Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
Download 30.58 Kb.
|
2022 yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish
M A’L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad hamda vazifalar belgilangan. Jumladan, Davlat dasturida Agentlikka jami 7 ta bandda, 9 ta vazifani ijro etish vazifasi qoʻyilgan. Xususan, Agentlikka: davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish bilan bogʻliq 2 ta; Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilishga oid 2 ta; Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish boʻyicha 1 ta; Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 4 ta vazifa yuklatilgan. Shundan 6 tasida Agentlik asosiy ijrochi va 3 tasida hamijrochi hisoblanadi. Shunga asosan, Agentlik tomonidan Davlat dasturidagi ushbu bandlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan: I.Davlat dasturining 5-maqsad, 17-bandi, 6-kichik bandida Agentlikka muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq ma’lumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur ma’lumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar Roʻyxati 2 taga kengaytirildi. Jumladan, 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga asosan: Ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxati 1 taga kengaytirilib ular soni 34 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), xususan Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham ochiq e’lon qilishlari lozimligi boʻyicha majburiyat belgilandi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi. Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan, istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxatiga kiritilib, Roʻyxatdagi ma’lumotlar soni 35 taga yetkazildi. II.Davlat dasturining 83-maqsad, 301-bandida Agentlikka Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan. Agentlik tomonidan barcha vazirlik, idoralarda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqildi. Download 30.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling