Inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish
Download 32.29 Kb.
|
Xalqaro moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonlanish fazasida
- Yuksalish fazasida
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. Davlat toiov balansini tartibga solishga (valuta intervensiyalari ko‘rinishida) aralashmasa quyidagi tenglik bajarilishi lozim. Joriy operatsiyalar hisobi _ Kapital va moliyaviy vositalar bilan balansi qoldig‘i operatsiyalar hisobi balansi qoldig‘i To‘lov balansida balanslashtiruvchi modda sifatida, XVF taklifiga ko‘ra mamlakat valuta zaxiralari (oltin, xorijiy valuta, XVFdagi mamlakatning zaxira pozitsiyasi, SDR aktivlari) bilan amalga oshirishgan operatsiyalar, valuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organlarining xalqaro tashkiiotlar oldidagi maj- buriyatlari, SDRlar taqsimoti olingan. Qaysi mamlakatda tashqi savdo operatsiyalarining hisobi aniq yuritilsa, mustahkam va barqaror tendensiya bilan o‘zgarsa, maz- kur modda qiymati katta bo‘lmaydi (ya’ni eksport yoki import hajmiga nisbatan u 5—7% darajasida bo‘lsa, o‘rta (normal) holat hisoblanadi). Mamlakat to‘lov balansi mahsulot va xizmatlar bozori moli- yaviy oqimi uzviy aloqaga ega. Bu aloqadorlikni milliy hisob- chilik tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin: Y=C+I+G+Xn (1) Bu yerda: Y — yalpi milliy mahsulot hajmi; C — iste’mol xara- jatlari hajmi; 1 — investitsion xarajatlar hajmi; G —davlat (budjet) xarajatlari hajmi; Xn— mamlakatning sof eksport hajmi. Mazkur tenglikni quyidagi shaklga almashtirish mumkin: Y -C -G =I+X n (2) Natijada, (Y— C— G) ushbu holat milliy jamg‘arish (S) hajmini ifodalab, tenglikni quyidagi shaklda yozish imkonini beradi: S=l+Xn (3) Bir mamlakat iqtisodiyotida milliy jamg‘arish hajmi(S)ni ik- kiga ajratib ko‘rsatish ham mumkin (S=S,+S7). Ya’ni shaxsiy jamg‘arma (S, = Y—T) va davlat jamg‘armasi (S2 =T—G). Bu yer- da: T — davlat budjetiga soliqlardan tushum va majburiy to‘lovlar hajmi. (3) formuladan tenglikning bir tomoniga barcha ko‘rsatkich- larni olib o‘tgan holda, milliy hisobchilik tizimida juda muhim bo'lgan quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz: (I—S)+Xn=0 (4) Mazkur ifoda, milliy hisobchilik tizimida kapitalni jamg‘arish (I—S) uchun xalqaro mablagiar oqimi va xalqaro tovar hamda xizmatlar oqimi (Xn) o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsatib beradi. Tenglikning har bir boiagi toiov balansi bilan bogiiq o‘z nomiga ega, ya’ni: (I—S) — toiov balansida kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigini ko‘rsatadi. 258 Xn — toiov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi qoldigini ko‘rsatadi. Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi (I—S) mamlakat ichidagi jamg‘armadan investitsiyalar- ning ortiq qismini ko‘rsatadi. Mamlakat ichidagi investitsiyalar jamg‘armadan ochiq iqtisodiyot sharoitida ortiq boiishi mum- kin. Chunki investorlar o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun mamlakat ichidagi jamg‘armadan ortiqcha mablag‘ni faqat ja- hon moliya bozoridan jalb etadi (oladi). Joriy operatsiyalar hisobi qoldigi (Xn) mamlakatning sof eksporti evaziga xorijdan olingan mablagiarni anglatadi. (1—S)+Xn=0 = BP (Balance of Payments) Agar, (I—S) qiymat ijobiy boisa va (Xn) manfiy boisa, kapi- tal va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi ijobiy va joriy operatsiyalar hisobi qoldigi salbiy (defitsit) boiganligini anglatadi. Bu esa, biz jahon moliya bozoridan qarz olgan holda, o‘zimizning eksportimizdan ko‘p import qilganligimizni bildiradi. Agar, (I—S) qiymat manfiy (taqchillik) boisa va (Xn) ijobiy boisa, kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi qoldigi salbiy (defitsit) va joriy operatsiyalar hisobi qoldigi esa profitsit boiganligini anglatadi. Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling