Inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan makonning loyihasini yaratish va uni qurish me’morchilik san’atining mazmunini tashkil etadi


Download 100.31 Kb.
bet5/12
Sana15.11.2023
Hajmi100.31 Kb.
#1776575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish

Me’morchilikdagi go‘zallik va nafosat tasviriy va amaliy san’atdagi shu tushunchadan ancha murakkab. Chunki me’morchilik bir vaqtning o‘zida ham moddiy, ham ma’naviy tomoni bilan mavjuddir. Ba’zi me’moriy qurilmalarda, masalan, me’morial muzey, maqbara, ko‘rgazma zallari kabilarda binoning g‘oya va mazmuni birinchi o‘rinda bo‘ladi. Ya’ni, g‘oya va mazmun bino arxitekturasida shakllanib, badiiy obrazga aylanadi. Arxitekturadagi bu obraz davlatning siyosiy va iqtisodiy kuch-quvvatini, jamiyat xarakterini, mafkurasini o‘zida aks ettiradi. Me’morchilikning asosiy maqsadi — insonlarning yashashi va ishlashi uchun kerak bo‘lgan muhit, joy yaratish. Ammo bu masalani yechishda to‘rt tomondan o‘ralgan bino tushunilmaydi. Akschincha, qanday qilib mana shu muhit yoki joyning tashkil etilishi, uning moddiy va ma’naviy tomonini to‘g‘ri hal qilish ko‘zda tutiladi. Shu tufayli me’morchilik mazmuni uning ko‘p qirrali xarakterining jamiyat talabi bilan aniqlanishidadir. Bu mazmun ijtimoiy tartib jarayonlariga javob beruvchi, jamiyatning moddiytexnika sharoiti va estetik ideallari bilan moslashgan holda me’morchilik shakllarini tashkil etadi.

  • Me’morchilikdagi go‘zallik va nafosat tasviriy va amaliy san’atdagi shu tushunchadan ancha murakkab. Chunki me’morchilik bir vaqtning o‘zida ham moddiy, ham ma’naviy tomoni bilan mavjuddir. Ba’zi me’moriy qurilmalarda, masalan, me’morial muzey, maqbara, ko‘rgazma zallari kabilarda binoning g‘oya va mazmuni birinchi o‘rinda bo‘ladi. Ya’ni, g‘oya va mazmun bino arxitekturasida shakllanib, badiiy obrazga aylanadi. Arxitekturadagi bu obraz davlatning siyosiy va iqtisodiy kuch-quvvatini, jamiyat xarakterini, mafkurasini o‘zida aks ettiradi. Me’morchilikning asosiy maqsadi — insonlarning yashashi va ishlashi uchun kerak bo‘lgan muhit, joy yaratish. Ammo bu masalani yechishda to‘rt tomondan o‘ralgan bino tushunilmaydi. Akschincha, qanday qilib mana shu muhit yoki joyning tashkil etilishi, uning moddiy va ma’naviy tomonini to‘g‘ri hal qilish ko‘zda tutiladi. Shu tufayli me’morchilik mazmuni uning ko‘p qirrali xarakterining jamiyat talabi bilan aniqlanishidadir. Bu mazmun ijtimoiy tartib jarayonlariga javob beruvchi, jamiyatning moddiytexnika sharoiti va estetik ideallari bilan moslashgan holda me’morchilik shakllarini tashkil etadi.
  • Bu shakllarni yaratishda me’morchilik san’atida kompozitsiya tushunchasi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Me’morchilik kompozitsiyasi aniq qonun-qoida asosida joylashilgan yoki tashkil topgan, tashqi va ichki elementlari o‘zaro mutanosib va hamohang bo‘lib, bir butunlikni, yaxlitlikni mujassamlashtirgan bo‘ladi. Buni biror bino, inshoot, binolar ansambli (majmuasi), umumiy shahar arxitektura qurilishi kabilarda yaqqol ko‘rish mumkin. Kompozitsiyaning uslub va usullari juda ko‘p, shulardan ba’zilari: tektonika, o‘lcham, mutanosiblik, muvofiqlik, nisbat (proporsiya) va birohanglik (ritm), simmetriya va assimmetriya, keskinlik, yorug‘lik va rang, qurilish materiallarining xususiyati va h.k.

Download 100.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling