Insonga konstitutsiya nimaga kerak?


Download 22.74 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi22.74 Kb.
#1460328
1   2   3   4
Bog'liq
Insonga konstitutsiya nimaga kerak

Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklaribh amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qoʻllanadi.
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning boʻlinishi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro huquq normalari, Oliy vakillik, ijro etuvchi hokimiyat, mahalliy vakillik va konstitutsiyaviy sud hujjatlari va h.k.(hokazolar) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mahalliy davlat hokimiyati normativ hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi va uning subʼyekti oʻrtasidagi kelishuvlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari.

Konstitutsiyaviy huquqning Konstitutsiyadan nima farqi bor?


Konstitutsiya normalari hamisha ustuvorlik va ta’- sis kuchiga egadir. Konstitutsiya normalari mazmuni talabla riga mos va to‘la muvofiq asosda qonunlar ishlab chiqilib, amalga kiritiladi. Konstitutsiyaviy normalarga bevosita amal qilib turgan huquq deb qara - lishi mumkin. Konstitutsiya (III bobi)da konstitu - tsiyaviy normalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishiga oid qoida mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaviy normalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qi lishi tushunchasi qonun yaratish, ijro etish va huquqni qo‘llash jihatlarini qamrab oladi. Hamda Konstitutsiya normalarini ijro etish uchun normativ hujjatlar chiqari - lishini anglatadi. Normativ hujjatlarni shajara deb tasavvur etsak, shu shajara tepasida Konstitutsiya turadi. Konstitutsiyaviy normalar an’anaviy huquq mezonlariga nisbatan eng asosiy norma, qonunni sharhlash va qo‘llash vositasi hisoblanadi. Konstitutsiya inson manfaatlarini himoya qiluvchi yuksak tayanchdir. Bosh Qomus fuqarolarimizning haq-huquqlarini himoya etishda asosiy mezondir. Ya’ni Konstitutsiya odamlarning Bosh himoyachisidir. Unda inson ulug‘ maqomga ega. Shu bois Prezidentimiz «Inson so‘zi Ona, Vatan degan kalomlar kabi muqaddasdir. Bu muqaddaslikni, inson erki - ning daxlsizligini mustahkam qonunlarimiz himoya qilishi kerak» degan edi. Kons titutsiyamiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar ham ana shu ezgu maqsadga yo‘naltirilgan. Chunki yurtboshimiz iborasi bilan aytganda: «Aslida inson baxt uchun, dunyo ne’- matlaridan bahramand bo‘lish uchun tug‘iladi».

Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling