Geodeziya fani va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati reja


Download 17.62 Kb.
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi17.62 Kb.
#1744420
  1   2   3
Bog'liq
Geodeziya fani va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati reja


GEODEZIYA FANI VA UNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
REJA:

  1. Geodeziya fani va uning vazifalari

  2. Geodeziyaning qisqacha rivojlanish tarihi

  3. Geodeziyaning boshqa fanlar bilan aloqasi va uning halq hoʻjaligidagi ahamiyati

  4. Foydalanilgan adabiyotlar


1.Geodeziya fani va uning vazifalari
Insoniyatni asosiy hoʻjalik faoliyati azaldan er sirti va uni foydali qazilmalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlib kelgan. Bu masalani izchil va maqsadga muvofiq xal etish er rasmini oʻrganishva uni sirtida oʻlchashlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. SHundae qilib geodeziya, Erning rasmi va uning oʻlchamlarini aniqlash, er sirtida oʻlchashlarni bajarib uning boʻlaklarini karta, plan va profillarda tasvirlash xamda turli injenerlik inshootlarini qurish hamda er tabiiy resurslaridan foydalanishni geodezik oʻlchashlar bilan taaminlash toʻgʻrisidagi fandir.
Buyuk nemis olimi Friedrik Robert Gelmertning taarifiga koʻra (1880 y.) «geodeziya –(γη(geo)=er, δαιω(deziya)=boʻlish, oʻlchash) er yuzasini oʻlchaydigan va tasvirlaydigan fandir».
Geodeziya fanining vazifalari ilmiy va ilmiy–texnikkaga boʻlinadi.
Bosh ilmiy vazifasi Erning rasm va oʻlchamlari xamda uning tashqi gravitatsiya maydonini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari geodeziya erning strukturasi va ichki tuzilishini, er qobigʻini gorizontal va vertikal deformatsiyasini, er qutiblarini siljishi va boshqalarni oʻrganishda xam katta rol oʻnaydi.
Geodeziyani ilmiy-tehnik va amaliy vazifalari koʻpdan-koʻpdir. Umumlashtirib aytganda ular quyidagilardan iborat:
- er sirtidagi aloxida nuqtalar oʻrnini tanlangan koordinatalar sistemasida aniqlash;
- turli maqsadlar uchun, turli batafsillik va aniqlikdagi joy plani va
kartalari xamda profillarini tuzish;
- turli injenerlik inshoatlarini loyixalash, qurish va foydalanishda, qishloq va suv hoʻjaligi ishlab chiqarishda xamda Erning tabiiy boyliklaridan foydalanishda bajariladigan turli koʻrinish va harakterdagi aniqlikdagi inshootlarni loyixalash, qurish va foydalanish uchun zarur geodezik oʻlchashlarni bajarish;
- davlat (mamlakat) mudofaasi maqsadlarini geodezik maalumotlar va kartografik materiallar bilan taaminlash.
Geodezik ishlar maqsadi va tavsifiga koʻra ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1. Zamonaviy takomillashgan geodezik asbob va tehnologiyalardan foydalanib dala oʻlchash ishlarini bajarish.
2. Dasturiy taaminot va kompyyuter tehnologiyasidan foydalanib oʻlchash natijalarini ishlab chiqish, grafik materiallarni joy raqamli
modelini tuzish va rasmiylashtirish.

Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling