innovatsion mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari tashkiliy va moliyalashtirish tartibi hisoblanadi, innovatsion fondlarni shakllantirish va qo’llash esa – ikkilamchi. Intstitutsional darajada esa innovatsion samaradorligini baholash usuli, axloqiy–psixologik usul, axborot–texnik jihozlash choralari kabi tarkibiy qismlar asosiy ahamiyatga ega, tashkiliy va boshqaruv elementlari esa kam ahamiyatga ega.


        1. Download 1.19 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling