Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qonunlar shaxsning iqtisodiy va ijtimoiy huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish bilan birga ularni kafolatlaydi. - Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qonunlar shaxsning iqtisodiy va ijtimoiy huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish bilan birga ularni kafolatlaydi.
- Har bir jamiyatda ijtimoiy huquq va erkinliklar u yoki bu hajmda mavjud bo’ladi.Chunki, insonlar dunyoga kelishi bilan o’z hayotini davom ettirishi, yashashi uchun ma’lum darajada o’zining moddiy ma’naviy ehtiyojini qondirishi zarur.
- Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarga davlat,tashkilotlar va fuqarolar yordam beradi,ya’ni voyaga yetmaganlarga,mehnatga layoqatsizlarga, yoshi ulug’larga, ota-onalar, boshqa shaxslar hamda yuridik shaxslar va davlat ko’maklashadi.
- Ijtimoiy ta’minot olish huquqi – shaxsning konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.Konstitutsiyaning 39-moddasiga muvofiq “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
- Pensiyalar,nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas” deb ta’kidlangan.
- Davlatning insonparvarligi va rivojlanganligiga birinchi navbatda u o’tkazayotgan ijtimoiy siyosatga qarab baho berish mumkin.O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so’ng olib borayotgan ijtimoiy siyosati juda to’g’ri ekanligini boshqa davlatlar ham tan olmoqdadir.
- 1993-yil sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi qonunga asosan insonlarning ijtimoiy ta’minot olish bo’yicha konstitutsiyaviy huquqi kafolati yanada mustahkamlandi.
- Respublikamizda ijtimoiy yordam olishning turlari juda ham ko`p, bular jumladan, har bir tug`ilgan bola uchun beriladigan mukofot (suyunchi) puli, bolalar o`n ikki yoshga to`lguncha beriladigan nafaqa, ayollarning homiladorlik va tug`ishdan so`nggi ta’tili uchun to`lovlar, ya’ni bola ikki yoshga to`lguncha beriladigan nafaqalar, bolalikdan nogironlik uchun beriladigan nafaqalar, insonlarning mehnat jarayonida yoki boshqa xizmat vazifalarini bajarish davomida olgan nogironlik uchun nafaqalar, qariganda yoki boquvchisini yo`qotganda beriladigan nafaqalar va boshqa holatlarda beriladigan ijtimoiy ta’minotlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |