Inson va tabiiy landshaftlarning turlari va tuzilishi bilan tanishish Reja


Shartli o‘zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar)


Download 22.27 Kb.
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1178525
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Inson va tabiiy landshaftlarning turlari

1. Shartli o‘zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar).  Ular bevosita inson ta’siriga va xo‘jalikdagi faoliyatiga duchor bo‘lmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina payqash mumkin, xolos. Masalan, baland tog‘lardagi qor-muzliklar va o‘rmonlar, qo‘riqxonalar, va h.k.
2. Kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar. Bular, asosan, inson faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta’siriga duchor bo‘lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlargagina ta’sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o‘z holatini tiklab olishi mumkin;
3. Kuchli o‘zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar.  Bu guruhdagi land- shaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, karyerlar, konchilik sanoati chiqindilari uyumlari va h.k.
4. Madaniy landshaftlar. Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Masalan, sifatli ishlov berilayotgan bog‘lar, paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k.
Antropogen landshaftlar haqida so‘z borganda madaniy va buzilgan landshaftlar atamalari ko‘p ishlatiladi. Madaniy landshaft – jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xususiyatlari inson tomonidan il miy asosda va oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Ularga quyidagi eng muhim ikki sifat xos: 1) odamlarning yashashi uchun qulay, sog‘li g‘ini saqlashi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga yordam beradigan muhit; 2) yuqori mahsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik. Bunda inson tomonidan landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘ladi. Respublikamizda uzoq yillardan buyon o‘zlashtirilib, obodonlashtirib kelinayotgan vohalar – madaniy landshaftlardir. Vohalarda atrofdagi cho‘l yoki tog‘ geotizimlariga nisbatan aholi yashashi uchun ekologik muhit qulay, xo‘jalik faoliyati esa bir necha barobar samaralidir. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Respublika aholisining qariyb 9/10 qismi vohalarda yashaydi. Sug‘oriladigan yerlar respublikamiz yer fondining 1/10 qismini tashkil etgani holda qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning qariyb 9/10 qismini beradi.
Buzilgan landshaftlar bu umumiy tushuncha bo‘lib, aslida, landshaftlar biron tabiiy yoki antropogen ta’sirlar natijasida to‘liq buzilishga uchramaydi. Balki ularning tarkibiy qismlari – biron komponenti yoki ayrim qismlarida kuchli o‘zgarish, buzilish ro‘y beradi. Shuning uchun "buzilgan yerlar” deb ifodalangani ma’qul. Buzilgan yerlar – inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo‘jalik qiymatini yo‘qotgan, ya- roqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik qoplamining va gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning vujudga kel tirilishi munosabati bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir manbayi bo‘lgan, yoqimsiz manzarali hududlar. Ular tuproq, suv, havoning ifloslanish manbayi hisoblanadi, odamlarning yashash va mehnat faoliyati muhitini murak- kablashtiradi. Bunday yerlar, ko‘pincha, insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga keladi. Ekin dalalaridagi jarlar, suvomborlari yonidagi botqoqlar, konchilik sanoati hududlaridagi surilmalar, o‘pirilishlar va tashlamalar, chiqindixonalar va h.k. Ularni qayta tiklash ishlariga juda katta mablag‘ talab qilinadi. Respublika mizda hozirgi paytda bunday yerlarda yaylovlar, bog‘lar, ko‘llar, rekreatsiya maskanlari barpo etilib, xo‘jalikda foydalanilmoqda.
Antropogen omilning tabiatga bo‘ladigan ta’sirining bir ko‘rinishi texnika ta’siri bo‘lib, texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy-texnik tizimlar vujudga keladi. Ularni fanda geotextizimlar deb yuritiladi. Geotextizim tabiiy-texnik tizimlarning alo- hida o‘ziga xos geografik xili; texnika va tabiat, yoki tabiiy va texnik kichik tizimlarning uyg‘unligi tushuniladi va tizimning bir butunligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Geotextizimlarga misol tariqasida suvomborlari, yirik kanallar, sug‘oriladigan ekin maydonlari, turli xil zavod va fabrikalar, ular joylashgan landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan landshaftlarni aytish mumkin. 
Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y beradigan jarayonlar bilan landshaftda yuz beradigan jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ketgan bo‘ladi. Masalan, sug‘orib dehqonchilik qilinadigan landshaftlarda o‘simlik, tuproq kabi komponentlarning xususiyatlari texnika yordamida inson tomonidan belgilanib, sozlanib turiladi. O‘z navbatida, sug‘orish tizimining rejimi esa landshaftning holati bilan belgilanadi, ya’ni boshqariladigan geotextizimdagi aloqadorliklar to‘g‘ri va teskari aloqalar yordamida hosil bo‘ladi. Bunday hollarda texnika yordamida boshqari ladigan obyekt sifatida landshaftning biotik komponentlari, suv va hokazolar xizmat qiladi. Buni respublikamizdagi ko‘plab kanallar yoki suvomborlar misolida ko‘rish mumkin. 
Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, balki yirik sanoat obyektlari atrofda ham shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat obyekti o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘ladi. Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga oshadi. Geotextizimlarning texnika qismi vazifasini turli xil issiqlik elektr stansiyalari, tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, yirik qazilma konlar va boshqalar bajarishi mumkin. 

«Landshaft» nemischa so‘z bo‘lib, «joy» degan ma’noni bildiradi. Hozirgi paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi.


Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, so‘l va h.k.
Tor ma’noda landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butunligi, geografik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajra­lib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho‘rxokli landshaftlar, tog‘lardagi yaylov, o‘rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir.
Odatda landshaftlar tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy landshaft — faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faolliyati ta’sir etmagan bo‘ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo‘riqxonasidagi archazorlar shular jumlasiga kiradi.

Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling