Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning ob’ektiv zarurati ham insonning o‘z tabiati (biologik mavjudot sifatida o‘zining hayot bosqichlari bilan, shu jumladan, mehnat davriga tayyorlovchi, mehnat davri va mehnat faoliyatidan keyingi davr) ham insonni uning mehnat jarayonidagi hayoti va faoliyatini belgilovchi keng doiradagi omillar bilan mavjud bog‘lanishidan kelib chiqadi. Ushbu omillarga ishlab chiqarish muhiti (xodimning salomatligi va mehnatga layoqatliliga ta’sir etuvchi), mehnat sharoitlari (mehnat mazmuni, daromadlar darajasi, mehnat faoliyati va dam olish tartibiga ta’sir etuvchi) va mehnat munosabatlari (hamkorlik muhiti yoki mojaroli holatlar va mehnat jamoasi a’zolarining kamsitilishini belgilovchi) kiritiladi. Bunda korxona (tashkilot) xodimlarini texnik va tabiiy (atrofdagi ishlab chiqarish va tabiiy muhit), iqtisodiy (xodimlarni yollash masalasi va mehnat bozoridagi vaziyat), biologik (yosh, salomatlik, mehnatga layoqatlilik) omillarning murakkab majmuining ta’siridan himoya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy-mehnat munosabatlari bajaruvchi va buyurtmachi, bajaruvchi va davlat, buyurtmachi va davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. - Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning ob’ektiv zarurati ham insonning o‘z tabiati (biologik mavjudot sifatida o‘zining hayot bosqichlari bilan, shu jumladan, mehnat davriga tayyorlovchi, mehnat davri va mehnat faoliyatidan keyingi davr) ham insonni uning mehnat jarayonidagi hayoti va faoliyatini belgilovchi keng doiradagi omillar bilan mavjud bog‘lanishidan kelib chiqadi. Ushbu omillarga ishlab chiqarish muhiti (xodimning salomatligi va mehnatga layoqatliliga ta’sir etuvchi), mehnat sharoitlari (mehnat mazmuni, daromadlar darajasi, mehnat faoliyati va dam olish tartibiga ta’sir etuvchi) va mehnat munosabatlari (hamkorlik muhiti yoki mojaroli holatlar va mehnat jamoasi a’zolarining kamsitilishini belgilovchi) kiritiladi. Bunda korxona (tashkilot) xodimlarini texnik va tabiiy (atrofdagi ishlab chiqarish va tabiiy muhit), iqtisodiy (xodimlarni yollash masalasi va mehnat bozoridagi vaziyat), biologik (yosh, salomatlik, mehnatga layoqatlilik) omillarning murakkab majmuining ta’siridan himoya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy-mehnat munosabatlari bajaruvchi va buyurtmachi, bajaruvchi va davlat, buyurtmachi va davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi.
- Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalaridagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari korxona (tashkilot), tarmoq va hudud darajasida amalga oshiriladi. Ularning har biri uchun o‘z aloqa va munosabatlar predmetlari xos bo‘lib, bular birgalikda xodimning ijtimoiy holati hamda mehnat hayoti darajasi va sifati ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
- O‘z navbatida, xodimlarning ijtimoiy holati va mehnat hayotining sifati insonlar, jamoalar va ijtimoiy guruhlar turmush tarzi, faoliyatining asosiy tavsiflovchilari bo‘lib, ikki xil shaklga ega. Birinchisi – bu alohida inson, oila, ijtimoiy guruhlar holatining amaliy darajasi (ob’ektiv va sub’ektiv sabablar), ikkinchisi, ijtimoiy kafolatlar ko‘rinishidagi ijtimoiy holat. Mazkur ikkinchi shakl amaldagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarining me’yoriy-qonunchilik bilan ta’minlanishini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |