Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta'minlaydi. U o'z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi
Download 18.64 Kb.
|
Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni
Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta'minlaydi. U o'z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o'z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi, o'z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta'minlashi barcha ijobiy va foydali nuqtalarni saqlashi va targ`ib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo'lgan biror-bir xususiyatga alohida urg'u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko'proq e'tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudod sifatida ta'riflagan. Vladimir Solovyev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig`inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig`inish insongagina xos. Inson tabiati - g'oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u - hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma'naviyat uni boshqa mavjudotlarda yuqori darajaga ko'taradi. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g'oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma'naviylikni umumlashishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy - badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo'lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo'lishga rag'batlantiradi. Yuksak ma'naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o'rnatib, saxiy va oliyhimmat bo'lishga undaydi. Insonning ma'naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatani bilish mumkin. Islom Karimov ta'rifiga ko'ra, ma'naviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e'tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma'naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Inson o'z hayoti davomida tana va ruh qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish borliganing birlamchi sharti hisoblanadi ma'nosi fakt moddiy ne'matlardan baxramand bo'lish, lazzatlanish, boylikka ruju qo'yishdan iborat emas. Inson ruxi ham o'ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois un ma'rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat vijdon, oliyhimmatlik, vatanparvarlik kabi ma'naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma'naviyat insonni ruhan poklash iymon-e'tiqodini mustahkamlaydi. Insonning jamiyatidagi o'rni, qadr-qimmati borasida milly istiqlol o'z oldiga quyidagilarni maqsad va vazifa qilib qo'yadi: - insonning qadr-qimmatini joyiga qo'yish; - inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; - insonning o'zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog'lom avlodlar uzluksizligini ta'minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon e'tiqodi butun bo'lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. Kishilar kundalik hayotlarida turlicha ko‘rinishlardagi zaruriyatga duch kelib turadi. Ular o‘z faoliyatlarining obyektiv sharoitlarini tanlab olishda o‘z bilganlaricha ish ko‘ra olmaydilar. Kishilar zaruriyat ketidan shunchaki ergashib yurmaydilar, zaruriyat qonunlari talablariga yo turli darajada moslashadilar, yo imkoni bo‘lgan hollarning barchasida bu talablarga qarshi turadilar. Ana shu o‘rinda kishilar erkinligining ifodalanishi uchun dastlabki sharoitlar yaratiladi. Natijada har bir kishi u yoki bu qarorni qabul qilishi, o‘z harakatlarini amalga oshirishi mumkin. Bunda, birinchidan, insonning erkinligi nafaqat tashqi omillar bilan, balki uning ichki intilishlari, qadriyatlar tizimi va mo‘ljallari bilan ham bog‘liq. Ikkinchidan, shaxs o‘ziga ko‘rsatilayotgan har qanday ta’sirga fikran turlicha javob bera oladi. Inson nima uchun yashaydi? Bu savolga kundalik ong darajasidan boshlab tafakkurning eng yuqori bosqichlarigacha bo‘lgan imkoniyatlar doirasida bir xil javob berib bo‘lmaydi. Umuman olganda, bu savolga uzil-kesil javob berish ham qiyin. Lekin bundan yuqoridagi savol bema’nidir, degan mulohazaga bormaslik lozim. Alohida insonga nisbatan uning hayoti, maqsadi ma’lum ma’noga ega. Ya’ni, hayotning ma’nosi insonning har tomonlama barkamollikka erishishidan iborat. Har qanday jonli mavjudot singari inson hayotining ham nihoyasi borligi, boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, u o‘zining oxir oqibatda o‘limga mahkumligini anglashi masalalari, aytish mumkinki, mumtoz masalalardandir. Download 18.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling