Ino va inshootlarda shamollatish tizimini boshqarish va energiya kirishini
Download 102.56 Kb.
|
Очилова Н.Т. тезис — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аnnotasiya
- Annotation
BINO VA INSHOOTLARDA SHAMOLLATISH TIZIMINI BOSHQARISH VA ENERGIYA KIRISHINI QISQARTIRISH УПРАВЛЕНИЕ СИСТЕМОЙ ВЕНТИЛЯЦИИ И СОКРАЩЕНИЕ ЭНЕРГОПОТРЕБЛЕНИЯ В ЗДАНИЯХ И СООРУЖЕНИЯХ CONTROL OF THE VENTILATION SYSTEM IN BUILDINGS AND STRUCTURES AND REDUCTION OF ENERGY ACCESS Ochilova Nurzoda Tursunovna Очилова Нурзода Турсуновна Ochilova Nurzoda Tursunovna Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (nntursunova@mail.ru) Бухарский инженерно-технологический институт (nntursunova@mail.ru) Bukhara engineering and technology institute (nntursunova@mail.ru) Аnnotasiya: Ushbu maqolada bino va inshootlarda shamollatish tizimini boshqarish va energiya kirishini qisqartirish bayon etilgan. Kalit so’zlar: havo harorati, shamollatish tizimi, energiya samarador binolar. Аннотация: В этой статье описывается управление системами вентиляции и сокращение потребления энергии в зданиях и сооружениях. Ключевые слова: температура воздуха, система вентиляции, энергоэффективные здания. Annotation: this article describes the control of the ventilation system in buildings and structures and the reduction of energy input. Keywords: air temperature, ventilation system, energy efficient buildings. Bino va inshootlarning ichki atmosferasini boshqarish arxitektura mavzusi bo’lib ming yil davom etgan. Yamanning qadimiy va Frantsiyaning Marsel shahridagi Le Korbyuz’e (Le Corbusier) bo’yicha birlashgan mashhur binolarida shamollatish tizimi doimi loyiha maqsadining oldinga siljishi bo’lgan. Binolarda sun’iy iqlim hosil qilishning zamonaviy tizimi oddiy texnik jihatdan shamollatish tizimi modernizatsiyalandi. Sovitish texnologiyasi isitish texnologiyasiga qaraganda ancha ko’p energiyani talab etadi. Yuz yil avval binolarda havo haroratini va namligini saqlash texnologiyasi tarqalmagan edi, shifoxonalarda yozgi davrda pastki havoni sovitish va qishki davrda yuqori havoni isitish oddiy yer osti yo’lidan foydalanilgan holda amalga oshirilgan. Ushbu yo’lda havo tezligi tahminan 3 m/s chegaralanganda, quvurning 50 m uzunligi tahminan 3-50C dan sovitish tezligini ta’minlagan. Shu bilan birga, quvur bo’yicha yetkaziladigan sovitish va havoni quritish vazifalari avtomatik tarzda sodir bo’ladi. Yo’l devorlari yuzasining harorati sovitadigan va isitadigan qobiliyatga ta’sir ko’rsatadi [1]. Ushbu shamollatish tizimining dizayni havoning namlanishini o’zgartirish va ichkariga juda yuqori sifatli tabiiy havoni qo’shilishi yordami bilan ishchi maydonning sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan (1- va 2-rasmlar). Konstruktsiya havo harakatini mexanik ravishda majbur qilmasdan va faqatgina zaruriy mexanikasi, ya’ni nasoslari shiftga suvni aylantirish uchun ishlaydi. Havo birinchi yo’l orqali haroratning (quyosh energiyasining ishlatilishini yaratilishi) farqi bilan so’rib olinadi va maydonga ikkita tashqi fasadlar orasidan tortiladi. Ushbu havo maydondagi haroratni yumshatadi va oddiy holatda derazani ochish orqali binoga ishlatilishi mumkin. Bunday konstruktsiya havo oqimini mustaqil ravishda boshqaradigan ba’zi foydalanuvchilarning mustaqilligini oshiradi. Tizim yetarlicha ishonchli va ko’plab o’ziga xos qarorlarni ilgari surganda ham samarali ishlaydi. Bu esa qat’iy moslashmaydigan va qotib qolgan ko’pgina “zamonaviy” binolarga qaraganda juda yoqimli atmosferani ta’minlaydi, ba’zi muhandislar va arxitektorlar shaxsiy e’tiborini derazalarni doimo yopish kerakligiga qaratishgan [2]. Download 102.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling