Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi – mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biridir. Ushbu deklaratsiyaning barcha asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini
“Inson huquqlari to‘g‘risidagi o‘zbek billi”
Download 17.64 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 (1)
“Inson huquqlari to‘g‘risidagi o‘zbek billi” deb atash mumkin.
Yurtimizda insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to‘g‘risida qonunchilik tizimi amal qilmoqda. Hozirgi kunga qadar inson huquqlari va asosiy erkinliklarini tartibga soladigan 12 ta konstitutsiyaviy qonun, 16 ta kodeks va 700 tadan ortiq qonun qabul qilingan. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim va ta’lim yoshida bo‘lgan bolalarni, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari talabalarini, davlat xizmatchilarini, huquq-tartibot tizimi va sudlar, pedagogika, tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlarini qamrab olgan inson huquqlari bo‘yicha ta’lim tizimi shakllantirilgan. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash muammosi faqat davlatning emas, balki butun jamiyatning diqqat markazidadir. Amaldagi qonunchilik doirasida fuqarolik jamiyati institutlari qonunchilikni takomillashtirishda, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquqlari monitoringida, axborot-ma’rifiy faoliyatda, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha milliy davriy va muqobil ma’ruzalarni tayyorlashda faol ishtirok etadi. O‘zbekistonda BMTning xalqaro mexanizmlari oldidagi hisobotlarning xalqaro talablarga javob beradigan tizimi yaratilgan. BMT ustav va shartnomaviy organlarining milliy ma’ruzalarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tavsiyalarini bajarish sohasidagi Milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilish ana shu tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Prezidentimiz Parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, «Biz O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda tuzilgan shartnoma va kelishuvlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz». Inson huquqlari masalalari O‘zbekiston tashqi siyosatida ustuvor o‘rin tutadi. Hukumatimiz inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotir. Bu sa’y-harakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hujjatlaridagi asosiy tamoyillar doirasida amalga oshirilmoqda. O‘tgan yildan e’tiboran, O‘zbekiston demokratik va huquqiy rivojlanish, jamiyat hayoti barcha sohalarini yanada isloh qilishning eng muhim davriga qadam qo‘ydi. Prezidentimiz 2017 yil 7 fevralda tasdiqlagan 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Harakatlar strategiyasi BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha O‘zbekistonning “yo‘l xaritasi” bo‘ldi va u besh bosqichda amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining qabul qilinishi bilan inson huquqlarini rag‘batlantirish, ularga amal qilish va ularni himoya qilish masalalari davlat siyosatining va xalqaro sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 2017 yilda mamlakatimizga BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn, BMTning Din yoki e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tashrif bilan keldi. O‘zbekiston parlamenti Zayd Raad al-Husayn tashrifi yakunlari bo‘yicha BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasini qabul qildi. Harakatlar rejasida inson huquqlari va erkinliklari sohasida saksonta aniq tadbir ko‘zda tutilgan bo‘lib, ayni paytda uni amalga oshirishda qirqqa yaqin davlat organlari va nodavlat tashkilotlar ishtirok etmoqda. Keyingi yillarda yurtimizda davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining chuqur o‘rganilishi, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda samarador hal qilinishi tamoyiliga asoslangan tubdan yangi va aniq tizim joriy etilmoqda. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning bu samarali mexanizmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq bilan muloqotga tayanadi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 19 mayda qabul qilingan «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni jamiyatimizda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni o‘zida qamragan. Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyati tubdan isloh qilinayotir. Xorijda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat davom ettirilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish doimiy e’tiborda turibdi. Bugungi kunda yurtimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar samarasi nafaqat keng jamoatchiligimiz mamnuniyati va baxtiyorligining, balki hatto xalqaro miqyosdagi e’tiroflarning ham omili bo‘layotgani bejiz emas. O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan harakatlari BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga, umuman, mamlakatimiz qo‘shilgan inson huquqlariga doir barcha universal shartnomalarning insonparvar mohiyatiga to‘la hamohangdir. Yurtimizda 2008 yili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 60 yilligi nishonlangan edi. Mazkur Deklaratsiyaning 70 yilligiga bag‘ishlangan Dastur, o‘z navbatida, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga qaratilgan. O‘zbekiston o‘tgan davrda inson huquqlari bo‘yicha yetmishdan ortiq asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shildi va BMT tomonidan ushbu sohada qabul qilingan 10 asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylandi. Dasturda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilangan. Shu bilan birga, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasining ma’lum qilish tartibiga taalluqli Fakultativ protokoliga, Qiynoq hamda muomala va jazolashning shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konventsiyaning Fakultativ protokoliga hamda Balog‘atga yetmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturamal printsiplariga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi istiqbollari tahlil qilinib, bu borada amaliy takliflar tayyorlanadi. Ma’lumki, 1993 yili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha ikkinchi umumjahon konferentsiyasida qabul qilingan Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturi qoidalari mamlakatimizda ham amal qilmoqda. O‘zbekistonda sud, prokuratura va advokatura timsolidagi an’anaviy huquq-tartibot tizimi bilan bir qatorda, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar tizimi yaratilgan. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu tizimning negizini tashkil etadi. Yaqinda bu tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi hisobiga yanada kengaydi. Dasturda mazkur tizimni takomillashtirish hamda inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha milliy institutlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir bir qator tadbirlar nazarda tutilmoqda. Xususan, Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman institutini tashkil etish masalasi kun tartibiga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining shaxslar qamoqda va ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lishi shartlarini monitoring qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytiriladi. Ombudsman Kotibiyati tuzilmasi qonunchilikda belgilangan faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq yanada mustahkamlanadi. Mamlakatimizda inson huquqlarini yanada yuksaltirish va xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining huquqiy maqomini kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi ham belgilangan. Bunda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda shartnomaviy organlari tavsiyalariga tayanilayotgani nihoyatda ahamiyatlidir. Prezidentimiz Farmonida qayd etilganidek, O‘zbekistonda insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan. Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquq va erkinliklariga rioya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy qonunchilikning ijrosi, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashning holati, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda monitoring olib boradi. Tadbirlar dasturi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish masalasini ilgari surish bilan izchil shug‘ullanadi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, bu g‘oya ilk bor Prezidentimiz tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida taklif etilgan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan bo‘lsa, joriy yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlandi. Shu asosda qabul qilingan Davlat dasturida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan aniq maqsadli choralar ko‘zda tutilgan. Ayni paytda Davlat dasturi va Deklaratsiyaning 70 yilligi bo‘yicha Dastur o‘zaro uyg‘unlikda ijro etilayapti. Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklari sohasida keng axborot-ma’rifiy faoliyat amalga oshirilmoqda. O‘tgan davrda inson huquqlari bo‘yicha 120 dan ziyod asosiy xalqaro-huquqiy hujjat o‘zbek tiliga tarjima qilindi va katta adadlarda nashr etildi. Inson huquqlari va erkinliklari mavzusini yoritish bilan 30 ga yaqin huquqiy gazeta va jurnallar bevosita shug‘ullanmoqda. Yurtimiz ommaviy axborot vositalarida Deklaratsiyaning 70 yilligiga bag‘ishlangan maqola va sharhlar, ko‘rsatuv va eshittirishlar, intervyu va fotoreportajlar keng yoritiladi. Shu mavzuda turkum kitob va risolalar, to‘plam va albomlar nashrdan chiqadi. “Oltin qalam” milliy tanlovi doirasida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng yaxshi tahliliy tadqiqot materiallari uchun mukofot joriy etiladi. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan davlat grantiga tanlov e’lon qilinadi. Joriy yil davomida inson huquqlari va erkinliklariga doir bir qator yangi qonun va qarorlar qabul qilinadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligi munosabati bilan milliy va xalqaro darajadagi turli yirik anjumanlar tashkil etiladi. Bu boradagi nufuzli xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston vakillari faol qatnashadi. Ana shunday amaliy tadbirlarning yakuni sifatida shu yil noyabr oyida Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo xalqaro anjumanini o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Ayni shunday tadbirni tashkil etish haqida davlatimiz rahbari o‘tgan yili Konstitutsiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida to‘xtalgandi. Natijada Samarqandda o‘tajak Osiyo forumi tadbirlar dasturidan qat’iy joy oldi. Mamlakatimizda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi”da belgilangan keng qamrovli va ulkan ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shubhasiz, davlatimiz, jamiyatimiz va fuqarolarimizning mazkur Deklaratsiya tamoyillari hamda qadriyatlariga e’tiboru ehtiromini yanada oshiradi. Bu boradagi ezgu ishlar, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni har tomonlama ta’minlashga qaratilgan faoliyatimizni tubdan takomillashtirishda, milliy qonunchilikka va davlat organlarining amaliy faoliyatiga inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro andozalarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini davr talablari asosida kuchaytirishda juda muhim o‘rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, ushbu Dasturni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy masad – inson huquqlariga oid birinchi universal xalqaro hujjat bo‘lgan mazkur Deklaratsiyaning mazmun-mohiyatini atroflicha targ‘ib etishdan iboratdir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Biz jahon hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikni izchil davom ettirishni o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga yetishning eng muhim omili, deb bilamiz». Download 17.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling