Inson ekologiyasi
O’zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish
Download 21.76 Kb.
|
INSON EKOLOGIYASI
3. O’zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tabiatni muhofaza qilish siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, qonun xujjatlarini qabul qiladi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq olishning eng ko’p-kam hajmini, shuningdek, to’lovlarini undirib olishdagi imtiyozlarni belgilaydi. Shuningdek, hududlarni favqulodda ekologiya holati, ekologiya ofati va ekologiya falokati mintaqalari deb e’lon qiladi va bunday mintaqalarning huquqiy rejimini va jafo ko’rganlarning maqomini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i sifatida quyidagi vakolatlar berilgan: -ekologik xavfsiz muhitni taminlash uchun zaruriy chora-tadbirlar ko’radi; -ekologiya borasidagi qonunlarni imzolaydi va ularga oid farmon, farmoyish va qarorlar qabul qiladi; -ekologik qonun me’yorlarini buzuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noekologik hujjatlarini bekor qiladi; -Oliy Majlis senati tasdig’iga Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi; -ekologik inqiroz yoki talofot ko’rgan hududlar yoki butun hudud bo’yicha favqulodda holat joriy etadi; -respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatning tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslarni hisobga olish va baholashni tashkil etadi, ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratadi hamda uning amal qilishini ta’minlaydi. Atrof tabiiy muhitni davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bir qator vazirliklar va muassasalar, korxonalarida tabiatni muhofaza qilishni boshqarish bo’limlari ish olib boradi. O’zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha bosh ijro etuvchi organ Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo’mitasi bo’lib, u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo’ysunadi. Qo’mitaning vakolatlariga quyidagilar kiradi: -vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; -tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish; -davlat ekologiya ekspertizasini o’tkazish; -atrof muhit sifatining me’yorlarini tasdiqlash; -ifloslantirvuchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga oqizish, shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar berish va ularni bekor qilish; -ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Qoraqalpog’iston Respublikasida, Toshkent shahri va viloyatlarda, ma’muriy tumanlar tabiatni muhofaza qilish qo’mitalaridan iborat tuzilmaga ega. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini shu bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qo’mitasi amalga oshiradi. Tabiatni muhofaza qilish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan foydalanish bepul bo’lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishgan, atrof muhitni ifloslantirganlar va buning uchun hech qanday to’lov to’lamaganlar. Faqatgina atrof muhitning juda kuchli ifloslanishi kuzatilgan ayrim hollarda korxonalar jarima to’lash bilan cheklanganlar. Tabiatdan xo’jasizlarcha foydalanish ekologik inqiroz vaziyatlari vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari davlatning zimmasida bo’lgan. Lekin hozirgacha bu xarajatlar tabiiy muhitga yetkazilgan zarardan ancha kam va farq chuqurlashib bormoqda. Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni ifloslaganligi, chiqindilarni joylashtirgani va boshqa ta’sir turlari uchun to’lovlarni joriy qilish iqtisodiy-ekologik muammolarni hal qilishning samarali yo’li hisoblanadi. Tabiatga foyda keltiradigan, uning holatini yaxshilaydigan faoliyati uchun korxonalar, muassasalar tashkilotlar va alohida Shaxslarga turli imtiyozlar beriladi. Download 21.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling