Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari uning yashashini ta’minlashga, turmush tarzini yaxshilashga, sog’lig’ini tiklashga, bilimini oshirishga, ma’naviy va madaniy ehtiyojini qondirishga qaratilgan. - Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari uning yashashini ta’minlashga, turmush tarzini yaxshilashga, sog’lig’ini tiklashga, bilimini oshirishga, ma’naviy va madaniy ehtiyojini qondirishga qaratilgan.
- Shaxslarninig iqtisodiy huquq va erkinliklari muayyan jamiyatda insonning iqtisodiy sohadagi yuridik imkoniyatlarini aniqlovchi konstitutsyaviy huquq va erkinliklari yig’indisidir. Bu huquq va erkinliklar insonning tabiiiy huquqlari hisoblangan shaxsiy huquqlarini to’liq amalga oshirishga yordam beradi. Shaxslarning iqtisodiy huquq va erkinliklari Respublikamizning mustaqillikka erishishi bilan o’ziga xos ahamiyat kasb etib, yangi rivojlanish bosqichiga kirdi.Chunki respublikamizning sobiq Ittifoq davrida bo’lgan vaqtida inson huquqlariga bir tomonlama yondashilib, ular poymol qilindi. Bu davrda qonun ustuvorligi tamoyili hamda qonunda belgilangan huquq va erkinliklarda amal qilinmadi.
- Hozirgi kunda O’zbekistonda insonlarning iqtisodiy huquq va erkinliklari Konstitutsiya va boshqa qonunlarda belgilangan bo’lib, ular davlat tomonidan himoya qilinadi va kafolatlanadi.
- Iqtisodiy huquq va erkinliklar.
Inson huquqlarining yana bir yo’nalishi bu ijtimoiy sohadagi huquq va erkinlilardir. Ular ham insonning ishlashi,uning kamol topishi uchun juda muhim bo’lib,davlatning olib borayotgan siyosati bilan chambarchas bog’liqdir. Biz qurayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida ijtimoiy muhofaza masalasi odilona hal etilmoqda. - Inson huquqlarining yana bir yo’nalishi bu ijtimoiy sohadagi huquq va erkinlilardir. Ular ham insonning ishlashi,uning kamol topishi uchun juda muhim bo’lib,davlatning olib borayotgan siyosati bilan chambarchas bog’liqdir. Biz qurayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida ijtimoiy muhofaza masalasi odilona hal etilmoqda.
- O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishida Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh tamoyildan biri ushbu masalaga, kuchli ijtimoiy muhofaza qaratilgandir.
- Insonlar dunyoga kelishi bilan ma’lum moddiy ta’minot olishi zarur.U har bir shaxsning yashashi, hayotini davom ettirishi uchun zarur bo’lgan ehtiyojlardir.
- Kishilik jamiyatining har bir bosqichida insonlarning yashash sharoiti uning iqtisodiy mavqei bilan o’lchangan. Bu shaxsning jamiyatda tutgan o’rni bilan bog’liqdir.
- Respublikamizning mustaqillikka erishishi bilan ijtimoiy jihatdan odamlarni himoya qilishga qaratilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik tizimida qaror topadigan butun munosabatlar majmuining tub o’zgarishlari bilan bog’liqdir.
- Sobiq ittifoqda davlatning mulkchilining o’ta markazlashtirishi mulkning insonlardan begonalashishiga, uning “hammaniki-hech kimniki” bo’lishiga olib keldi. Bu davrda qonunlarda fuqarolarning mulkka bo’lgan huquqi juda ko’p cheklashlar bilan berilishi ham buni isbotlaydi.Unda fuqarolarning mulki faqat shaxsiy mulk bo’lishi yoki uning ob’ektlari doirasi cheklangan holda ko’rsatilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |