# Ko‘rganda quvonamiz, lekin baribir ko‘zimizni olib qochamiz?
- sevgan inson
- payvand (svarka) qilinayotganda
- hijolat bo‘lganda
+ quyosh
# Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg‘a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bo‘ladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi b‘lgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bo‘lishi mumkin. Savоl u nima?
- sir
- haqiqat
- xarita
+ gugurt
# Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo‘lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o‘tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko‘rgan va ba’zilarimizda bor bo‘lgan bu “mashinaning” nomi nima?
- vaqt
+ soat
- miltiq
- aql
# Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, O‘zbekistоn, Rоssiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efiоpiya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Savоl: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?
+ davlat bayrog‘idagi ranglar soni
- davlat madhiyasidagi vodiylar soni
- oltin konlari soni
- vulqonlar soni
# Bozorda ko‘rmaysiz, ko‘rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko‘rmaysiz. U – ?
-qalpoq
- ichki kiyim
+ kafan
- yasama soch
# Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
- jang ustalariga
- sartaroshlarga
- dehqonlarga
+ tabiblarga
# Qiziqarli fakt: u AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo‘lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda?
+ kun, oy, yil
- katta, og‘ir, yirik
- kalta, oson, yirtiq-yamoq
- to‘g‘ri javob yo‘q
#XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?
+ shim kiyib yurish
- velosipedni o‘rganib olish
- boylarga yaxshi ko‘rinish
- hamma javob to‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |