Inson va fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy huquq va erkinliklari


Bu siyosiy huquqlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobida o’z o’rnini topgan


Download 1.37 Mb.
bet2/13
Sana12.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1264651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fuqarolarning siyosiy . Iqtisodiy. Hamda ijtimoiy huquq

Bu siyosiy huquqlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobida o’z o’rnini topgan.

  • Bu siyosiy huquqlar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobida o’z o’rnini topgan.
  • Konstitutsiyaning shu bobi “Siyosiy huquqlar” deb nomlangan,biz quyidagi Konstitutsiyaning shu bobi moddalari to’grisida so’z yuritamiz.Konstitutsiyaning 31-moddasida respublika fuqarolari janmiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etadi deb ko’rsatilib bevosita va vakillar orqali ishtirok etishini shakllari sifatida o’zini o’zi boshqarish,referundiumlar o’tkazish,davlat organlarini demokratik shaklda tashkil etish ko’rsatiladi.Demak, fuqarolar davlatni boshqarishda o’zlari bevosita qatnashar yoki vakillari orqali ishtirok etar ekan.
  • Vakillari orqali ishtirok etishda xalq deputatlari kengashlarini,Oliy majlisda saylangan deputatlarni ,O’zbekiston Respublikasi Prezidentini misol qilib ko’rsatish mumkin.Ular xalq vakillari bo’lib, xalqning manfaatini ifodalaydi.

Fuqarolarning davlat ishlarida bevosita ishtiroki esa turli tuman vositalar orqali ro’yobga chiqariladi.Bulardan bittasi saylovdir.Respublika fuqarolari ma’lum yoshga yetgach, saylov huquqiga ega bo’ladi.Saylov huquqi deganda “saylash” va “saylanish” huquqini ajtarish kerak.

  • Saylov huquqi.
  • Fuqarolarning davlat ishlarida bevosita ishtiroki esa turli tuman vositalar orqali ro’yobga chiqariladi.Bulardan bittasi saylovdir.Respublika fuqarolari ma’lum yoshga yetgach, saylov huquqiga ega bo’ladi.Saylov huquqi deganda “saylash” va “saylanish” huquqini ajtarish kerak.
  • O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga yetgan barcha fuqarolari saylash huquqiga ega.Sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar saylash va saylanish huquqidan foydalanmaydi.Ya’ni ularning saylov huquqi vaqtincha to’xtatiladi, ular shu muddatdagina saylov huquqidan foydalanmaydi.Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tab bo’lgach,yana saylov huquqidan foydalaniladi.
  • Saylash huquqiga ega bo’lish uchun esa ma’lum yosh chegaralari o’rnatilgan.O’zbekiston fuqarolari 23 yoshga to’lgach mahalliy kengashlar deputati bo’lib,25 yoshga to’lgach,Oliy majlis deputati bo’lib ,35 yoshga to’lgach O’zbekiston Prezidenti bo’lib saylanish huquqiga ega.
  • Saylanish huquqiga ega bo’lish uchun yana boshqa talablar ham o’rnatiladi,masalan, O’zbekiston Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga fuqarolar 35 yoshga to’lgan bo’lshidan tashqari, respublika hududida oxirgi o’n yil davomida muqim yashagan,davlat tili(o’zbek tili) ni bilishi shart bo’ladi.
  • Saylov o’tkazish tartibi va fuqarolaring saylov huquqlari Konstitutsiya,”Oliy majlisga saylovlar to’g’risida” 1993-yil 28-dekabr,”Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”1994-yil 5-may,”Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida”1994-yil 5-may qonuni bilan belgilangan.
  • Referendumga ishtirok etish huquqi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling