Insituti biologiya o’qitish metodikasi
Ikkilamchi davriy ekologik omillar
Download 47.5 Kb.
|
MUS TALIM BOTANIKA
Ikkilamchi davriy ekologik omillar.
Tabiiy muhitda davriy omillarning o'zgarishi natijasida ikkilamchi davriy omillarning o'zgarishi kelib chiqadi. Ikkilamchi davriy omillar birlamchi davriy omillar bilan qanchalik yaqin va aloqador bo'lsa, ikkilamchi davriy omillarning muntazamligi shunchalik aniq ko'rinadi. Jumladan, havoning namligi ikkilamchi omil bo'lib, harorat bilan doim o'zaro bog'langan. Tropik mintaqalarda namlik, yomg'ir yog'ishi, kun yoki faslning o'zgarishiga bog'liq. Ikkilamchi davriy omillarga o'simliklarning ozuqalanishi misol bo'lib, shu ozuqalanishning yuzaga kelishi vegetativ davrga bog'liq. Suv muhitida kislorodning, mineral tuzlarning miqdori, suvning loyqaligi, suv sathi, uning oqish tezligi ham ikkilamchi davriy omillar hisoblanadi. Lekin ularning davriyligi doimiy emas, chunki unday omillar birlamchi ekologik omillarga kirmaydi, ular davriy omillarga to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita qaramdirlar. Ikkilamchi davriy omillarga ichki biotik ta'sirlar ham kiradi. Chunonchi, populyatsiya ichidagi tur vakillarining bir-birlari bilan munosabatlari iqlimning yillik siklik o'zgarishlari bilan bog'langan. Ikkilamchi omillar birlamchilar kabi qadimiy davriy omillar emas, ikkilamchi omillarga tirik organizmlar uncha uzoq bo'lmagan davrlarda moslashgan va bu holat o'simliklarning suv-yer-havo muhitida yashashidan boshlangan. Shuning uchun ham o'simliklarning havo namligiga moslashishlari haroratga nisbatan uncha kuchli emas. Ularning havo namligiga oid chidamlilik doirasi, haroratga nisbatan chidamlilik doirasidek keng diapazonga ega emas. Ozuqa, yem-xashakka nisbatan moslashishi har xil boigani bilan ko'pincha juda chegaralidir. Ikkilamchi davriy ekologik omillar ma'lum hududlar ichida turlarning ko'p va boy tarqalishiga sabab bo'lsa-da, ularning o'zgarishi, yangi turlarning kelib chiqishiga olib kelmaydi. Tabiatda tirik organizmlar uchun hayotiy ekologik omillar bir vaqtda hammasi birdan ta'sir qiladi. Bu holat o'simlikshunoslikda hosildorlikning kamayishiga olib keladi, degan qonun noto'g'ri ekanligini ko'rsatadi. Ya'ni, agrotexnik qo'llanishlar natijasida bir necha ekologik omillarning majmua ta'sir qilish qonuni bo'yicha qishloq xo'jaligida optimal agrotexnik qo'llanishlar ishlab chiqilib, yuqori hosil olish imkoniyati tug'iladi. Biz yuqorida qayd qilib o'tganimizdek, tirik organizmlarning hayoti uchun majmua ekologik omillar bir xil emas, ular har xil turlarga va ularning rivojlanish davrlariga turlicha ta'sir qiladi. Masalan, kuz va qishning boshlanishida kuzgi bug'doy uchun past harorat (2-5°C) kerak, bahorda esa o'sib chiqqan bug'doy o'simtalarining tezroq o'sishi, rivojlanishi uchun biroz yuqori harorat (12-16°C) talab qilinadi. O'simliklarning bunday holati o'simlikshunoslikda teng fiziologik qonun va ekologik almashinmasligi, deb aytiladi. (Korenev va boshqalar, 1990). Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling