Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili


Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda


Download 30.58 Kb.
bet6/10
Sana04.02.2023
Hajmi30.58 Kb.
#1166299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2022 yil

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asosini ishlab chiqish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish tartibini yoʻlga qoʻyish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish mexanizmlarini yaratish;
– manfaatlar toʻqnashuvi xolati yuzasidan qaror qabul qilish jarayonlaridagi xolislikni ta’minlash;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yoʻnalishida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish;
– manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqilishi hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar rejasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolari bilan kelishilib, Milliy kengashning navbatdagi yigʻilishida tasdiqlash uchun Milliy kengashga yuborildi.
III.Davlat dasturining 84-maqsad, 302-bandida Agentlikka «Е-antikorrupsiya» loyihasini amalga oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-mayda “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi «Ye-Antikorrupsiya» loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) ishga tushirish belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida «Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri»ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish.
«Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri» Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi va Internet tarmogʻida ochiq e’lon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi» loyihasini ishga tushirish belgilandi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha 13 ta banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
IV.Davlat dasturining 84-maqsad 303-bandida Agentlikka Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, bunga keng jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash, shuningdek bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Yoʻl xaritasida quyidagilar nazarda tutilgan:
– ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash;
– faoliyat ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash;
– rasmiy veb-saytda ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilishni tizimlashtirish;
–Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator
chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda “Yoʻl xaritasi” ijroga qaratilgan, Agentlik uning samaradorligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatgan.
Bundan tashqari, mazkur band ijrosini toʻliq tashkil etish maqsadida, Agentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga moyil sohalarda tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrov oʻtkazishni nazarda tutuvchi grant tanlovlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Tanlov gʻolibi tadqiqot natijasiga koʻra korrupsiyaga moyil sohalar yoki vazirlik va idoralar faoliyatini yanada ochiqligini ta’minlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak boʻladi.
V.Davlat dasturining 84-maqsad, 304-bandida Agentlikka Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʻnalishida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– davlat boshqaruvi organlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplayens) nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
– davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va xavf-xatarlarni minimallashtirish;
– korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va baholash;
– davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
– davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilish;
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoʻnalishida chora-tadbirlar belgilangan.
Hozirda mazkur chora-tadbirlar Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
VI..Davlat dasturining 84-maqsad, 305-bandida, Agentlikka aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida, «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya»ni joriy etish va Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifa belgilangan.
Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga qarshi Virtual Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– oʻqishlarni onlayn tarzda masofadan turib maxsus elektron oʻquv platforma orqali amalga oshirilishi;
– har bir tinglovchi kurslarning boshi va oxirida (kirish va yakuniy) onlayn test topshirishi, shuningdek, kurs yakuni boʻyicha ijobiy ball toʻplagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etilishi;
– jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi oʻquv metodik qoʻllanmalar yaratilishi;
– darslar tinglovchilarining toifasini hisobga olgan holda bazaviy, maxsus chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va maxsus soddalashtirilgan shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan joriy yil mart oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Download 30.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling