Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
Download 30.58 Kb.
|
2022 yil
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad-vazifalar belgilangan. Jumladan, Agentlik zimmasiga davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish bilan bogʻliq 2 ta; Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilishga oid 2 ta; Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish boʻyicha 1 ta; Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 4 ta topshiriq yuklatilgan. Shunga asosan Agentlik tomonidan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida unda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan: I. Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish yoʻnalishida: Barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilashga qaratilgan «Davlat nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha Adliya vazirligida tashkil qilingan ishchi guruh tarkibida ishtirok etilmoqda. Davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan Agentlikka kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Ukraina, Belorussiya xorijiy amaliyoti va tajribalari oʻrganildi. II. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yoʻnalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish yoʻnalishida: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-son Farmoni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son Qarori talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilmoqda. Oʻrganishlar davomida, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno) rasmiy veb-saytda joylashtirilganligi holatlari monitoring qilindi. Xususan, 135 ta davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan yarim yillik yoki yillik ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni joriy yil holati boʻyicha 32 ta idora va vazirlik oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilganligi va qolgan 103 ta davlat organlari va tashkilotlari mazkur maʼlumotni ochiqlamagani aniqlandi. Shuningdek, Farmonda davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-martga qadar oʻz faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytiga joylashtirib, 10-martga qadar uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi, shuningdek, 1-aprelga qadar matbuot anjumanlarini oʻtkazishi kerakligi belgilangan. Shu munosabat bilan, Agentlik tomonidan barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha (2022-yil 10-fevral 04-18/491-son) ogohlantiruv xati yuborilgan. Mazkur band ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, joriy yilning 14-mart kuni holatiga koʻra, oʻz faoliyatiga oid hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotni faqatgina 39 ta idora va vazirlik oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilgan, qolgan 96 ta davlat organlari va tashkilotlari ushbu maʼlumotni umuman ochiqlamagan. Mazkur holat boʻyicha vazirlik va idoralarga 14 ta taqdimnoma kiritildi, bitta holatda aniqlangan xato va kamchiliklar joyida muhokama qilinishi taʼminlandi. Shuningdek, muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi. III. Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish ustuvor yoʻnalishida: Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Qozogʻiston, Rossiya, Ukraina hamda Gruziya davlatlarining tajribalari oʻrganilib, tahlil qilindi. Oʻrganish natijalariga asosan Agentlik tomonidan Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi loiyhasi ishlab chiqildi. Loyihada manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan 7 ta banddan iborat chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasini qisqa muddatda masʼul vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritish rejalashtirilgan. Download 30.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling