Geodeziya fani va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati reja
Geodeziyaning qisqacha rivojlanish tarixi
Download 17.62 Kb.
|
Geodeziya fani va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Geodeziyaning boshqa fanlar bilan aloqasi va uning xalq hoʻjaligidagi ahamiyati
2. Geodeziyaning qisqacha rivojlanish tarixi
Geodeziya eng qadim fanlardan biri boʻlib, er oʻlchash, er maydonlari chegaralarini aniqlash, hoʻjalik maqsadlari uchun plan, kartalar tuzishga extiyoj paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Uning tarihi eramizdan bir necha asr ilgari Qadimgi Misrda erlarni oʻlchash va taqsimlash, Nil daryosi xavzasida erlarni sugʻorish uchun kanallar qazishda va geodezik ishlarni olib borishdan boshlangan. Miloddan 7 asr ilgari Qadimgi Vavilon va Assiriyada sopoldan yasalgan tahtachalarda geografik kartalar yaratilgan boʻlib, unda iqtisodiy harakterga ega maalumotlar keltirilgan edi. Inson qadimdan yulduzlar va sayyoralarni kuzatish orqali Erning rasmini aniqlash bilan shugʻullanib kelgan. Eratosfen miloddan 3 asr ilgari Misrda gradusli oʻlchashlar deb nom olgan er sirtidagi oʻlchashlar orqali toʻgʻri ilk bor Er sharining radiusini aniqlagan. Miloddan 2 asr ilgari astronomlar va matematik olimlar joyning geografik kengligi va uzoqligi toʻgʻrisida tushuncha kiritdilar, dastlabki kartografik proektsiyalarni ishlab chiqdilar, kartalarda meridian va parallel toʻrlarini tushirdilar, astronomik kuzatishlar orqali er sirtidagi nuqtalarning oʻzaro oʻrnini aniqlashning dastlabki usullarini taklif etdilar. IX asrning boshida Bagʻdod shaxrida tashkil etilgan “Bayt ul-xikma” ilmiy markaz olimlari tomonidan Mosul shaxri yaqinida “gradus oʻlchash usuli” da oʻlchashlar bajarilib, Er sharining radiusi aniqlangan. Oʻrta osiyolik mashxur olim Abu Rayxon Beruniy oʻz faoliyati davomida 150 ta ilmiy asar yozgan boʻlib, shulardan 40 tasini geodeziya faniga bagʻishlagan. U tomonidan 1023 yilda Erning oʻlchamlarini aniqlashga oid faol izlanishlar olib borilib, Er radiusi 6339,6 km ga teng ekani eatirof etilgan. Geodeziyaning zamonaviy rivojlanishi XVII asrning boshiga toʻgʻri keldi. Galiley tomonidan koʻrish trubasining ihtiro etilishi, trigonometriya va analitik geometriya xisoblashlarining joriy etilishi tufayli er sirtida oʻlchashlarni bajarish va tasvirlash usullari ancha takomillashdi. 1615–1617 yillarda geodeziyaning rivojlanishiga katta xissa qoʻshgan gollandiyalik olim Snellius triangulyatsiya usulini ishlab chiqqan. Ushbu usul xanuzgacha topografik sayomkalar uchun tayanch nuqtalar oʻrnini aniqlashning asosiy usullaridan biri xisoblanadi. Bundan tashqari, burchak oʻlchash asbobi boʻlmish teodolitning ihtiro etilishi va uning koʻrish trubasining iplar toʻri bilan taaminlanishi triangulyatsiyada burchaklarni oʻlchash aniqligini oshirishga imkon yaratdi. 3. Geodeziyaning boshqa fanlar bilan aloqasi va uning xalq hoʻjaligidagi ahamiyati Download 17.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling