Inson bilan tashkilotning oʻzaro munosabati Reja: - Reja:
-
- Insonning tashkilotga kirishi
- Insonga tashkilotda o‘zini tutishni o‘rgatish
- Inson bilan tashkilotning o‘zaro munosabati
Insonning tashkilotga kirishi - Insonning tashkilotga kirishi
-
- Shubhasiz, har bir inson o‘z hayoti davomida tashkilotga kirish jarayonini bir necha bor boshidan kechirishiga to‘g‘ri keladi. Tashkilotda bo‘lish va unga kirish – bir xil narsa emas. Insonning tashkilotga kirishi bir qator muammolarning yechimi bilan bog‘liq. Birinchidan, bu - insonning yangi muhitga moslashishi, ushbu jarayon hamma vaqt ham muvaffaqiyatli kechavermaydi, uning muvaffaqiyati inson bilan tashkiliy muhit (tashkilotdagi insonlar doirasi) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga bog‘liq. Ikkinchidan, bu - inson xulqining o‘zgarishi, usiz ko‘p holatlarda tashkilotga kirib bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu - tashkilotdagi o‘zgarishlar. Ilmiy muammolar nafaqat insonning tashkilotga kira olish-olmasligini, balki u tashkilotda qanday ishlashini, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatni qanday yo‘lga qo‘yishini belgilab beradi.
Tashkilotning qadriyatlar tizimini, asosiy me’yorlar va qoidalarni o‘rganish kabilar yangi a’zo uchun tashkilotga muvaffaqiyatli kirishning muhim sharti hisoblanadi, agar inson ularni bilmasa, u bilan atrofidagilar o‘rtasida keskin nizolar kelib chiqishi mumkin. Bunday me’yorlar va qadriyatlarni o‘rnatish menejerlar va kadrlar xizmatining vazifasiga kiradi. Tashkilotga kelgan inson ularni o‘rganish zarurligini anglab yetishi va bunga tashkilotga kirish “narxi” ning bir qismi sifatida qarashi lozim. Tashkilotga kelgan inson bu unga o‘zi bilan atrofidagilar o‘rtasida kelib chiqishi umkin bo‘lgan ixtiloflar uchun “to‘lov” ni qisqartirishga yordam berishini tushunishi kerak. - Tashkilotning qadriyatlar tizimini, asosiy me’yorlar va qoidalarni o‘rganish kabilar yangi a’zo uchun tashkilotga muvaffaqiyatli kirishning muhim sharti hisoblanadi, agar inson ularni bilmasa, u bilan atrofidagilar o‘rtasida keskin nizolar kelib chiqishi mumkin. Bunday me’yorlar va qadriyatlarni o‘rnatish menejerlar va kadrlar xizmatining vazifasiga kiradi. Tashkilotga kelgan inson ularni o‘rganish zarurligini anglab yetishi va bunga tashkilotga kirish “narxi” ning bir qismi sifatida qarashi lozim. Tashkilotga kelgan inson bu unga o‘zi bilan atrofidagilar o‘rtasida kelib chiqishi umkin bo‘lgan ixtiloflar uchun “to‘lov” ni qisqartirishga yordam berishini tushunishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |