Insonga konstitutsiya nimaga kerak?
Download 22.74 Kb.
|
Insonga konstitutsiya nimaga kerak
Huquqiy tartibot - huquqiy normalarni qo`llash natijasida ijtimoiy
munosabatlarning tartibga solinganligini o`zida ifodalaydi. Ushbu tartibot qonunlarning aniq amalga oshirilishi vositasida o`rnatiladi. Bunda fuqarolar va tashkilotlarning huquqiy maqomi saqlanadi va ularning huquqiy layoqati qarshiliksiz amalga oshirilishi mumkin bo`ladi. Qonunlarsiz qonuniylik bo`lmaganidek, huquqiy munosabatlarsiz huquqiy tartibot ham bo`lishi mumkin emas. Shu bilan birga, huquqiy tartibot bilan huquqiy munosabatlarning yig’indisini tenglashtirib bo`lmaydi. Ma’lum guruhdagi ijtimoiy munosabatlarning huquq bilan tartibga solinishi huquqiy munosabatlar yig’indisini tashkil qiladi, ya’ni shu munosabat ishtirokchilari uchun qonunda aniq huquq va majburiyatlar ko`rsatilgan bo`ladi. Ammo huquqiy tartibot uchun bu etarli emas, shu bois sub’ektiv huquqlarning amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlarning qat’iy bajarilishini ta’minlovchi kafolatlar bo`lishi zarur. Huquqiy tartibot huquq bo`lgan joyda, huquq normalarining amalga oshirilishi ta’minlangan joyda mavjuddir. O`zbekiston respublikasininghuquq tarmoqlarini sanab bering? Qaysi huquq normasini qaysi obyektga nisbatan ishlatish lozimligini aniq lashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalam bor, huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajrati ladi. Bunda, davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi e’tiborga olina di. Aynan shu munosabatlar huquqiy tartibga solish (boshqaruv)ning pred metini tashkil qiladi. Huquqiy tartibga solish (boshqarish) usuli esa, huquq ning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadigan yo‘l lari, usullari, vositalarining yig‘indisidir. Ijtimoiy munosabatlarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta’minot, mo - li ya va hokazolar kabi turlari alohida huquqiy normalar orqali tartibga so li nadi. Bu huquq tarmoqlaridan ayrimlarini tavsifl aylik: – Konstitutsiyaviy huquq sohasi – bu huquq tarmog‘i huquq tizi midagi eng asosiy huquq sohasi. Chunki, unda huquqning bosh tamo yillari, dav latning hu quqiy qiyofasi belgilab beriladi. Konsti tutsiyaviy huquq to mo ni dan davlat, jamiyat va shaxslar o‘rta sidagi munosabatlar tar tibga solinadi. Un da davlat suvereniteti, davlatning siyosiy, bosh qaruv shakli, ma’muriy-hudu diy tuzi lishi, davlat or ganlarining huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquq va er kinliklari, jamiyat ning o‘ziga xos xususiyatlari kabi muhim ma sa lalar mustahkamlangan. – Mehnat huquqi sohasi orqali – korxonalar, tashkilotlar va ular ning xodim lari o‘rtasidagi mehnat muno sabatlari tartibga solinadi. – Fuqarolik huquqi sohasi orqali – mulk bilan aloqador hamda nomulkiy mu no sabatlar tartibga solinadi. – Oila huquqi sohasi orqali – oiladagi, oila va nikoh bilan bog‘liq muno sabatlar tartibga solinadi. – Ekologiya huquqi sohasi orqali – tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuza ga keladigan munosabatlar tar tibga solinadi. – Jinoyat huquqi sohasi orqali – qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfl i ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yu za ga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy huquq normalarini qaysi manbalardan topish mumkin Gap bu yerda Konstitutsiyaviy huquqning yuridik manbalari haqida ketadi. Huquq manbayi — tegishli huquqiy normalar qayd qilingan hujjatlar. Huquq manbayi shu huquqiy normalarni rasmiylashtirish shaklidir. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari bo‘lib normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro hujjatlar (agar ularda O‘zbekiston ishtirok etgan bo‘lsa), sud qarorlari hisoblanadi. Normativ hujjatlar turli ko‘rinishda bo‘lib, ular: Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar, davlat boshlig‘i va hukumat hujjatlari, vakillik va ijro hokimiyati organlarining hujjatlari, fuqa- rolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlari hisoblanishi mumkin. Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonunlar to‘laligicha Konsti- tutsiyaviy huquq manbayi bo‘lsa, qonun va boshqa hujjatlar: Prezident va hukumat hujjatlari, mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari faqat Konstitutsiyaviy munosabatlarni tartibga solsa (shunga qaratilgan bo‘lsa) Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘ladi. Masalan, saylov to‘g‘risidagi qonunlar Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘lsa, mehnat qonunlari mehnat huquqiy munosabat- larini tartibga solishga qaratilib, mehnat huquqi manbayi bo‘ladi. Prezidentning markaziy davlat organlarini tuzish, ularning rahbar- larini tayinlash haqidagi Farmonlari Konstitutsiyaviy huquq man- bayi bo‘lsa, Faxriy unvon berish, mukofotlash to‘g‘risidagi Far- moni Konstitutsiyaviy huquq manbayi hisoblanadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida xalqaro huquqning ustuvorligi e’tirof etilgan. Shuning uchun xalqaro shartnomalar ham huquq manbayi hisoblanadi. Lekin shartnomalarda O‘zbekiston ishtirok etsagina, mazkur shartnomalar Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi xulosalari, to‘xtamlari ham Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘la oladi. O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga o`zgartirish kiritish tartibini tushuntiring? Konstitutsiyani o`zgartish kiritishning oddiyligi yoki murakkabligiga qarab, barqaror va o`zgaruvchan konstitutsiyalarga bo`linadi. Agarda konstitutsiyani o`zgartish osonroq bo`lsa, u o`zgaruvchan konstitutsiya deb yuritiladi. Agarda, aksincha, konstitutsiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish tartibi murakkab bo`lsa, u barqaror konstitutsiya deb yuritiladi. Lekin shuni esda tutish kerakki, eng o`zgaruvchan konstitutsiya ham boshqa qonunlarga nisbatan qattiq, ixcham va barqaror bo`lishi shart. Konstitutsiyaning tuzilishini, butun matnini o`zgartirishga olib keladigan obyektiv sabablardan biri mamlakatda yuz beradigan jiddiy islohotlar va davlat rivojlanishiga doir dasturning o`zgarishidir. Jahonning ilg`or mamlakatlarida doimo konstitutsiyaning ixcham va barqaror bo`lishiga katta e'tibor berib kelingan. Xususan, 1787 yilda qabul qilingan va jahondagi birinchi konstitutsiya hisoblangan AQSH Konstitutsiyasi, mana 200 yildan ko`p vaqt o`tibdiki, hamon barqaror tarzda amal qilib kelmoqda. Unga shu vaqt ichida 27 ta o`zgartirish va qo`shimcha kiritilgan, xolos. Umuman, konstitutsiyani o`zgartirish, yangilash oddiy qonunlarni o`zgartirish yoki yangilashdan farq qiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tuzatish va yangilik kiritiladigan bo`lsa, bu haqsagi taklif faqat Prezident, Federatsiya Kengashi, Davlat Dumasi, xukumat, Rossiya Federatsiyasi subyektlarining qonun chiqaruvchi (vakolatli) organlari va Federatsiya Kengashi yoki Davlat Dumasi deputatlaridan kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritilishi mumkin. Ispaniya Konstitutsiyasi bo`yicha Bosh Kortesning ikkala palatasida ham depututlarning beshdan uch qismidan ko`prog`i ovoz bersa, konstitutsiyaga o`zgartishlar kiritish mumkin. O`zbekiston Konstitutsiyasining barqarorligini ta'minlab beruvchi prinsiplar uning bevosita o`zida mustaxkamlab qo`yilgan. Lekin hayot sharoiti, mamlakatning rivojlanishi Konstitutsiyaga o`zgartish kiritishni taqozo etishi mumkin. Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritishning alohida murakkab tartibi uni barqarorligini ta'minlashga qaratilgandir. Shu bilan birga Konstitutsiyaning ayrim qismlari umuman o`zgartirilishi mumkin emas. Masalan, Fransiyada respublika boshqaruv shakli, Germaniyada davlatning federativ tuzilishi, Braziliyada hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi o`zgartirilishi mumkin emas. Download 22.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling