Inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan makonning loyihasini yaratish va uni qurish me’morchilik san’atining mazmunini tashkil etadi


Turar uy-joylar o‘zining har xil xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi


Download 100.31 Kb.
bet12/12
Sana15.11.2023
Hajmi100.31 Kb.
#1776575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish

Turar uy-joylar o‘zining har xil xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.

  • Turar uy-joylar o‘zining har xil xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.
  • Aholini joylashtirish usuliga qarab uy-joylar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Xonadonlarga bo‘lingan uy - joylar - bular oilalarni alohida xonadonlarga joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. 2. Xonalarga bo‘lingan turar - uy joylar esa asosan yolg‘iz kishilarni alohida xonalarga joylashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy maishiy xizmat bo‘limlaridan foydalanadilar.
  • Bu turar-joylarda yolg‘iz ishchilar, talabalar, hunar-texnika bilim yurtlari va maktab - internatlar o‘quvchilari yashaydilar. Bundan tashqari, mehmonxona va dam olish uylarida esa musofirlar, sayohatchilar va dam oluvchilar yashaydilar.
  • Ikkita guruhga taalluqli binolar o‘zlarining me’moriy tarxiy xususiyatlariga ko‘ra bir-biriga o‘xshab ketadigan tomonlari borki, ularning vazifalari, funksiyalarining o‘xshashligi hamda yashovchilarning talablari bir xilligi bilan ajralib turadi. Eng ko‘p tarqalgan xonadonli turar-joy binolari shahar va qishloqlarning asosiy yashash fondini tashkil etadi.
  • B) Yerdan foydalanish usuliga qarab xonadonli uylar quyidagilarga bo‘linadi: 1.Hovlili turar - joy binolarida uy yoki xonadon egasi uy hovlisining ham egasi hisoblanadi. Hovlili turar-joylar bir xonadonli va tutashtirilgan hovlili, ya’ni ikki yoki ko‘proq xonadon blokli bo‘lib, har bir xonadonning alohida hovlisi bo‘ladi. 2. Yer sathi umumiy bo‘lgan turar-joy binolari, bu ko‘p xonadonli va asosan ko‘p qavatli umumiy kommunal tipdagi shaharlarda quriladigan turar-joy binolardir. Yer sathidan hamma xonadonlar yoki bir guruh xonadonlarda yashovchilar foydalanadilar. Bu xilga xonama-xona bo‘lingan uylar kiradi. V) Qavatlari bo‘yicha turar-joy binolari ikkita asosiy guruhlarga bo‘linadi: liftsiz (1-5 qavatli) va liftli (6 -16 qavatli va undan yuqori) turar-joy uylari. 1. Past qavatli uylar 1-2 qavatli bo‘lib, bu uylar asosan qishloq joylarda tarqalgan bo‘ladi. Bu xildagi uylar nafaqat qishloqlarda, balki hozirgi paytda shaharlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Download 100.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling