Inshoot holatini texnik ko`rsatkichlari nazorati orqali gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash
Maxsus uskunalar bilan jihozlangan GTIlar uchun xavfsizlik talablari
Download 30.08 Kb.
|
Inshoot holatini texnik ko`rsatkichlari nazorati orqali gidrotexnika inshootlari xavfsizligini baholash
Maxsus uskunalar bilan jihozlangan GTIlar uchun xavfsizlik talablari
. Har bir nasos stansiyasining dvigatel konstruksiyalarida ko‘rsatilgan podshipniklarni va elektrdvigatellar stator simlarining harorati va bosim ko‘rsatkichini nazorat qilish uchun manometr, vaakummetr (qo‘yilishga ega emas nasoslar uchun), termometrlar yoki termosignallar bo‘lishi kerak. Agregatlar (asosiy va yordamchi), zatvorlar va qopqoqlar qurilmalari bo‘yalgan, raqamlangan bo‘lishi va quvurlar yo‘nalishidagi stryelkalar suv aylanish oqimining hamda shturvallar aylanish yo‘nalishini, shuningdek quyi va yuqori sathida nazorat qilish uchun suv o‘lchash uskunalari va qurilmalari hamda to‘qmoqlar yoki boshqa nazorat organlari (qopqoqlar, zatvorlar va hokazo) ko‘rsatilishi kerak. Nasos agregatlarini ishga tushirish va to‘xtatish hamda o‘tish jarayonlari bilan nasos stansiyalariga tutashgan inshootlarning ishlash texnologiyasi hisobga olingan holda, loyiha yo‘riqnomasi va ulardan foydalanish ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Mashina va qurilmalarning barcha harakatlantiruvchi qismlari muhofazalangan bo‘lishi kerak. Olib tashlangan va yaroqsiz mexanizmlarning ishlashi hamda ishchi mexanizmlari bo‘yicha har qanday operatsiyalar ishlab chiqishda taqiqlanadi. Qurilmalarning ishlashi paytida himoya vositalarini olib tashlash, ta’mirlash va qo‘lda harakatlanadigan qismlarni to‘xtatish taqiqlanadi. . Avtomatik rejim tizimida ishlamaydigan, xizmat ko‘rsatish xodimlari nazorati ostida, ularga xizmat ko‘rsatishga ruxsatga ega bo‘lmagan nasos stansiyalarini nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi. . Avtomatik tizimda ishlaydigan nasoslarni tekshirishning davriyligi foydalanish yo‘riqnomasi bilan belgilanadi. . Nasos stansiyasida oldindan belgilangan ish rejimi, mavjud kamchilik va avariyalar hamda barcha shovqinlar haqida stansiya katta navbatchisi boshliqni yoki dispetcherni xabardor qilishi kerak. . Nasos agregatlarini ishlatganda, foydalanish yo‘riqnomasi talablariga rioya qilinishi kerak. 72. Nasos stansiyalarining elektr uzatish liniyalarini ta’mirlashda ajratish va ishga tushirish qurilmalarida “Qo‘shmang, odamlar ishlayapti” deb nomlangan ogohlantiruvchi plakatlar osilgan bo‘lishi kerak. . Nasos stansiyalariga xizmat ko‘rsatish maxsus o‘qitilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ular stansiya uskunalari ishlashini tekshirishi maxsus jurnallarda qayd etiladi. . Suzuvchi nasos stansiyasining (zemsnaryad) suvga tushishi foydalanuvchi tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq amalga oshirilishi kerak. . O‘rnatish maydonchasida suzuvchi nasos stansiyasi (zemsnaryad) mahkam biriktirib qo‘yilgan bo‘lishi kerak va uni ishlatilishini ta’minlash uchun bo‘linma bilan ikki tomonlama simli yoki radio aloqasi bo‘lishi kerak. . Suzuvchi nasos stansiyasi pontonlari (zemsnaryad) oqim paydo bo‘lganda avariya tovushi va yorug‘lik signaliga ega bo‘lishi kerak. Ponton krenomer (og‘ish, qiyshayishni o‘lchaydigan asbob) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ponton og‘ishi nasos agregatlarining pasportlarida ko‘rsatilgan og‘ish miqdoridan oshib ketmasligi kerak (zemsnaryad). Oqimning va og‘ishning kuchayishini tezda yo‘q qilish kerak bo‘ladi. . Xizmatchi xodimlar qutqaruv kiyim (jilet)lari bilan ta’minlanishi kerak va nasos stansiyasida (zemsnaryad) ikkitadan kam bo‘lmagan qutqaruv kiyimlari bo‘lishi lozim. . Suzuvchi nasos stansiyalari pontonlari (zemsnaryad) kamida uch yilda bir marta tekshirilishi kerak va zarur bo‘lganda ularni ta’mirlash va bo‘yash ishlari bajarilishi kerak. . Nasos stansiyasida materiallar, diametrlari, uzunligi, quvurlar joylashgan chuqurligi, tarmoq obyektlarining joylashgan joyi (piket), qurilma, rostlovchi va himoya armaturalari, trassalar aylanish burchaklari, boshqa yer osti tarmoqlari bilan kesishuvlar hamda barcha ijro etuvchi qurilish hujjatlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan reja-sxema bo‘lishi kerak. . Nasos stansiyalarining quvur liniyalarini va gidroelektrstansiyalarni yer osti qistirmalar (prokladka)ini ishlatish jarayonida quyidagi hollarda kuzatish: quvurlarning cho‘kishi va o‘zgarishi (deformatsiya) hamda tayanch qurilmalarining holati; qobiqning holati (izolatsiya yoki korroziyaga qarshi qoplama); choklar, bo‘g‘inlar, gardishli (flansli) ulanishlarni zichligi; uzatgichlar, quvurlar armaturalari, vakuumli so‘rish klapanlari va boshqalarni holati va ishlashi. . Yer osti suv o‘tkazgich quvurlaridagi buzilishlarni aniqlash uchun: suv o‘tkazgich quvuri va unga yaqin joyda tuproq cho‘kishi; quvur trassasiga bevosita yaqin bo‘lgan odatda quruq kyuvet (ariqcha) va zovurlarda suv paydo bo‘lishi; tarmoqning qo‘shni uchastkalarida o‘rnatilgan manometrlardagi bosim farqi ustidan tizimli kuzatuvlar o‘tkazilishi kerak. . GTIlar suv quvurlarining holatini kuzatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanish yo‘riqnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. . Loyqa suvlarni haydovchi (pulpovod)lar trassasi bo‘ylab uzatgichlar hamda qo‘zg‘almas tayanchlar holatini kuzatib borish, zarurat bo‘lsa, ularni ta’mirlash lozim bo‘ladi. . Har chorakda, kamida bir marta quvur liniyalari armaturalari, zarbalarga qarshi vositalar va teskari klapanlar ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Ko‘rik natijalari mas’ul shaxslar ro‘yxati bilan maxsus jurnalda aks ettirilishi kerak. . Devorining qalinligi yemirilishga uchragan quvur liniyalari qismlari almashtirilishi lozim. Devorlarning yemirilish qalinligi GTIning xavfsizlik mezonlari bilan tartibga solinadi. . Qurilma armaturalari va zarbalarga qarshi vositalardan foydalanish loyihaga va mahalliy foydalanish yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Quvurlar va armaturalarni bosim ostida ta’mirlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish taqiqlanadi. . Metall va temir-beton suv o‘tkazgichlarini suv oqimlaridan korroziyaga qarshi nazorat qilish loyihada ko‘rsatilgan usul va muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Agarda elektrokorroziya aniqlansa, loyiha va ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan birgalikda quvurlarni himoya qilish va himoya tadbirlarini qisqa muddatda bajarish uchun texnik yechimlarni olish kerak bo‘ladi. . Barcha aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar GTIning tekshirishlar jurnalida qayd etilishi kerak. . Nasos stansiyasi va uning boshqa inshootlarini, shuningdek gidroelektrstansiyaning gidrotexnik qismini ishlatish uchun mas’ul shaxslar stansiya boshlig‘i tomonidan tayinlanadi. . Foydalanishdan avval, gidroelektrstansiyalar va nasos stansiyalarining bosimli suv quvurlari va qurilmalari kapital ta’mirdan o‘tkazilganidan so‘ng, amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari, qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazilishi kerak. Download 30.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling