Inson bilan tashkilotning oʻzaro munosabati


Inson bilan tashkilotning o‘zaro munosabati


Download 26.21 Kb.
bet8/9
Sana10.11.2023
Hajmi26.21 Kb.
#1762645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Inson bilan tashkilotning oʻzaro munosabati

Inson bilan tashkilotning o‘zaro munosabati

  • Inson bilan tashkilotning o‘zaro munosabati
  • Inson bilan tashkilotning har qanday o‘zaro munosabati ikki tomonlama xususiyatga ega. Inson o‘z mehnati, o‘zining harakatlari bilan tashkilot tomonidan vazifalarning hal etilishiga yordam beradi. Bunda tashkilot insonga uning xavfsizlik, hurmat, o‘zini ifodalash, shaxsni shakllantirish, qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda yordam bergan holda unga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro munosabatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, ichki hayot faol bo‘lgan tashkilotlarda insonlar sog‘lom va yaxshi ahloqqa ega, ular tashqi ta’sirlardan yaxshiroq himoyalangan bo‘lib, yakkalatib qo‘yilgan holatdagi yoki ixtilofli guruhlardagi insonlarga qaraganda samaraliroq ishlashi qayd etilgan.

Tashkilotning insonga ta’sirlari turli ko‘rinishlarga ega. Insonning xulqida tashkilotning ta’siri ostida yuz beradigan ayrim jiddiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat.

  • Tashkilotning insonga ta’sirlari turli ko‘rinishlarga ega. Insonning xulqida tashkilotning ta’siri ostida yuz beradigan ayrim jiddiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat.
  • Birinchi galda, insonning idrok qilish, motivatsiya, e’tibor sohasi, baholash tizimi kabi xususiyatlarining o‘zgarishi yuz beradi. Inson tashkilotning boshqa a’zolari manfaatlariga e’tiborni kuchaytirish hisobidan o‘zining e’tibor sohasini kengaytiradi.
  • Ikkinchidan, tashkilotda inson muayyan nisbiy «vazn» ga ega bo‘ladi. Tashkilot nafaqat topshiriq va rollarni taqsimlaydi, balki har bir insonning nuqtai nazarini ham belgilab beradi. Guruhning ko‘plab a’zolari uchun ushbu tavsif ularning tashkilotdagi lavozim nuqtai nazaridan muhimroq bo‘lishi mumkin.
  • Uchinchidan, tashkilot individga o‘z «men» ini yangicha his etishga yordam beradi. Inson o‘zini tashkilot bilan identifikatsiyalay boshlaydi.
  • To‘rtinchidan, tashkilotda bo‘lib, qarorlarni ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etib, inson hech qachon yakka o‘zi bermagan takliflar va g‘oyalarni berishi mumkin.

Download 26.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling