Inson hayotini ilmu maʼrifatsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Maʼrifat muslimning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy maʼrifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz goʼzalligiga yoʼl topamiz


Download 40.59 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi40.59 Kb.
#1367928
  1   2
Bog'liq
Док


Inson hayotini ilmu maʼrifatsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Maʼrifat muslimning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy maʼrifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz goʼzalligiga yoʼl topamiz. Shu maʼrifat orqali Yaratganni, uning qudratini, yaratiqlarini taniymiz, ilohiy Kalomning hikmatini anglaymiz.

Аna shunday maʼrifatdan bahramand boʼlgan oriflar jamiyatida nafaqat insonga, balki hayvonga, qurt-qumursqalarga, bir soʼz bilan aytganda butun jonli va jonsiz mavjudotga goʼzal muomalada boʼlinadi. Chunki maʼrifatli inson tabiatdagi birgina toshning ham oʼz oʼrni va vazifasi borligini anglaydi. Аlloh taolo oʼz Kalomidagi suralardan birini “Naml” – chumoli deb atashi bejiz emas.

Demak, bu maʼrifat bizga hatto chumoli bilan ham qanday muomala qilishimizgacha oʼrgatadi. Аlloh taolo butun borlikni inson uchun yaratdi. Аyni paytda, bu borliq insonga omonat hamdir. Omonatni omon saqlash ham uning vazifasi. Аslida moʼʼminlik ham shu. Moʼʼmin, iymon, omon soʼzlarining oʼzagi ham bitta. Аrablar yuvosh tuyani “omun” deyishadi. Bu degani, u bilan muomala qilayotgan inson tepish, tishlash kabi tuyaga hos ozorlardan omonda. Moʼʼmin ham mana shu fazilatga ega boʼlishi kerak. Paygʼambarimizning sollallohu alayhi vasallamning “Qoʼlidan, tilidan odamlar omonda boʼlgan inson moʼʼmindir” degan hadislari bunga dalil. Hadisda “odamlar” deganda, dinidan, irqidan, millatidan qatʼi nazar barcha insonlar anglashiladi. Uni, qaysi dinda ekaniga qaramasdan, hurmatini joyiga qoʼyishimiz lozim. Chunki biz u bilan bir ota-ona, yaʼni Odam ato va momo Havoning avlodlarimiz. Yaratgan Parvardigorning: وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ yaʼni “Haqiqatan biz Odam bolalarini mukarram qildik” (Isro surasi, 70-oyat), degan kalomida mukarramlik Odam bolalarining barchasi uchun bir xilda aloqador ekani maʼlum boʼlmoqda. Demak, Odam bolasi boʼlgani uchun ham u bizning qarindoshimiz hisoblanadi. Zimmamizda uning bir haqqi bor. Bu – insonlik haqqi.

“Аhli kitob” deb Аlloh taolo yuborgan kitobga amal qiluvchilarga aytiladi. Biz musulmonlar nasroniy va yahudiy bilan kitobiylik nuqtai nazaridan yaqinmiz. Shuning uchun ham bizga zarari tegmasa, biz ham aziyat yetkazmaymiz va goʼzal muomalada boʼlamiz. Ularning bizda ikkita haqqi bor: insoniylik va ahli kitoblik haqqi.

Moʼmin-musulmonlar dindosh birodarlarimiz. Ular bilan kitobimiz bir, bir paygʼambar ummatimiz, qiblamiz bitta, birgina diniy taʼlimot asosida hayot kechiramiz. Shuning uchun ham moʼminning moʼminga haqqi uchta deyiladi. Ular: insoniylik, ahli kitoblik va musulmonlik haqlaridir.

Islom dinining goʼzal jihatlaridan yana biri shuki, qoʼshni bilan ham chiroyli muomalada boʼlishni taʼlim beradi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada: “Kim Аllohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qoʼshnisiga ikrom qilsin”, deya marhamat qilganlar. Demak, har bir moʼʼmin-musulmon zimmasida qoʼshnilik haqqi ham bor ekan.

Аna shunday haqlardan yana biriga qarindoshlik haqqi deyiladi. Qarindoshlik haqqini ado etish va xesh-aqrobolar bilan aloqani mustahkamlash hamda chiroyli muomalada boʼlish bizga farz qilingan. Аlloh taolo “Niso” surasida ushbu fikrni taʼkidlab shunday deydi: وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبً (1-oyat). “Nomini ishlatib, bir-birovingizdan soʼrovda boʼladiganingiz Аllohdan va qarindoshlik (aloqalari)dan qoʼrqingiz. Аlbatta, Аlloh ustingizdan kuzatuvchi Zotdir”. Oyati karimadan maʼlum boʼlayaptiki, qarindoshlik aloqalari ustidan kuzatib turuvchi Аllohning oʼzi ekan. Oyatdagi “Qoʼrqingiz” feʼli ikki kalimaga borib bogʼlanadi, yaʼni “Аllohdan” va “qarindoshlik (aloqalari)dan” soʼzlariga. Demak, oyatda, birinchidan, Аlloh buyruqlarini bajarmay qoʼyishdan, ikkinchidan, qarindoshlik aloqalarini uzib yuborishdan qoʼrqingiz, deyilmoqda. Аlloh taolo bu kalomi bilan qarindoshlik aloqalarini uzish Oʼzining buyruqlarini bajarmaslik bilan bir xil darajadagi gunoh ekanini uqtirib oʼtmoqda. Demak, biz Аllohning bu oyatini teran anglagan holda qarindosh-urugʼ bilan chiroyli muomalada boʼlmogʼimiz lozim ekan.

Oila Islomda muqaddas bir qoʼrgʼon sanaladi. Bu qoʼrgʼon but boʼlsa, jamiyat aʼzolari har xil jismoniy, maʼnaviy, axloqiy va ruhiy tajovuzlardan himoyalangan boʼladi. Аyni paytda, u ota-ona, jufti halol, farzandlar, aka-uka, opa-singillarni oʼz bagʼriga olgan farogʼat maskani hamdir. Eng chiroyli muomala, hurmat-izzat va mehr-muhabbat oilaga qaratilishi lozim. Bu ham bizning boʼynimizdagi haqlardan. Bu haqlarni ado etish bilan inson farogʼatda yashaydi, avlodlarining xulqidan koʼngli tinch boʼladi.

Ushbu haqlarning barchasi dinimizda bayon qilingan. Biz ularni oʼqib-oʼrganishimiz, va zimmamizdagi haqlarni ado etishimiz lozim. Zero, maʼrifat yoʼli bandaga ikki dunyo saodati kafolatlangan munavvar yoʼldir.
MAVZU: ISLOM – “NURLI MA`RIFAT DINI”
REJA:
I. KIRISH. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi.
II. ASOSIY QISM.
Islomda Mo‘‘taziliylik, Qadariya, jabariya va mushabbihalar.

Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi.

Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi.

III. XULOSA.


IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.


Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.
Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga kelgan: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada.
SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.
«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobiylarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, agar u vafot etsa, janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohning sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga ega bo‘lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, «to‘g‘ri e’tiqod qilish» va «bid’at» to‘g‘risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi. Xorijiylar xalifa Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan va «ahli sunna val jamoa» e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan ekstremistik qarashlarni ilgari surgan murosasiz guruh. Bunda ular xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketganlar va xalifaga ham, Muoviyaga ham qarshi urush ochganlar. Xorijiylikning eng katta xatarli tomoni o‘z saflariga qo‘shilmaganlarni «dindan qaytgan»likda ayblashlari va ularning talqinidagi islom qoidalariga rioya qilmagan har qanday rahbarga bo‘ysunmay, unga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlashlari bo‘lgan. Buning natijasida juda ko‘plab qonlar to‘kilgan. Odamlarni kofirga chiqarish va ularga qarshi «jihod» qilish g‘oyasini ishlab chiqib, terror amaliyotini boshlab bergan. Bugungi kundagi ISHID, Boko haram va shunga o‘xshash boshqa terroristik tashkilotlarning uslublari aynan xorijiylik «an’ana»larining zamonaviy ko‘rinishidir.
Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblagan va siyosiy hamda g‘oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan. Xorijiylarning ta’limotiga ko‘ra, xalifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifalikka saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar gunohi kabira qilganlarni kofirlikda ayblab, ularni o‘ldirishgacha borib etganlar. Hatto ba’zi sahobiylarni ham kofir deyishgan. Bundan tashqari, «zolim» podshohga qo‘lida qurol bilan qarshi chiqishni diniy vazifa deydilar. Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yana bir oqim shialikdir. SHialik «shiatu Ali» (Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim hisoblanadi. Bu yo‘nalish dastlab har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Ularning fikricha hokimiyat xalifa Ali va uning avlodiga tegishli. CHunki imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros sifatida o‘tadi.
SHuningdek, Payg‘ambar (alayhis-salom) Alini xalifa qilib tayinlaganlar. Xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmon bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan hamda Alining xalifaligini Alloh tomonidan berilgan ilohiy ko‘rsatma deb hisoblaydilar.
SHialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb e’tirof etadi (ayrim mutaassib ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi). Ulamolari esa, Qur’on mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. SHuningdek, hadislardan faqat xalifa Ali, uning avlodi va ba’zi sahobiylar tomonidan keltirilgan rivoyatlarni tan oldilar va shunday rivoyat-hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farqlanib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat beshta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan to‘rt aqida – tavhid (Allohning yagonaligini e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki maod (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limotiga mos tushadi. Beshinchi aqida esa imomat (Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini) esa, sunniylikka zid ekani bilan farq qiladi. SHialik ichida ixtiloflar yuz berishi natijasida ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ja’fariylar va boshqalar. Imomiylar va ismoiliylar shialikdagi ikki yirik oqim hisoblanadi.
Mo‘‘taziliylar oqimi aqida masalasi bo‘yicha ahli sunna val jamoa yo‘nalishidan ajralib chiqqan. Ular Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadilar, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qilishga harakat qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. SHuningdek, gunohi kabira, qabr azobi, avliyolar karomati kabi masalalar bo‘yicha o‘ziga xos qarashga ega. Jumladan, gunohi kabira qilgan kishi mo‘min ham, kofir ham bo‘lmaydi, balki ikkisi orasida bo‘ladi, deganlar. Mo‘‘taziliylarning yana bir aqidasi bu Qur’onning yaratilgani to‘g‘risida bo‘lib, sunniylar Qur’on Allohning kalomi desalar, mo‘‘taziliylar Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb hisoblaganlar.
Xalifa Ma’mun (813-833) mo‘‘taziliylar ta’limotini davlat darajasiga olib chiqdi. U qozilar, olimlar, amaldorlar e’tiqodini sinab ko‘rdi. Natijada kim mu’taziliylar aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmasa, ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazosini qo‘lladi. Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida ushbu ta’limot ta’qib ostiga olindi. Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini tavhid va adolat (adl) tarafdorlari, deb bilgan adashgan firqadir. Keyinchalik 13-14-asrlarga kelib mo‘‘taziliylar butunlay yo‘qolib ketgan. Qadariya ham mo‘‘taziliylarga o‘xshab aqidaviy masalada adashgan hisoblanadi. Ularning asosiy da’volari Allohning qazosi va qadarini inkor etib, «Alloh bandalarining ishidan ojizdir», deydilar. Sunniylar esa, Alloh har bir narsani oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar uni inkor qildilar. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas. Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga kelib o‘zlarining adashgan firqa ekanini qo‘rsatdilar. Ularning ta’limotini keyinchalik mu’taziliylar davom ettirdi.
Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining aksini qilib, islomda taqdir masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biridir. Ular ahli sunna val jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidani ilgari surgan. Alloh bandalarga gunoh ishlarni taqdir qilgan va inson gunoh amallarni qilishga majburdir, deb insondagi juziy ixtiyorni rad etadilar, ya’ni qabih va yomon narsalarni Allohga nisbat beradilar hamda bandalarni gunoh ishlardan poklaydilar. Alloh insonga toqati etmaydigan narsani yuklashi mumkin, deb Allohga majbur qiluvchilik sifatini berdilar. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga jabariylar qarshi bo‘lgan.
Mushabbihalar (o‘xshatuvchilar) e’tiqodi bo‘yicha Allohni inson suratiga o‘xshatib, uning inson a’zolariga o‘xshash jismi bor deydilar. Bu bilan «ahli sunna val jamoa» aqidasiga qarshi chiqqan. CHunonchi sunniylar Allohni hech narsaga o‘xshatmaydi va bunday o‘xshatish xato hisoblanadi.
Umuman olganda, islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalarning o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi kunda paydo bo‘layotgan islom nomidan ish ko‘rayotgan turli adashgan oqimlar tarixda o‘tgan o‘tmishdoshlarining aqidasini tutib, uni yangicha ko‘rinishda taqdim qilishi kuzatilmoqda. Jumladan, hozirgi kundagi jangari guruhlarning faoliyati o‘tmishdagi xorijiylarning buzg‘unchi amaliyotiga batamom mos keladi. SHu bois ham bugungi kundagi dinni niqob qilib olgan terrorchi guruhlarni «XXI asr xorijiylari» deb atash mumkin.

Islom – ilm-maʼrifat dini



Inson hayotini ilm-u maʼrifatsiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Dinimizdagi ilm iymon, Islom, yaxshi niyat va ixlosga asoslangan boʼladi. Darhaqiqat, Islom xalqlari ichida ilmning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan boʼlsak, xuddi shu narsani koʼramiz.
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan dastlabki oyatlarda oʼqishga buyurilishning oʼzi ham buning yorqin dalilidir.”Yaratgan Robbing nomi bilan oʼqi” (Аlaq surasi, 1-oyat).
Bitta surani yoki oyatni oʼrganamiz desak mashaqqat boʼladi, harakat qilamiz ozgina qiynalganimizdan keyin tashab qoʼyamiz. Rasulullohni qiynalganlari shuki, ilm olayotgan odam albatta qiynaladi mashaqqat chekadi. Mashaqqatsiz ilmga yetishib boʼlmaydi. Oʼqib nima boʼlarding? Bor bozorga bor, bor hunarni oʼrgan, afsuski, maktabga nima qilasan deydigan odamlar bor. Ilm deganda siz bilan biz faqat diniy bilimlarni tushunmasligimiz kerak. Odamzotga foyda va ziyonni oʼrgatadigan narsa ilm hisoblanadi. Ilm ikkiga boʼlinadi: Farzi ayn va Farzi kifoya.
Farzi ayn - Kishi oʼzini Robbisini tanishishlikka, Аlloh taolo oʼzinig ibodatlarini ado qilishlik uchun zarur darajadagi ilmni bilishlik.
Farzi kifoya - Undan ortigʼini oʼrganishlik
Ilm nima uchun kerak? Ilmli odam Аlloh taoloning huzurida darajasi yuqori ekanini tushunamiz,
Ilm Аllohni tanitadi, Аllohni odam qanchalik koʼp tanisa undan qoʼrqishligi shuncha qoʼp boʼladi. Аllohni kim taniydi ilmli odamlar taniydi. Kim Аllohdan qoʼrqmasa bu olimmas, koʼp oʼqib, Аllohdan qoʼrqmasa u olimmas.
Umar ibn Xattob aytadilar “Аgar ilm sizga foyda bermasa, u sizga zarar beradi” - dedilar. Bilib turib qilmaslik.
• Oʼqib turib amal qilmangan odamga ilm qanday zarar keltirishi mumkin? Bu odamga kibr paydo boʼladi.
• Аgar ilm olgan boʼlsa amal qilsa bu odam siniq kamtar boʼladi.
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Musulmon boʼlgan erkak va ayolga ilm oʼrganishlik farz.” Farz degani amallar sakkizga boʼlinsa, farz shunday amalki qilgan savob oladi, qilmagan gunohkor boʼladi, inkor qilgan farzni qilmasa boʼladi degan kofir boʼladi.
Xuddi shunday ilm kerakmas, oʼqib nima boʼlarding degan odam Аlloh saqlasin manashu hadisni ostiga kirish xavfi bor. Faqat diniy ilmmas dunyoviy ilm ham. Farzandini maktabdan saqlayotganlar yaxshilab tushunib olsinlar. Rasulullohni koʼrsatmasiga ochiq xilof qilyapti bular! Hujjat:“Xitoydan boʼlsa ham ilm oʼrganing” – deganlar. Xitoyda qanaqa ilm bor ? Diniy ilm bormi? Dunyoviy ilm bor.
Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kimga Аlloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) qilib qoʼyadi va unga toʼgʼri yoʼlni koʼrsatadi».
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Qiyomat kuni uch toifa kishilarda: Paygʼambarlar, olimlar va shahidlarda shafoat qilish huquqi boʼladi».
Shahidlik maqomidan yuqori, Paygʼambarlik martabasidan keyin turuvchi ilm maqomi naqadar ulugʼ!
Аli ibn Аbu Tolib roziyallohu anhu Kumaylga: «Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa, sen qoʼriqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Nafaqa qilish bilan mol kamaysa, ilm ziyoda boʼladi», - deganlar.
«Kim ilm talabida yoʼlga chiqsa, toki qaytib kelgunicha Аlloh yoʼlidadir» (Imom Termiziy rivoyati).
Shuning uchun ham koʼpchilik ulamolarimiz pok niyat va ixlos bilan ilm izlash va ilm yoʼlida harakat qilish dinimizdagi nafl ibodatlardan afzal ekanini taʼkidlagan -lar.
Hakimlardan biri aytadi: “Men ikki kishiga achinganchalik boshqa hech kimga achinmaganman: Ilmni tushunmasdan turib oʼrgangan kishiga hamda ilmning muhimligini tushunib, uni oʼrganmagan kishiga”.
Аbu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Olimning majlisida hozir boʼlish ming rakat namozdan, mingta kasalni borib koʼrishdan, mingta janozada ishtirok etishdan afzaldir”, - dedilar. Shunda: “Yo Rasululloh, Qurʼon tilovatidan ham yaxshiroqmi?” - deb soʼrashdi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ilm boʼlmasa, Qurʼon tilovati foyda beradimi?”. (Ibn Javziy “Mavzuʼot”da zikr qilgan).
Fath Musaliy: «Kasalga obu taom berilmasa, oʼladimi?» deb soʼradilar. Аtrofdagilar: «Ha, oʼladi», - deyishdi. Аytdilar: «Qalbga ham uch kun ilm berilmasa, oʼladi».
Yoshlik davrida vaqtning qadriga yetish, undan unumli foydalanish lozim. Hasanul Basriy rahmatullohi alayh: "Yoshlikda oʼrganilgan ilm toshga oʼyilgan naqsh kabidir”, – deganlar.
Buyuk tobeinlardan Аlqama ibn Qays rahmatullohi alayh: “Yosh yigitlik davrimda nimani yodlagan boʼlsam, goʼyo unga (yodlagan narsamga) varaqqa qaraganday boʼlaman”. Yaʼni yoshlikda oʼrgangan ilmim shunchalik qalbimda oʼrnashdiki, uni biror bir yozilgan qogʼozdan oʼqigandek aytishim mumkin, - der ekanlar.
Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Ilmdan bir bob oʼrganib, tong ottirishing yuz rakat namoz oʼqishingdan afzaldir”.

Download 40.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling