Inson kapitali sifatini oshirishda ta’lim va tibbiyotini roli


Download 216.52 Kb.
bet2/2
Sana08.03.2023
Hajmi216.52 Kb.
#1254278
1   2
Bog'liq
Inson kapitali haqida maqola

Reyting

Iqtisodiyot

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi ($ mln)

1

Amerika Qoʻshma shtatlari

258 390 000 000

2

Xitoy

203 492 014 029

3

Germaniya

105 277 588 652

4

Braziliya

88 324 149 805

5

Gonkong

86 462 759 029

6

Singapur

82 039 577 168

103

Oʻzbekiston

624 293 458

Afsuski, mamlakatimizda maktab oʻquvchilarini bilimini aniqlash uchun oʻtkazilgan monitoring ishlari xalqaro standartlarga mos ravishda emasligi sababli taʼlim sifati (oʻquvchilarning bilimini baholash) boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar qabul qilinmagan va shu tufayli 2020-yilga qadar Inson kapitali indeksi” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining maʼlumotlari eʼlon qilinmagan.
Mamlakatimizda innovatsion rivojlanishga toʻsqinlik qilayotgan asosiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan samarali islohotlar oʻz natijasini berib, 2020-yil uchun inson kapitali indeksiga Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar ham kiritildi. Ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etgan Oʻzbekiston 0,62 koeffitsent bilan MDH mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi (0,7), Rossiya (0,68) va Qozogʻiston (0,63)dan keyingi oʻringa joylashgan.
Darhaqiqat, keyingi yillarda Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va xalqqa munosib turmush tarzini yaratib berishga kun tartibidagi asosiy masala sifatida qaralmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida “Mamlakatning xalqaro maydondagi
raqobatbardoshligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish —strategiyaning bosh maqsadidir”, deb belgilab berildi.
Shu bilan birga, 2019-yilning may oyida ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilishda Prezidentimiz mazkur sohaga oid davlat dasturlarini shakllantirish va markazlashgan tartibda moliyalashtirish orqali ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixtisosliklar boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda mamlakatimiz fani nufuzini koʻtarish boʻyicha fikr yuritar ekan, “...Bu ishlardan asosiy maqsad mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, xom ashyo va uni qayta ishlash bilan uzoqqa borib boʻlmaydi, qolaversa, ishlab chiqarishda qoʻshimcha qiymat olish uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning muhim yoʻnalishi, tayanchi boʻladi”, — deb taʼkidlab oʻtdi.
Soha mutaxassislarining fikriga koʻra, ilk bolalikda investitsiya kiritish boshqa dasturlarga qaraganda eng samaralidir. Chunki inson kapitalining rivojlanish jarayonining boshlanishi 3-4 yoshga toʻgʻri keladi va ushbu nuqtadan boshlab bola kelajakda oʻz taqdirini oʻzi belgilash va oʻzini namoyon qilish qobiliyatiga ega boʻla boshlaydi, mehnat bozorida oʻz qobiliyatiga murojaat qilishga oʻrganadi. Shu sababdan, yurtimizda maktabgacha taʼlim sohasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2018-2019-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolanib, ulardan 1 097 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratildi.
Prezident tashabbusiga koʻra, yurtimizda 2020-yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinganligi ham yurtimizda ilmiy salohiyat va taʼlim — tarbiyani taraqqiyotning poydevori sifatida qaralayotganligidan dalolat beradi.
Inson taraqqiyotiga sarmoya kiritib, jamiyat nafaqat mehnat unumdorligini oshirishga, balki tovarlar, ijtimoiy mahsulotlar va xizmatlarni yanada adolatli taqsimlashga ham erishishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish maqsadlariga erishish uchun inson kapitalini rivojlantirish vazifasi davlatning ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ushbu maqsad-muddaolarga hamohangligi bilan ham ahamiyatlidir.
Dunyoga mashhur davlat arbobi, Singapurning birinchi Bosh vaziri Li Kuan Yu “Singapur mo‘’jizasi”da “to‘g‘ri siyosat va inson kapitaliga sarmoya tikishimizda”, deya ta’kidlagan ei. Ya’ni inson kapitaliga yo‘naltirilgan 1 dollar mablag‘ 10 yildan so‘ng 100 barobar, 20 yildan so‘ng 1000 barobar bo‘lib qaytadi. Aslida ham shunday.
Taraqqiy etgan davlatlarda “Sanoat-4.0” iborasi paydo bo‘lganiga bir necha yil bo‘ldi. “Sanoat-4.0” dasturi taraqqiyotning yangi - “raqamli iqtisodiyot” bosqichi boshlanganini anglatadi.
O‘zbekistonda rivojlangan G‘arb va Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tajribasi o‘zlashtirilar ekan, ayni shu nuqtalarga jiddiy e’tibor qaratilayotgani diq-qatga sazovordir, ya’ni ilg‘or chet el tajribasining xalqimiz-ning milliy mentalitetiga va ko‘p asrlik an’analariga mos keladigan jihatlari, shakllari qabul qilinmoqda yoki ular mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilmoqda. Shuningdek, milliy madaniyatimiz, an’analarimizni targ‘ib qilish hamda yoshlarimizni chet ellardagi ba’zi oqim va harakatlarning zararli ta’siridan saqlash uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va profilaktik choralar aynan shu maqsadni ko‘zlagandir. Inson kapitali ham ayni ma’lum shaxs kabi ma’lum bir sivilizatsiya, mentalitet va an’analarning mahsulidir.

  1. Salbiy (passiv) inson kapitali. Inson kapitalining bu turi mamlakat taraqqiyotiga va innovatsion iqtisodiyotga aytarlik hissa qo‘shmaydi, uning butun mohiyati moddiy imkoniyatlarning iste’molchisi bo‘lishdan iboratdir. Passiv inson kapitalini yaxshi ta’lim olmagan, oddiy kustar (qo‘l mehnatiga asoslangan) sanoatda, tovar ayirboshlashga asoslangan tijoratda yoki mexanizatsiyalashmagan qishloq xo‘jaligida band kishilar tashkil etadi deyish mumkin. O‘zbekcha ta’bir bilan aytganda, «qora mehnat» qiluvchilar, ya’ni malaka talab qilmay¬digan ishlarda ishlaydigan kishilar passiv inson kapitalini tashkil etadilar.

  2. Inson kapitalining eng tahlil va bahs talab uchinchi turi manfiy inson kapitalidar. Manfiy inson kapitali deganda, nomidan ma’lum bo‘lganidek, o‘ziga sarflangan investitsiya-lardan jamiyat uchun hech qanday foyda keltirmagan, na o‘zi yashaydigan jamiyat iqtisodiyotining rivojiga, na aholi tur¬mush daraja¬sining yuksalishiga, na shaxs sifatida o‘zining ri-vojlanishiga hissa qo‘shishga yaramagan toifa tushuniladi. O‘zbekcha ifoda bilan aytganda, «na o‘ziga, na boshqaga foydasi teg¬maydigan» toifa manfiy inson kapitalini tashkil etadi. Ashaddiy jinoyatchilar, giyohvandlar, korrupsionerlar, ishyoqmaslar, ichki¬lik¬bozlar, tekinxo‘rlik bilan kun kechiruvchilar – bir so‘z bilan aytganda, jamiyat va oilasining sarflagan moddiy investitsiyasi, bergan ta’lim-tarbiyasining samarasini yo‘qqa chiqargan kishilar manfiy inson kapitali sifatida namoyon bo‘ladilar. Ana shu toifadagi inson kapitali misolida ba’zi toifadagi kishilar uchun sarflangan investitsiyalar hamisha ham o‘zining ijobiy samarasini beravermasligi ko‘rinadi.

Manfiy inson kapitali ko‘pincha xalqning mentalitetidagi nozik holatlar, yetishmovchiliklar, aholi madaniyat saviyasining pastligi, jamiyatdagi muammolar, shuningdek, kishilarning ta-biiy haqqi bo‘lgan erkinliklarning cheklanishi kabi sabablar natijasida vujudga kelishi mumkin.
Ma’naviy yetuk jamiyatlarda manfiy inson kapitali toifasidagilarga o‘zlarining umidsiz hollaridan chiqish uchun so‘nggi imkoniyatlar beriladi hamda ularning ijobiy o‘zgarishlarga bo‘lgan harakatlari jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bunga misol tariqasida mamlakatimizda har yili Konstitutsiya kuni yoki Mustaqillik bayrami arafasida adashib xato yo‘llarga kirgan kishilarga avf (amnistiya) e’lon qilinishi va sobiq mahbuslarga hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun berilayotgan yordam hollarini keltirish mumkin. Bunday ijtimoiy g‘amxo‘rlik natijasida manfiy inson kapitaliga aylanishga ulgurgan fuqarolar jazoni o‘tash muassasalaridan muddatidan oldin ozodlikka chiqariladilar, so‘ngra ularga mahalla va ichki ishlar organlari ish topish va turarjoy bilan ta’minlashda yordam beradilar, yangi kasb yoki hunar sohibi bo‘lishiga yordamlashadilar. Mamlakatimizda ana shu tarzda to‘g‘ri yo‘lga tushib olgan, musbat inson kapitali toifasiga qaytgan ko‘plab insonlar bor.
Xullas, inson kapitali – mehnat qiluvchi kishilarning oddiy yig‘indisi emas. Inson kapitali bu professionalizm, bilimga intilish, axborot ta’minoti, sog‘liq, optimizm, tashabbus va mehnatsevarlik kabi tomonlar va xislatlardan yuzaga keladigan bir fenomendir.
Download 216.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling