Insituti biologiya o’qitish metodikasi
Nodavriy ekologik omillar
Download 47.5 Kb.
|
MUS TALIM BOTANIKA
Nodavriy ekologik omillar.
Organizmning yashab turgan normal muhitida bo'lmaydigan, birdan kelib chiqadigan, keyinchalik yo'qolib ketadigan omillarga nodavriy omillar deyiladi. Shuning uchun ham bunday omillarga organizmlar moslashib ham ulgurmaydi. Nodavriy omillarga: shamol, chaqmoq, yong'in kabilarni, insonlarning tabiat bilan faoliyati, yirtqichlar, parazitlar, zararli hasharotlar, zamburug'larni ham kiritish mumkin. Keyingi misollar organizmlardagi «biotik omillar»dan kelib chiqadi. Lekin bu yerda o'ziga xos tushuncha bor. Masalan, (abiatda uchraydigan xo'jayin-parazit munosabatida xo'jayinning parazitga ta'sirini ikkilamchi davriy omillarga kiritish mumkin, chunki xo'jayin tanasi parazit uchun normal yashash joyi. Lekin rivojlanish uchun parazitning bo'lishi shart cmas. Shu holat davriy omilga o'tadi. Ko'pchilik holatlarda organizmlarning nodavriy ekologik omillarga moslashish xislati bo'lmaydi. Nodavriy ekologik omillar, asosan ma'lum joydagi tur vakillarining soniga ta'sir qilib, tur areali, individual rivojlanishini o'zgartirmaydi. Nodavriy omillarni nazariy o'rganish natijasida qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi choratadbirlar ishlab chiqishda qo'l kelishi mumkin. Muhitning ayrim yoki bir guruh ekologik omillari ta'sirining o'sib yoki kamayib borishida o'simliklar birliklari -fitotsenozlarining joylashishiga ekologik qatorlar, deb ataladi. Masalan, ba'zi qiyalikning yuqori qismida tuproqning quruq, pastki qismida esa namlikning ko'pligi yoki tuproqning kam quruq ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun ham qiyalikning ikki joyida o'simlik turlari, ularning qalinligi har xil. Ayrim turlar qiyalikning yuqori, ba'zilari o'rta, uchinchi guruh o'simliklar va uning pastki qismlarida o'sadi. Natijada tuproq namligining ortishi yoki kamayishiga qarab, o'simliklar yuqoridan pastga qarab, ma'lum qatorda joylashadi, ya'ni, quruqlikni sevuvchi o'simliklar qiyaning yuqori qismida, namlikka moslashgan turlari esa pastroqqa joylashadi. O'simliklarning bunday ekologik qatorlarini issiqlik, tuproqning sho'rlanishi, o'simliklarning shamolga chidamliligi kabi omillarga nisbatan ham chizish mumkin. O'tloqzorlarda pastlikdan tepalikka, tekislikdan adir mintaqasiga qarab ham o'simliklarning guruhlari, turlari va ular tashkil qiladigan qatorlar o'zgaradi. O'simliklar qatorining ichida 6-8-10 lab, ularning assotsiatsiyalarini ajratish mumkin. Ular ichida chegaralarni aniqlash ayrim hollarda qiyin bo'ladi. Chunki ekologik sharoitning shu joyda asta-sekin o'zgarishidan bir fitotsenoz ichidagi turlarni ikkinchi senoz maydoniga tarqalib, oraliq kichik senozlar hosil qilishi fitotsenozlar chegaralarini chalkashtirib yuboradi. Download 47.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling