Inson ekologiyasi


-rasm. Aholi sonining ortib borishi


Download 21.76 Kb.
bet2/4
Sana24.09.2023
Hajmi21.76 Kb.
#1687072
1   2   3   4
Bog'liq
INSON EKOLOGIYASI

3-rasm. Aholi sonining ortib borishi
Ekologik xavfsizlik - deganda atrof tabiiy muhit holatini
organizmlarning hayoti uchun ehtiyojlariga javob bera olishi, yoqi insonlar
uchun sog’lom, toza va qulay tabiiy sharoitga ega atrof-muhit tushuniladi.
Ekologik xavfsizlikni taminlash uchun har bir alohida davlat ma’lum
ekologik siyosatni olib boradi.
Ekologik tahdidlar deganda atrof-muhit holati va insonlarning hayot
faoliyatiga bevosita yoqi bilvosita zarar yetkazadigan tabiiy va texnogen
xarakterdagi hodisalar tushuniladi. Ekologik tahdidlarning mahalliy,
milliy, regional va global darajalari ajratiladi. Ekologik tahdidlar darajalari
shartli ajratilgan. Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, havoning
ifloslanishi, chiqindilar muammosini maqalliy darajadagi ekologik
tahdidlar qatoriga ham kiritish mumkin.
4-rasm. Inson mehnati faolitining tabiatga ta’siri omillari va
shakllari
O’zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni taminlash
strategiyasi ekologiya sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning O’zbekiston
Respublikasining milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va Konstitutsiyasida
belgilangan hayotiy zarur manfaatlaridan kelib chiqadi.
- Shaxsning hayotiy zarur manfaatlariga:
- insonning hayot faoliyati uchun optimal ekologik sharoitlarni
taminlash, aholi salomatligini himoya qilish kiradi;
Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga:
- barqaror ekologik vaziyatni qaror toptirish, aholi salomatligini
taminlash, sog’lom avlodni shakllantirish kiradi;
Jamiyatning hayotiy zarur manfaatlariga:
- barqaror rivojlantirish, regionda ekologik vaziyatning barqarorligi,
sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
- iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ilmiy-texnik rivojlantirishning
yuqori darajasini taminlash;
- milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O’zbekistonning
Fan-texnika taraqqiyoti Aholi sonining ko’payishi. Urbanizatsiya
Ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi
Tabiiy resurslarning kamayishi Atrof-muhitning ifloslanishi
Ekologik muvozanatning buzilishi, ekologik
vaziyatning keskinlashuvi
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni yaxshilash va muxofaza qilish

kollektiv xavfsizlik va hamkorlikning regional va global tizimlari tarkibiga
tabiiy qo’sxilishini taminlash kiradi.
Har bir alohida mamlakatda ekologik xavfsizlikni taminlashning
ustuvor yo’nalishlari mavjuddir. O’zbekistonda, bozor iqtisodiga o’tish
sharoitida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslanishdan
saqlash borasida ijobiy o’zgarishlar amalga oshdi.
Ekologik xavfsizlikni taminlash va ekologik tahdidlarning oldini
olish uchun O’zbekistonda birinchi navbatda quyidagi tadbirlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Tabiiy resurslardan, shu jumladan, suv, yer, mineral xomashyo va
biologik resurslardan kompleks foydalanish;
2. Respublika hududida atrof-muhit ifloslanishini ekologo-gigienik
va sanitar me’yorlargacha kamaytirish;
3. Ekologik falokat zonasi-Orol bo’yida, shuningdek mamlakatning
boshqa ekologik nomaqbul hududlarida ekologik holatni tiklash va
sog’lomlashtirish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
4. Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi, oziq mahsulotlari, doridarmonlar bilan taminlash;
5. Ekologik toza va kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish;
6. Ekologiya sohasida ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, fan va
texnika yutuqlaridan foydalanish;
7. Aholining ekologik ta’limi, madaniyati, tarbiyasi tizimini
rivojlantirish va takomillashtirishi;
8. Ekologik halokatlar, ofatlar, favqulodda vaziyatlar, avariyalarning
oldini olish va oqibatlarini tugatish;
9. Ekologik muammolarni hal qilishda jahon hamjamiyati bilan
hamkorlikni chuqurlatish va boshqalar.

Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling