Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi – mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biridir. Ushbu deklaratsiyaning barcha asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini
Download 17.64 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 (1)
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi – mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biridir. Ushbu deklaratsiyaning barcha asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Bu yil mazkur xalqaro-huquqiy hujjatning 70 yilligi butun dunyoda keng nishonlanadi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 5 mayda qabul qilingan farmoni bilan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi” tasdiqlangani muhim ahamiyatga ega. Dasturning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritishdan oldin istiqlol yillarida mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida erishilgan natijalar xususida qisqacha to‘xtalish o‘rinlidir. Binobarin, o‘tgan davrda yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllandi. Bu yo‘nalishlar: birinchidan, umume’tirof etilgan inson huquqlari g‘oyalari va qadriyatlariga, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga sodiqlik; ikkinchidan, kuchli huquqiy davlatchilik va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga asoslangan milliy manfaatlarning ustuvorligi; uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan shaxs manfatlarining jamiyat va davlat manfaatlaridan ustunligi; to‘rtinchidan, bosqichma-bosqichlik tamoyili davlat va jamiyatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanishi; beshinchidan, ushbu sohada mavjud jamiki muammolarni muhokama qilish va hal etishda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, shuningdek, xalqaro sheriklar bilan muloqotni ko‘zda tutuvchi ochiqlik va bag‘rikenglik kabi tamoyillarni o‘zida qamraydi. Mamlakatimizda, ushbu tamoyillarga amal qilgan holda, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni jamiyat hayotiga, fuqarolar va davlat xizmatchilari ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bularning barchasi, o‘z navbatida, bizga inson huquqlarini himoya qilishning samarali tizimiga asos solish uchun yordam berdi. Avvalambor, O‘zbekiston xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga bosqichma-bosqich implementatsiya qilish bo‘yicha o‘z modelini yaratdi. Xususan, milliy parlament qabul qilgan Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limini: Download 17.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling