Inson ehtiyojlari psixologiyasi


Absolyut va nisbiy ehtiyojlar


Download 45.5 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1099010
1   2   3
Bog'liq
1363006470 41998

Absolyut va nisbiy ehtiyojlar. Ehtiyoj so`zining lug`aviy ma`nosi tabiiy yoki ijtimoiy hayot taqozosidir. Ta`rifda ikki ehtiyoj ajratib ko`rsatiladi. Dastlabki azaliy ehtiyojlar (tabiy, tug`ma yoki organizmga xos bo`lgan ehtiyojlar) va orttirilgan, keyin paydo bo`lgan ehtiyojlar (madaniy va ijtimoiy ehtiyojlar) bo`lib, ular tajriba, atrof-muhit va jamiyatning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir.
J.Keynesning absolyut va nisbiy ehtiyojlar o`rtasidagi farqi ham shunga o`xshab ketadi. Uning fikricha “absolyut ehtiyojlarning ma`nosi shuki, biz ularni boshqa kishilar bilan qanday ahvolda ekanligidan qat`iy nazar xis qilamiz, nisbiy ehtiyojlarning ma`nosi shuki, bunday ehtiyojlar qondirilganda o`zimizning boshqalardan ustundek sezamiz”. Absolyut ehtiyojlarni to`yintirish mumkin, nisbiy ehtiyojlarni esa to`yintirib bo`lmaydi. Nisbiy ehtiyojlarning to`yintirishning mumkin emasligiga sabab shuki, ularning umumiy darajasi yuksalgan sari bu darajadan ham yuqori ko`tarilish istagi kuchayib boraveradi. Bunday sharoitlarda nisbiy ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi ishlab chiqarish ularni rivojlantirish bilan bir xildirdir. Mana shuning uchun ham turmush darajasi absolyut jihatdan yuksalgan kishilar o`zlari doim havas bilan qaragan kishilarning o`zlaridan ko`ra yaxshiroq yashay boshlaganini ko`rsalar, o`zlarini yomon his qiladilar, ya`ni Kotta (Cotta) yozganidek “ba`zilar uchun zeb ziynat va hasham hisoblangan narsalar birovlar uchun zaruratga aylanadi”. Voqelik bilan istak xohishlar o`rtasidagi masofa qoniqmaslik darajasi kuchaygan sari o`zgarib boradi.
J.Gelbreytning ta`kidlashicha, ehtiyojlarni to`yintirish mumkin, reklama esa “ilgari mavjud bo`lmagan istaklarni yuzaga keltirish uchun” sun`iy ehtiyojlarning vujudga kelishiga javobgardir. Aslida Gelbreyt o`z tahlilida ehtiyojlar bilan talabni adashtirib yuborgan. Reklama ilgari mavjud bo`lgan va talabga aylana olmagan ehtiyojni aniqlashda yordam berishi mumkin, chunki bu talabga mo`ljallangan tovar hali yo`q edi. Albatta, bir ehtiyoj mavjud bo`lib, uni qondiradigan tovar hali mavjud bo`lmasligi ham mumkin. Reklama ehtiyoj haqida xabar berar ekan, talabni hosil qiladi, ehtiyojlarni esa hosil qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, reklama mavjud bo`lgan, biroq aniqlanmagan ehtiyojlar uchun talab hosil qilishi mumkin.
Xuddi shu kabi, Gelbreyt foydalangan “sun`iy” ehtiyoj tushunchasi ham ehtiyojlarning chegaraviy foydalilik darajasi haqida fikr yuritishni belgilab beradi. Demak, Gelbreytning tahlillaridan kelib chiqadigan xulosa – bu yangi “sun`iy” ehtiyojlarning chegaraviy foydalilik darajasidir. Masalan, foydalilik kichik miqdorda bo`lsada, mavjuddir. Yangi ehtiyojlarning paydo bo`lishini har doim oqlash mumkin.
Absolyut va nisbiy ehtiyojlar o`rtasidagi farq unchalik aniq ravshan emasdir. Masalan, hayot uchun zarur bo`lgan narsa iste`molning istalgan boshqa turiga qaragandan cheksiz darajada muhimroqdir, deyish mumkin. Bu fikrda noaniqlik bor.
Ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarni ham oddiy ehtiyojlar kabi chuqur his qilish mumkin. Masalan, e`tiborsizlik yoki loqaydlik ba`zi hollarda o`limga, psixikaning jiddiy buzilishiga yoki ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Absolyut va nisbiy ehtiyojlar o`rtasidagi farqning yetarlicha aniq emasligiga qaramay, bu tafovutning ikki qiziqarli jihati bor. Bir tomondan, u nisbiy ehtiyojlarning absolyut ehtiyojlarchalik qat`iy bo`lmasligi mumkinligini ko`rsatadi. Ikkinchi tomondan, u to`yintirishning mumkin emasligini belgilovchi nisbiy ehtiyojlar dialektikasini birinchi o`ringa qo`yadi. Inson o`zi maqsad qilib qo`ygan darajaga yetishgach, kamolotning yangi bosqichini ko`zlay boshlaydi.
Ebbot tug`ma va hosilaviy ehtiyojlar o`rtasiga ajib bir chegara tavsiya qiladi. Hosilaviy ehtiyojlar tug`ma ehtiyojlarga nisbatan maxsus texnologik javob (tovar)ni va istak obyektini ifodalaydi. Bir qancha sharoitlarda tovarning iste`moli ma`lum hayotiylik siklida kutilganligi natijasida hosilaviy ehtiyojlar qondirilganligi kuzatiladi. Hosilaviy ehtiyojlarning eng yuksak foydaliligi pasayish tendensiyasiga egadir. Lekin, texnologik taraqqiyot tufayli tug`ma ehtiyojlar qondirilmaydi, yangi takomillashgan tovarlar yuzaga kelishi, shu bilan birga yangi hosilaviy ehtiyojlar paydo bo`lishi sharoitida yanada yuqoriga intiladi. Shunday qilib, tug`ma ehtiyojlarni qondirish uchun tovar ishlab chiqarish hamisha o`zining evolyusiyasi bilan rag`batlantirib boriladi. So`ng ehtiyoj bozor ta`sir qiladi, bu esa o`z navbatida yangi darajada qondiradigan yangi tovarlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Ushbu hosilaviy ehtiyojlar o`z navbatida qondiriladi, so`ng yangi takomillashgan tovarlar vujudga kelishi natijasida o`zgaradi. Shunday qilib, tug`ma ehtiyojlar va hosilaviy ehtiyojlarning farqi shuni ko`rsatadiki, umumiy to`yinish bo`lmasligiga qaramasdan bemalol xususiy to`yinishga erishish mumkin. Shunday ekan, strategik marketingning muhim roli firmalar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan rivojlanishni rag`batlantirishni tashkil qiladi.


Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling