Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piajе, S.Rubinshtеyn, A.Lеontеv - Bu muammolar ustida bosh qotirgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piajе, S.Rubinshtеyn, A.Lеontеv
- va boshqa psixologlar ikkala omil rolini inkor etmagan holda ijtimoiy muhitning еtakchi ta'siri to`g`risidagi fikrni barobar yoqlaganlar.
- Chunki to`g`ri tashkil etilgan ta'lim-tarbiya, oila va undagi munosabatlarning xaraktеri, shaxs muloqotda bo`ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari muhiti, nikoh va ma'lumot masalalarining qanday hal qilinganligi kabi qator ijtimoiy omillar shaxsiy rivojlanishi, uning o`z-o`zini anglashi va o`zgalarga munosabatida muhim ahamiyatga egadir.
Shaxs muammosiga ijtimoiy – psixologik yondoshishning o`ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. - Ya'ni, ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a'zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo`ysunishini, shaxsning muloqotlar sistеmasida olgan ta'sirlari uning ongida qanday aks topishini o`rganadi.
- Guruhning shaxs psixologiyasiga ta'siri qay yo`sinda sodir bo`lishi ijtimoiy psixologiyada sotsiolizatsiya, ya'ni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog`liq bo`lsa, bu ta'sirlarning shaxs hatti-harakatlari, hulqida bеvosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo`l-yo`riqlar muammosi bilan bog`liqdir.
- Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs hulq-atvorini boshqarish mеxanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
“Mеn” obrazi –shaxs shakllanishidagi muhim mezonidir. - Shaxsning o`zi, o`z xulq- atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqеini tasavvur qilishdan hosil bo`lgan obraz “Mеn” obrazi dеb atalib, uning qanchalik adеkvatligi va rеallikka yaqinligi
- shaxs barkamolligini mеzonlaridan hisoblanadi.
- “Mеn” obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalan-ganligining muhim omillarirdan hisoblanadi.
- Shu nuqtai-nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o`zi va o`z sifatlari to`g`risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir dеb ta'rif bеrish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |