Inovatsiyalar vazirligi


CHigitli paxtani pnepmotransportda tashish


Download 2.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana22.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1794309
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
PTMA Tajriba 23.10.2023

CHigitli paxtani pnepmotransportda tashish. 
Pnevmotransport paxta tozalash sanoatida juda keng tarqalgan bo’lib, chigitli 
paxta va tolani tsexlararo va tsex ichida tashishda ishlatiladi. Pnevmortansport ikki 
xil: havo so’rish va havo haydash usullarida ishlaydi. 
so’rish sistemasida ventilyator 
trubadan havoni so’radi, shunda paxta havo bilan birga truba ichida harakatlanadi. 


Havo haydash sistemasida ventilyator havoni trubaga haydaydi va havo 
uzatilayotgap chigitli paxtani yoki chigitni o’zi bilan olib ketadi. 
Paxta tozalash sanoatida pnevmotransportning keng tarqalishiga asosiy sabab 
bu usulda chigitli paxta va uning mahsuloti tashilganda nobut bo’lishi, bundan 
tashqari, bu qurilma ixcham bo’lib, uning trubalarini zavod va paxta tayyorlash
punktlari territoriyasida hohlagan yo’nalishda o’rnatish mumkin. Lekin 
pnevmotransport boshqa qurilmalarga nisbatan ko’proq energiya istehmol qiladi. 
Odatda pnevmotransport paxta tozalash zavodining hamma tsexlarida uzluksiz 
texnologik jarayonigi ulangan bo’lib, uning normal ishlashi paxta tozalash zavodi 
va quritish-tozalash tsexlarining ish unumiga katta tahsir qiladi. CHigitli paxta 
tashishda pnevmotransportning uzunligi har xil bo’lib, o’rnatilgan ventilyatorning 
tipiga qarab 250 metr gacha bo’lishi mumkin. SHuningdek qurilmaning ish 
unumi ham har xil bo’lib, soatiga 12 tonna na undan ortiq bo’lishi mumkin. 1-
rasmda pnevmortansportniig har xil sistemada ishlash sxemalari keltirilgan. 
So’ruvchi pnevmotransport ustanovkasining sxemasi; I — chigitli paxta bunti;
II-zavodnnng tozalash tsexi. 
Chigitli paxtani tsexga va tsexlararo tashishda, tola va lintni asosiy tsexdan press 
tsexiga tashishda so’ruvchi sistema a qo’llaniladi. CHigitni tashishda ko’proq havo 
haydash sistemasi qo’llaniladi. Agar linter batareyasida ko’p linterlar o’rnatilgan bo’lsa, 
aralash so’rish-haydash sistemasi v qo’llaniladi. 
Paxta tozalash sanoatida pnevmotransportiing asosan so’rish sistemasi qo’llaniladi. 
Bu qurilma (- rasm) quyidagi asosiy elementlardan: pnevmatik trubaga paxta uzatgich1, 
ish trubasi 2, separator 3, so’rish trubasi 4, ventilyator 5, ishlatilgan havoni chiqarish 
trubasi 6, tsiklon dan iborat. 
Ventilyator ishlaganda so’ruvchi truba havoni so’rib oladi va natijada ish truba 
ichiga katta tezlikda havo kira boshlaydi. Qirayotgan havoga paxta qo’lda yoki mexanik 
uzatgich vositasida qo’shib yuboriladi. Havo paxtani muallaq holda o’zi bilan olib 
ketadi. Havo bilan aralashgan paxta separatorga kelib tushgach, uning tezligp bir 
oz pasayadi. 
Tezlikning pasayishi natijasida paxta bo’laklari havodan ajrala boshlaydi va 
pastga vakuum-klapapga yo’naladi. Separatorda paxtadan ajralgan changli havo 


so’ruvchi truba 4 orkali ventilyator 5 ga kelib, undan chikarish trubasi 6 orkali 
tashqariga chiqa-riladi yoki tsiklon yoki maxsus havo tozalovchi filg’tr orkali 
tozalangan havo atmosferaga chikarib yuboriladi. 
Pnevmotransport trubalarining asosiy qismi 600-700 mm chuqurlikda yerga 
ko’milib, bularga paxta berish uchun uzunligi 3-4 metrli ko’chma trubalar va 
tirsaklar ulanadi. Asosiy trubaga tayuq ulash joylari (lyuklar) paxta saqlanadigan 
omborlarga yaqin bo’lishi kerak.
So’rish trubasining yerga ko’milgal asosiy qism 2 mumkin qadar to’g’ri va 
gorizontal holda tirsaksiz bo’lishi kerak. Aks holda asosiy yo’lda burilishlar bo’lishi 
va uning gorizontal holda bo’lmasligi natijasida havoga ko’p qarshilik ko’rsatiladi va 
havo bo-simi sistemada kamayib ketadi. 
Asosiy yo’lda qalinlign 3 mm
li po’lat tunuka yoki asbest tsementli trubalardan 
foydalaniladi. Ulanuvchi tarmoq trubalari va tirsaklar 1,0-1,5 mm li tunukadan 
yasaladi. Asosiy trubalarni temir yo’l va binolar ustidan o’tkazishga to’g’ri kelganda 
ularni, havoda estakada ustiga o’rnatiladi. 
Paxta tozalash sanoatida odatda diametri 400, 420, 450 mm li trubalardan va 
tsexlararo pnevmotransportda kam quritish-tozalash tsexlarida diametri 320-350 mm li 
trubalardan foydalaniladi. Trubalarning bir-biri bilan ulangan joylari va uzluksiz 
jarayonga ulangan boshqa trubalar sistemasi tashqi muhitdan jips yopiq bo’lishi shart.
Paxta tozalash sanoatida asosan yuqori bosimli VTS markali markazdan 
qochirma ventilyatorlar ishlatiladi (- rasm). Markazdan kochirma ventilyator asosiy 
ish organi parrak 1, radial joylashgan kurakchalar dan iborat bo’lib, ular tik diska 
3 va parrak konus 4 ga maqkamlangan. Kurakchalarning pastki qismi chiqish 
teshigi aylanishiga qarab egilgan bo’lib, u havo kirishda bosim yo’qolishini 
kamaytiradi. Ventilyatorning ichki qismi ishqalanishdan tez yeyilgani uchun unga vaqt-
vaqti bilan almashtiriladigan muhofaza moslama 7 o’rnatiladi. Markazdan qochirma 
ventilyatorlarning kojuxi buriladigan qilib yasalgan bo’lib, havo chiqish teshigidan 
30° dan turli tomonga burish mumkin. 
Parraklar elektromotor 8 dan elastik mufta 9 orkali harakatga keltiriladi. 
Ventilyator podshipniklari 10 fundamentga mahqamlangan tumba  ga o’rnatilgan. 
Markazdan qochirma tipdagi VTS- 8 M, VTS- 10 M va VTS- 12 M 
ventilyatorlarining asosiy konstruktiv o’lchamlari 1-jadvalda va paxta tozalash 
sanoatida ishlatiladigan ventilyatorlarning texnik xarakteristika 2- jadvalda 
keltirilgan. 
VTS- 10 M ventilyatori asosan tsexlararo va zavod ichida chigitlp paxta tashishda 
ishlatiladi. VTS- 12 A ventilyatorlari asosan paxta saqlanadigan joydan quritish-tozalash 
yoki tozalash tsexlariga chigitli paxtani tashishda ishlatiladi. VTS- 10 M va VTS- 12 M 
ventilyatorlarining konstruktsiyasi ularning so’rishga yo’naltiruvchi apparat 
o’rnatishga imkon beradi. Bu moslama ventilyatorning aerodinamik xarakteristikasini 


yaxshilab beradi. Bu holda ventilyatorning ish rejimi yo’naltiruvchi apparat yordamida 
rostlanadi. 

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling